3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


Guvohlantirish o‘tkazishda tuziladigan protsessual hujjatlar


Download 203.16 Kb.
bet9/15
Sana26.03.2023
Hajmi203.16 Kb.
#1297985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3-mavzu. Tergov harakatlarini o‘tkazishda rasmiylashtiriladigan

Guvohlantirish o‘tkazishda tuziladigan protsessual hujjatlar.



Guvohlantirish tergov harakatinn o`tkazishga qo`yidagi holatlarda extiyoj paydo bo`ladi:
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tug‘ilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lmasa;
2) ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda o‘tkaziladi. (JPK 142-m.).
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi gu- voxlantirilishlari mumkin. Guvohuning ko`rsatuvlari to`griligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin (JPK 143-m.).
Guvohlantirish uchun qaror tuziladi, ushbu tergov harakatining natijasi esa bayonnomada qayd etiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g`ayritabiy fiziologik holati to`grisida etarli ma’lumotlar bo`lsa, guvohlangirishni o`tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu xujjatda:
- guvohlantirishni kim va qanday maqsadda o`tkazishi;
- kimni guvohlantirish kerakligi;
- guvohlangarilishi uchun shaxs kimning xuzuriga va qachon etib kelishi ko`rsatilgan bo`lishi lozim (JPK 144-m.).
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish o`tkazish to`grisidagi qarori yoki sudning shu to`gridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan bo`lsa, o`sha shaxsga nisbatan majburiydir. Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin (JPK 145-m.). Majburiy keltirishni ichki ishlar idoralarining xodimlari amalga oshiradilar.
Guvohlantirishni o`tkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvoh- lantirnluvchiga e’lon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim.
Agar guvohlantirish shaxsni echintirib yalangochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogliq bo`lmasa, uni surishtiruvchi yoki tergovchi holislar ishtirokida, zarur holatlarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida o`tkazadi. Ushbu turdagi guvohlantirishni taraflar ishtirokida sud ham o`tkazishi mumkin.
Shaxsni echintirib yalangochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogliq bo`lgan, shuningdek shaxsning fiziologik ahvolini guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigiga binoan shifokor yohud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan o`tkaziladi (JPK 146- m).
Guvohlantirish o`tkazilganligi haqida surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bunday bayonnomada guvohlantirish o`tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo`lishi lozim.
Guvohlantarish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan o`tkazilgan bo`lsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va holislar ham imzolaganidan so`ng bayonnomani surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi (JPK 147-m.).



  1. Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar.



Ushbu tergov harakati ko`pincha dastlabki tergovda yo`l qo`yilgan xatolar tufayli uchrab turadi. Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim bo‘lgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi.
Sudya murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran etmish ikki soat ichida apellyasiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyasiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyasiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyasiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran etmish ikki soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyasiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.
Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan o‘sha murdaga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
Eksgumatsiya qilish tartibi qo`yidagicha: Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sogliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda ko`milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki ter­gov vaqtida amalga osihrilayotgan bo`lsa, holislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi. Ammo bu hol ancha kam uchraydi.
Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur bo`lsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan bo`lsa, eksgumatsiya o`tkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart. Zarur hollarda. eksgumatsiyani o`tkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin bo`lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin (JPK 149-m.).
Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida o`tkazilayottan bo`lsa, ekspertiza o`tkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga jo`natiladi yoki ekspertiza murda ko`milgai joyning o`zida o`tkaziladi (JPK 150-m).
Murdani eksgumatsiya qilish surishtiruvchi yoki tergovchining yohud sud majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtariladi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Murda eksgumatsiya qilinganidan so`ng ko`zdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan bo`lsa, mazkur tergov harakatlari to`grisida bayonnoma tuziladi (JPK 151-m.).
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan so`ng murdani ko`mish murdani eksgumatsiya qilish to`grisida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda ko`milganligi to`grisida ham bayonnoma tuziladi (JPK 152-m.).




  1. Download 203.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling