3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

Qabila    ham  ibtidoiy  bosqichga  xos    etnik  birlikdir.  Qabila  urug’ga  nisbatan  yirik 

bo’lib,  u  bir  necha  urug’larning  o’zaro  birlashuvidan  xosil  bo’ladi.  Qabila  a’zolari 

o’rtasidan  qon-qarindoshlik  aloqalarining  mavjudligi,  urug’  va  bo’g’inlarga  birikishi, 

muayyan xududga egalik qilishi, qabiladoshlar orasidagi iqtisodiy birlik yagona qabilaviy 

tili  va  nomining  mavjudligi  qabilaning  asosiy  belgilaridir.  Qabila  qabila  kengashi 

tomonidan boshqarilgan. Odatda qabila kengashi urug’ oqsoqollaridan tashkil topgan va 

qabila boshlig’i tomonidan  boshqarilgan. Kishilik jamiyatining tobora taraqqiy etib borishi 

va  sinfiy  jamiyatining  paydo  bo’lishi  bilan  ibtidoiy  bosqichga  xos  etnik  birlik-  qabila 

tuzumi o’z ahamiyatini yo’qotadi. Ammo qabila atamasi va o’nga ta’luqli bo’lgan ba’zi 

xususiyatlar qoldiq sifatida tarixning keyingi davrlarida ham saqlanib qolgan edi. Masalan, 

XIX  asr-XX  asr  boshlarida  o’zbek  halqning  tarkibida  qabilalar  mavjud  bo’lib,  ular 

urug’larga bo’linish tartibini va urug’-qabila nomlarini (etnonimlarini) saqlab qolganlar. 

So’zsiz, ular ibtidoiy bosqich qoldiqlari xisoblanadi.  

Elat.  Ibtidoiy  bosqichning  ohirlarida  sinfiy  jamiyatga  o’tish  arafasida,  qabilalar 

orasidagi  etnik,  xo’jalik-madaniy  aloqalarning  tobora  rivojlanib  borishi  natijasida  bir 

qancha qabilalar birlashadilar. Qabilalarning  birlashish jarayonida etnik birlikning  yangi 

turi  vujudga  keladi.  Bu  etnik  birlik  ma’lum  tarixiy  sharoitida  xududiy,  iqtisodiy,  til  va 

madaniy umumiylik asosida shakllandi. Fanda ushbu etnik birlikka nisbatan «elat» atamasi 

qo’llaniladi.  

Xullas, elat, qabila bilan millat orasidagi etnik birlik bo’lib, sinfiy jamiyatga hos etnik 

uyushmadir.  



Millat–etnik  birlikning  elatdan  keyingi  shakli  bo’lib,  uning  shakllanishi  elatning 

shakllanish jarayoni kabi uzoq davom etadigan ijtimoiy voqelikdir. Millat etnik tarixning, 

elatning eng yuqori cho’qqisi, kamolot bosqichi. Bu bosqichga ko’tarilgan xalqning tarixan 

tarkib  topgan  davlati  birinchidan  millat  nomi  bilan  yuritiladi;  ikkinchidan  uning  aniq 

xududiy  chegarasida  muomalada  bo’lgan  umummillat  tili  davlat  tili  maqomi  darajasiga 

ko’tarilgan;  uchinchidan  davlat  hududining  butunligi  va  chegarasining  dahlsizligi  tan 

olinadi;  to’rtinchidan  millat  va  o’nga  xos  mentalitet  shakllangan  bo’lib,  fuqorolarning 

o’zligini anglash darajasi ularning hayot mazmuniga kundalik turmush tarziga aylanadi va 

nihoyat  beshinchidan,  davlat  jamiyat  tomonidan  boshqariladi.  Millatni  til,  hudud  va 

etnomadaniy  jihatdan  birlashtiruvchi  omillardan  biri  iqtisodiy  negizdir.  Bir  so’z  bilan 

aytganda, millat, shakllanayotgan xalqning kamolot bosqichidir. 

O’zbek halqining eng qadimgi ajdodlari O’rta Osiyo hududida qadimdan istiqomat 

qilgan halqlardir. Tarixiy manbalarda  O’rta Osiyoning eng  qadimgi halqlari haqida bir 

qancha  ma’lumotlar  saqlanib  qolgan.  Bunga  ko’ra  O’rta  Osiyoning  qadimgi  aholisi 

sug’diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilgan. O’rta 

Osiyoning bepayon cho’llarida hamda tog’li rayonlarida esa bu davrlarda shak, massaget, 

toxar va boshqa etnik nomlar bilan ataluvchi ko’chmanchi chorvador halqlar yashaganlar. 

Yuqorida  nomlari  keltirib  o’tilgan  halqlarning  bir  qismi  ya’ni  so’g’diylar,  xorazmiylar, 




baktriyaliklar,  parkanlar,  chochliklar  asosan  o’troq  holda  yashab  dehqonchilik  va 

xunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Ular qishloq va shaharlar barpo etganlar.  

Boshqa bir qismi esa ya’ni shaklar, massagetlar, toxarlar va shu kabi cho’l aholisining 

asosiy xo’jaligi chorvachilik bo’lgan.  

Voxalarni  o’rab  olgan  cho’l  zonalarida  istiqomat  qilgan  ushbu  chorvador  Aholi 

Axmoniy bitiklarida shaklar deb atalgan. Yunon manbalarida esa ular skiflar deb yuritiladi. 

Asosiy xo’jaligi chorvachilik bo’lgan bu aholi «Avesto»da turlar deb atalib, ularning yurti 

Turon deb yuritilgan.  

O’rta Osiyoning qadimgi aholisining bir qismi eroniy, yana bir qismi esa turkiy tilda 

so’zlashganlar. 

Yuqorida  nomlari  ko’rsatib  o’tilgan  sug’diylar,  xorazmiylar,  baktriyaliklar, 

parkanlar,  chochliklar,  shaklar,  massagetlar,  toxar  va  boshqalar  o’zbek  xalqining  etnik 

asosini tashkil qiladilar. Hozirgi tojiklar ham o’zlarining etnogenezining boshlanishi aynan 

shu xalqlardan oladilar. 

Yuqoridagi  xalqlarning  ma’lum  qismi  turkman,  qoraqalpoq,  qozoq  va  boshqa 

xalqlarning ham ilk ajdodlari hisoblanadi. Uzoq tarixiy davr mobaynida yuqorida nomlari 

sanab o’tilgan halqlar o’zaro aloqada bo’lib kelganlar. 

Ikki tilda so’zlashuvchi qabila va elatlar o’rtasidagi bunday aralashish va qorishuv 

natijasida  miloddan oldingi II-I-milodiy I-II asrlar davomida Sirdaryoning o’rta oqimida 

yangi  elat-qang’ar  xalqi  vujudga  keladi.  Qang’arlar  O’rta  Osiyoda  tashkil  topgan  eng 

qadimgi tub yerli turkiy qatlamni tashkil qilganlar. 

Keyingi  asrlarda  (milodiy  II-IV  asrlarda)  ham  O’rta  Osiyoning  markaziy 

viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung’oriyadan, Sharqiy Turkistondan ayrim qabilalar kelib 

joylashganlar. Xionlar (Xioniylar), Kidariylar va Eftaliylar (abdallar) shular jumlasidandir. 

Milodiy  V  asrning  birinchi  yarmida  Movarounnahrning  siyosiy  boshqaruvi  Eftaliylar 

qo’liga o’tadi. 

Ma’lumki,  VI  asrning  o’rtalarida  Oltoyda,  Janubiy  Sibirda,  Yettisuvda,  Sharqiy 

Turkistonda  joylashgan  bir  necha  qabilalar  birlashish  natijasida  Turk  xoqonligi  tashkil 

topadi va qisqa vaqt ichida Turk xoqonligi ko’chayib Markaziy Osiyoning katta qismini, 

jumladan Movaraunnahrni egallaydi. Turk xoqonliklari davrida vatanimiz hududiga turkiy 

qabilalar  ko’plab kelishgan.  Bu holat aholini turkiylashishini  yanada  ko’chaytirdi. Turk 

xoqonligining  hukmronligi  O’rta  Osiyoda  deyarli  yuz  yil  davom  etdi.  Bu  davrda  O’rta 

Osiyoning  biror  joyi  qolmadiki,  turkiy  qabilalar  kirib  bormagan  bo’lsa.  Turkiylashish 

jarayoni keyingi davrlarda ham davom etdi.  

IX-XII asrlar o’zbek xalqining etnik shakllanishidagi ikkinchi bosqich deb qaraladi. 

Xo’sh,  bu  davr  nimasi  bilan  xarakterlanadi?  Ma’lumki,  IX  asr  boshlarida  Markaziy 

Osiyoda yana bir davlat- Qarluqlar davlati barpo etildi. Qarluqlardan chiqqan Qoraxoniylar 

(ulug’xonlar)  bu  davlatni  qariyb  to’rt  asr  uzliksiz  boshqarib  keldilar.  Qarluq  davlati  va 

Qarluqlar  bo’yicha  maxsus  tadqiqot  muallifi  K.SHoniyozov  o’zbek  ajdodlarini  alohida 

etnik  jamoa  (elat)  bo’lib  shakllanishi  aynan  shu  davlat  xududida  IX-X  asrlarda  sodir 

bo’lganligini  aniqladi.  Uning  fikricha  bu  xududda  o’zbek  halqining  xududiy,  iqtisodiy, 

madaniy va etnik belgilarida umumiylik hosil bo’lib o’zbek halqining shakllanish jarayoni 

nihoyasiga yetgan.   

Bu davrda O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda hozirgi o’zbeklarga xos qiyofa, 

mahalliy  aholining  asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Antropolog  T.Xo’jayov  tadqiqotlariga 

qaraganda  IX  asrga  kelib  aholining  antropologik  qiyofasida  keskin  o’zgarishlar  yuz 

berganligi kuzatildi. Bu o’zgarishlarni arxeologik tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi.  



Fanda  mo’g’ul  istilosi  O’rta  Osiyo  aholisini  keskin  mo’g’ullashtirib,  o’zgartirib 

yubordi  degan  fikr  keng  tarqalgan.  Lekin  tadqiqotchilarimiz  bu  masalaga  ham  oydinlik 

kiritdilar.  Mo’g’ul  istilosi  O’zbekiston  aholisining  tashqi  qiyofasiga  sezilarli  izlarni 

qoldirmaganligini  ta’kidlab  o’tish  joizdir.  Sababi,  Chingizxon  XIII  asr  boshida  tashkil 

etgan yirik mo’g’ul davlatida mo’g’ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. 

Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo’lsa, unda uning qo’shinlari soni 100-110 

ming kishidan iborat bo’lgan. Lekin, o’sha davrda mo’g’ullar qo’shinlarining ko’p qismini 

yo’qotganlar.  Ular  O’rta  Osiyoga  bostirib  kelganida  qo’shinlarning  ko’pchiligi    turkiy 

halqlardan tashkil topganligi ma’lum. Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida 20 

million  aholi  yashagan.  Mo’g’ul  qo’shinlari  ko’p  sonli  mahalliy  aholi  tarkibiga  o’z 

asoratini o’tkaza olmagan. Shuning uchun ham mahalliy aholida mo’g’ul irqi alomatlari 

deyarli namoyon bo’lmaganligini ko’rish mumkin.  

Shuni ham aytib o’tish o’rinliki, IX-X asrlarda qarluqlar egallab turgan xududlarda 

20 dan ortiq shahar, ko’plab qishloqlar bo’lgan. Qarluqlar ko’p sonli, nufuzli «halq» bo’lib, 

bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan. Qarluqlar yashagan xududlardaboshqa turkiy 

tilli etnoslar (masalan chig’illar, yag’molar, xalachlar) ham yashaganlar. Ular turkiy tilda 

so’zlashganlar. 

Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig’il turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Keyinchalik shu 

til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni Maxmud Qoshg’ariy «eng ochiq va ravon til» 

deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asrlar mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo’lib, Ahmad 

Yugnakiyning  (775-869)  «Xibatul  haqoyiq»  (Haqiqatlar  tuhfasi)  dostoni,  Yusuf  Xos 

Hojibning  (XI  asr),  «Qutadg’u  bilik»  (Saodatga  yo’lovchi  bilim)  asari,  Ahmad 

Yassaviyning (1041-1167) «Hikmatlar»i hamda «O’g’iznoma», «Alpomish», «Go’ro’g’li» 

kabi dostonlar shular jumlasidandir. 

Xalqimizining  ikkinchi  qatlami  Turon  mamlakatining  nisbatan  shimoliy  g’arbiy 

hududlarida vujudga kelgan va shakllana borishi XU asrning oxirlarida poyoniga yetgan. 

O’zbek  xalqining  shakllanishida  qatnashgan  qabilalar  soni  turli  manbalarda  turlicha 

ko’rsatiladi. Shoir turdi bu borada 92 raqamini keltiradi.   

O’zbek  halqining  shakllanishida  uchinchi  muhim  davr  XV  asr  ohiri  va  XVI 

hisoblanadi.  Bu  davrda  Dashti-Qipchoq  o’zbeklari    O’rta  Osiyoga  kirib  keladi  va  ular 

mahalliy aholiga o’z nomini beradi. Dashti-Qipchoq o’zbeklari kim? Qadimdan Dashti-

Qipchoqning  sharqiy  qismida,  hozirgi  Qozog’iston,  Tobolьsk,  Turaatroflarida  kechib 

yurgan  turk-mo’g’ul  qabilalari  XIII  asrning  ohiri-XIV  asrda  yashab  o’tgan    sharq 

tarixchilari  tomonidan  umumiy  bir  nom  bilan,  ya’ni  «Dashti  Qipchoq  o’zbeklari»  deb 

atalgan. 

Shu  joyda  «o’zbek»  atamasi  kelib  chiqishi  haqida  to’xtalib  o’tish  kerak  bo’ladi. 

Ushbu etnonimni ya’ni «o’zbek» etnonimini kelib chiqishi haqida yagona bir fikr mavjud 

emas. Bir gurux olimlar «o’zbek» degan nomni 1312-1342 yillarda Oltin O’rdada xonlik 

qilgan  O’zbekxonning  (asl  ismi  Sulton  Muhammad)  nomi  bilan  bog’laydilar.  Mirzo 

Ulug’bek  “To’rt  ulus  tarixi”da  O’zbekxonnning  xokimiyat  tepasiga  kelishini  “O’zbek 

ulusi” unga berildi. deb yozadi. Uning fikricha, Oltin O’rda davlati sulton Muhammad –

O’zbekxongacha  ham  “o’zbek  ulusi”deb  atalgan.  O’zbek  atamasi  Oltin  o’rda  davlatida 

yashagan, islom dinini  qabul qilgan Orlot, Bahrin, Do’rmon, Qorluq, Qipchoq, Qo’ng’irot, 

Mang’it, Nayman, Ming kabi turkiy qabilalar uyushmasini, ya’ni o’zbek xalqi ma’nosini 

va xalqga tegishli mamlakatni bildirgan. X111 asrning ikkinchi yarmi, X1Vasrda yashagan 

sharq  tarixchilari  tomonidan  bu  xalq  umumiy  nom  bilan  o’zbek  deb  atalgan.  Ayrim 

tadqiqotchilar  esa  «o’zbek»  atamasini  «o’zbek»,  «erkin»,  «mustaqil»  so’zidan  kelib 

chiqqanligini  ta’kidlaydilar.  Xullas,  Dashti  Qipchoq  xududlarida  yashagan  turkiy  aholi 




Movarounnahr (Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi) yerlarga kelib, bu yerda yashayotgan 

o’troq aholi bilan uyg’unlashib ketgan vaaholining nomi o’zbek deb atalgan. 

Dashti Qipchoq o’zbeklarini Movarounnahr yerlariga ommaviy ko’chib kelishi XV 

asr ohiri- XVI asr boshlarida ko’chaydi. Bu davrda o’zbek halqining etnik tarkibi Dashti 

Qipchoqdan  ko’chib  kelgan  turkiy  qabilalar  hisobiga  yanada  boyidi.  Aniqroq 

ta’kidlaganda XV asrning oxiri XV1 asrning boshlarida xalqimizning birinchi qatlamiga 

va ikkinchi qatlamlarning muayyan qismi qo’shiladi. Buyuk Turonning Movarounnnahr 

va Xuroson o’lkalaridaazaldan yashab kelayotgan yaxlit etning qatlami bir bo’lak bo’lib 

qo’shildi va uni to’ldirdi, nufusini oshirdi. 


Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling