3-мавзу. Ўқув жараёнини режалаштириш, дарс режаси ва унинг ташкил этувчилари
-мавзу. Информатика фанининг предмети Дарснинг мақсади
Download 39.36 Kb.
|
3-мавзу. Ўқув жараёнини режалаштириш, дарс режаси ва унинг ташкил этувчилари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Дарсда қўлланиладиган методлар : Дарснинг жиҳози
- Ўқувчиларни рағбатлантириш
1-мавзу. Информатика фанининг предмети
Дарснинг мақсади: а) таълимий: б) тарбиявий: в) ривожлантирувчи: Дарснинг тури: назарий Дарсда қўлланиладиган методлар: Дарснинг жиҳози: - “Информатика” таълим портали; - компьютер, видепроектор, тақдимот материаллари. Дарсда кутилаётган натижалар: Дарснинг бориши Ташкилий қисм: Дарснинг мазмуни: Янги мавзуни мустаҳкамлаш: Таянч сўзлар: Информатика, ахборот, ахборот технологиялари, компьютер, ахборотлашган жамият, ахборот миқдори, ахборотнинг ўлчов бирликлари, техник ва дастурий воситалар. Ўқувчиларни рағбатлантириш: Дарс жараёнида ўқувчиларни рағбатлантириш учун уларнинг ўзлаштирган билимларини баҳолаш амалга оширилади. Tayanch iboralar: о‘quv faoliyatini rejalashtirish, talablarni aniq ifodalash, ta’lim shaklini, ta’lim mazmunni, ta’lim vositalarini rejalashtirish. Informatika fani о‘qituvchisining о‘quv jarayonida о‘quv faoliyatini olib boradi. О‘quv faoliyatini rejalashtirish (loyihalashtirish)dan maqsad shundaki, inforamatika о‘qituvchisi: о‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga, о‘z xohishlar bilan bilimlarni har xil manbalardan izlab topishga; ilgari egallagan bilimlarni amaliy jarayonda qо‘llashga; ilmiy tadqiqotchilik mahoratlarini shakllantirishga; о‘qituvchilik faoliyatini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilishga; turli о‘quv faoliyatlarida qobiliyatlarini namoyon etishga о‘rganadilar. О‘quv rejani mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soat, о‘quv soatlari tuzilishi, fanni о‘qitish haftasiga necha soatga tо‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi. Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim standartiga, о‘quv dasturiga mos mavzularni о‘qitish, о‘qitishda о‘quvchilarni mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bо‘lish uchun bilim kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, sodir bо‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga о‘rgatish, о‘qishga qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil о‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, este’tik didni kamol toptirish. О‘xshashlik va bir xillikdan qochish, Sinfni darsga tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish. Ta’lim shaklini rejalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. О‘qituvchi aynan ana shu shakllarda о‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim о‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda о‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur. Ta’lim mazmunni rejalashtirish Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning о‘quv dasturida kо‘rsatilgan holatda darslik, о‘quv qо‘llanma, ma’ruza matni, о‘quv-uslubiy majmualarda о‘z aksini topadi. О‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, о‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va о‘quvchi ta’lim mazmunini о‘zlashtirishiga erishishi lozim. Ta’lim metodini rejalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda о‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishi loyihalaydi. Ta’lim vositalarini rejalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, о‘quv materialini kо‘rgazmali taqdim etish, о‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bо‘lib, о‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi. О‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan rejalar(loyihalar) - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, о‘quv-uslubiy majmualarda о‘z aksini topadi. Download 39.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling