3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar –
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar
- Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar
- Ta’sischilar oldidagi qarzlar
- Foyda(F)
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar uchun ta’minochilarga o‘tqazilmay qolingan qarz summasi.
Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo‘yicha qarz summasi. Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha muddati mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1 yilgacha bo‘lgan davrga uzaytirilgan qarz summasi. Byudjet oldidagi qarzlar – bu hisobot davrida hisoblangan, lekinda byudjetga o‘tqazib berilmagan soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar – bu ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha hisobot davrida hisoblangan, lekinda tegishli sug‘urta organlariga o‘tqazib berilmagan qarz summasi. Ish xaqi bo‘yicha qarzlar – bu korxonaning xodimlariga hisoblangan va vaqtincha saqlanayotgan ish haqlarini to‘lanmay qolingan qismi. Ta’sischilar oldidagi qarzlar – bu ta’sischilarga hisoblangan, lekinda to‘lanmagan dividendlar bo‘yicha korxonaning qarzi, shuningdek ta’sischilar safidan chiqib ketgan shaxslarning ustav kapitalidagi hissasini qaytarilmagan qismi. Boshqa kreditorlar oldidagi qarzlar – bu turli xizmatlar, foizlar, kamomadlar, da’volar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar olidagi qarzi. Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va harajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq, ya’ni F = D > X. Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, harajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Zarar – bu korxonaning daromadlari va harajatlari o‘rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko‘p bo‘lishi, ya’ni: Z = D < XDemak, korxona daromadga qanchalik ko‘p harajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», ya’ni «ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi. Buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli , jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‘ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‘jalik aktivlari turlari bo‘yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‘jalik aktivlari tashkil topish manbalari bo‘yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‘rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari summalarining yig‘indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik «balans» deyiladi. O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikki bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling