3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


I-bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar»


Download 0.61 Mb.
bet5/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

I-bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p muddatda oborotda bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan harajatlar ning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yilga oborotda bo‘ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va harajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
Balansning «Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga qarab quyidagi ikki bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim. «O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Schyotlar – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli.

Doimiy schyotlar deganda hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘ladigan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar tushuniladi.
Tranzit schyotlar deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini hisobga olish uchun qo‘llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo‘lmaydigan schyotlar tushuniladi.
Balans tomonlarida joylashishiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari aktiv, kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling