3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan alohida


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

5. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan alohida 

o’rni. 

Kushon  davlatining  paydo  bo’lishi  uzoq  vaqt  olimlar  orasida  katta  ilmiy 

munozaralarga sabab bo’lib kelganlar. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini o’rganish 

o’tgan asrdayoq boshlangan edi. 

O’tgan asrda London va Parij, Vena va Peterburg tangashunoslari qo’liga badjahl va 

sersoqol  SHarq  podsholari  vaantik  davr  xudolari  tasvirlagan  tangalar  tusha  boshladi. 

Ularda  yunon  alifbosida,  noma’lum  tilda  yozuvlar  yozilgan  edi.  Shuningdek,  ingliz 

ofitserlari,  vrachlar  va  sayohatchilar  Hindistonning  Shimoli-g’arbiy  rayonlaridan  antik 

davrga oid sharqiy uslubda ishlagan haykalchalar va turli buyumlar topib ola boshlaydilar. 

Mil. Avv I asrga kelib Katta Yuechji uyushmasidagi  beshta hokimlikda Guyshuan 

(Kushon) hokimligi anchako’chayib va huddi kengayib bordi. “So’ngi Xan sulosasi tarixi” 

(Xitoy) ma’lumotlarga ko’ra, “Guyshuan  hokimi Kiotszyukyu qolgan to’rtta hokimlikni 

birlashtirib o’zini Guyshuan hokimi deb e’lon qilindi”. 

Kiotszyukyu  (Kudzula  Kadfiz)  hamma  mulklarni  birlashtirib,  Qobuliston  va 

Qandaxorni  zabt  etadi.  Milodiy  I  asr  boshlariga  kelib  Qushon  davlati  o’z  ahamiyatiga 

ko’raantik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha  

oladigan  qadimgi  dunyoning  eng  qudratli  va  zabardast  davlatlaridan  biri  sifatida  tashkil 

topdi.  Xitoy  manbalaridagi  “Guyshuan  hokimi  Kiotszyukyu”,  ilk  kushon  davriga  oid 

topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.  

Kudzula  Kadfiz  yoki  Kadfiz  I  o’z  podsholik  siyosatini  hokimiyat  yerlarini 

kengaytirish bilan boshlaydi. Uning davrida  Kushon davlati  yerlari  anchagina kengaydi. 

Kadfiz  I  hukmronlik  qilgan  davr  Kushon  podsholigi  haqida  tangashunoslik  tadqiqotlar 

orqali birmuncha ma’lumotlar olish mumkin. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir 

tomonida  eng  so’nggi  Yunon-Baqtriya  podshosi  Germey  tasviri  tushirilib,  uning  nomi 

yozilgan,  ikkinchi  tomonida  esa,  Gerakl  siymosi  va  “o’z  ishonchiga  qat’iy  kushonlar 

yobg’usi Kujula Kadfiz” degan so’zlar bor. 




Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o’z nomini “yobg’u”dan  “shohlar 

shohi”  faxri  unvoniga  ko’tarib  tangalar  zarb  etadi.  Yana  bir  guruh  Markaziy  Osiyodan 

(ko’proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan yozuv 

uchraydi. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, bu tangalarni Kadfiz I zarb qilgan. 

Kudzula  Kadfizdan  so’ng  taxtga  uning  o’g’li  Vima  Kadfiz  (Kadfiz  II)  o’tiradi.  U 

mamlakatda pul islohoti o’tkazib oltin tangalar zarb qila boshlaydi. Shuningdek Kadfiz II 

Hindistonning bir qismini Kushon davlatga qo’shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar 

o’rnatadi. 

Kushon  podsholari  ichida  eng  mashhuri  Kanishka  hisoblanadi.  Uning  hokimlik 

davrida  Kushonlar  saltanati  yanada  gullab-yashnadi.  Kanishka  davrida  Panjob,  Kashmir 

viloyatlari  mamlakatga  qo’shib  olingan.  Mamlakatning  poytaxti  esa  Peshovar 

(Afg’oniston) atrofida edi. 

Mamlakatning  hududi  Shimoliy  Hindiston,  Afg’oniston,  markaziy  Osiyodagi 

ko’pgina  viloyatlar,  Sharqiy  Turkistondan  iborat  edi.  Syuan’  Tszyanning  yozishicha, 

“Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo’shni mamlakatlarga  yoyildi. 

Mamlakatning  harbiy  qudrati  ko’pchilik  tomondan  tan  olindi.  Xitoyning  g’arb 

tomonidagilar  ham  Kanishkaning  hokimyatini  tan  olib,  o’nga  o’z  garovga  qo’yilgan 

odamlaridan yuborilgan edilar”. 

Kanishka  davrida  zarb  etilgan  tangalarda  Budda  xudosi,  zardushtiylar  xudolari 

Vurutragna,  Anaxiti,  Mitra  va  boshqalarni  uchratish  mumkin.  Aynan  shu  davrda  zarb 

etilgan  tangalarda  yunon  alifbosidagi  Baqtriya  tilida  yozilgan  tangalar  (Evropa 

tadqiqotchilarini  hayratga  solgan  tangalar)  zarb  etilaboshlandi.  Kanishka  davrida 

Kushonlar  davlatida  buddiylik  diniga  katta  e’tibor  berildi  (Kanishkaning  o’zi  ham  shu 

dinda  edi).  Baqtriya  tilining  ahamiyati  yanada  oshdi.  Hunarmandchilik  va  savdo  yuqori 

darajaga ko’tarildi. Kushon davlati o’zining eng rivojlangan cho’qqisiga ko’tarilgan. Hind 

manbalarining ma’lumotlariga  qaraganda, Kushon davlatiga Kanishkadan so’ng Vasishka 

podsholik qiladi. U va Vasudeva podsholigi davrida qudratli kushonlar saltanati inqirozga 

uchray boshlaydi. 

Kushon podsholigi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotga nazar tashlasak, bu davrdagi 

yirik  shaharlardan  biri  Termiz  shahri  edi.  Termiz  asosan  Kushonlar  davridagi  yuksak 

rivojlandi.    Bu  davrda  shahar  Hindiston  bilan  g’arb,  shimol,  sharq  mamlakatlarni 

bog’laydigan savdo yo’llaridagi yirik shahargaaylangan. Shaharning maydoni anchagana 

katta  bo’lib,  uning  hududidan  Qoratepa,  Fayoztepa  kabi  Budda  ibodatxonalari  qazib 

ochilgan. Ular ibodat qilish joyi bo’lishi bilan birgalikda, ajnabiy savdogarlar savdo-sotiq 

qiladigan  manzil  ham  hisoblangan.  Ibodatxonalar  qoshida  turli  hunarmandchilik 

ustaxonalari bo’lib, ular faqat qohinlar ehtiyojini qondiribgina qolmay, bozor uchun ham 

xizmat qilgan. Ibodatxonalarda kulolchilik ustaxonalarini topilish shunday dalolat beradi.  

So’g’diyona,  Farg’ona  va  Chochning  Kushon  davriga  oid  ko’hna  shahar  va 

qishloqlari  yaxshi  o’rganilmagan  bo’lsa-da,  bu  yerlarda  ham  katta-katta  o’zgarishlar  va 

shaharlar rivojini kuzatish mumkin. Yirik shaharlardan biri Samarqand edi. So’g’diyonada 

undan  tashqari  mayda  manzilgohlar  ham  ko’p  edi.  Manzilgohlar  mustahkam  himoya 

devorlari  bilan  o’ralgan  edi.  Farg’ona  vodiysida  ham  moddiy  madaniyatining 

rivojlanganligini kuzatish mumkin. 

Xorazmda  ko’pgina  shaharlar  va  manzilgohlar  mavjud  edi.  Shulardan  biri 

Tuproqqal’a  ko’hna  shahridir.  Shahar  tuzilishiga  ko’ra  to’g’ri  burchakli  bo’lib,  qalin 

devorlar bilan o’ralgan. Shahar o’rtasida tor ko’cha  o’tgan. Shahardan Kushon davriga oid 

ko’plab  narsalar  topilgan.  Bu  yerga  podsho  saroyi  ochilgan  bo’lib,  shahar 



devorlaridaajoyib  tasvirlarni  uchratish  mumkin.  Shuningdek,  Tuproqqal’adan  Xorazm 

podsholarining arxividan namunalar ham topilgan. 

Arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  ko’ra,  Kushon  davrida  Markaziy  Osiyoning 

deyarli barchaviloyatlari  qishloq xo’jaligini yaxshi o’zlashtirib olgan edilar. Tekisliklarda 

sug’orma dehqonchilik bilan birgalikda chorvachilik ham rivojlanadi. Bu davr Xorazmda

Zarafshonda  ko’plab  sug’orish  inshootlari  qurildi.  Dehqonchilik  qurollarida  ham 

o’zlashtirish  sodir  bo’ldi.  Masalan  Kushon  davriga  oid  Talibarzu  yodgorliklaridan 

(Samarqand) yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.  

Tog’  etaklari  va  tog’  oldi  vohalarida  bu  davrda  chorvachilik  rivojlanib  boradi. 

Ayniqsa, Farg’ona chorvachilik bilan shug’ullanuvchi yarim ko’chmanchi aholi ko’p edi. 

Ularning zotdor otlari qo’shin davlatlarda ham mashhur edi. 

Hunarmandchilik  faqat  yirik  shaharlarda  emas  kichikroq  manzilgohlarda  ham 

rivojlandi.  Ayniqsa,  qurol-aslaha  ustaxonalarida  harbiy  qurollar  yasash  rivojlandi. 

Kushonlar  davrida  paydo  bo’lgan  va  murakkab  tuzilishga  ega  bo’lgan  Markaziy  Osiyo 

kamoni keyinchalik Eronda keng tarqaldi. Nayzalar yog’ochdan yasalardi. O’qlar va nayza 

uchlari temirdan yasalib bir necha ko’rinishga ega edi. Uchi uchburchakli o’qlar kengroq 

yoyilgan  edi.  Harbiylar  xanjar  va  qilichlar  bilan  qurollanar  edilar.  Milodning  boshlarida 

Markaziy Osiyoda dudama qilichlar rasm edi. Qurol-aslahalardan qalqon, jang boltasi ham 

taqib yurilardi. 

Qushonlar  davrida  savdo-sotiq,  ichki  va  tashqi  savdo  ayniqsa  rivojlandi.  Savdo 

munosabatlarining  rivojlanishida  “Buyuk  ipak  yo’li”  ning  ahamiyati  katta  bo’ldi. 

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda “Buyuk ipak yo’li” miloddan avvalgi III asrning 

ohiri  –  II  asrlarda  shakllana  boshlaydi.  Ko’pchilik  olimlar  miloddan  avvalgi  II  asrda 

Markaziy  Osiyoga  kelgan  Xitoylik  sayyoh  va  savdogar,  imperator  saroyi  ofitseri  Chjan 

Tszyanni Xitoydan bu yo’lni boshlab bergan dastlabki sayyoh deb hisoblaydilar. Miloddan 

avvalgi II asrning  ohirlarida Xitoy qo’shinlari Davan (Farg’ona) yerlariga bostirib kirdilar. 

O’sha  davrdan  boshlab  Markaziy  Osiyo  va  Xitoy  o’rtasida  savdo  va  madaniy  aloqalar 

riivojlanib  bordi.  Farg’ona,  So’g’d  va  Baqtriyaga  ipakchilik  kirib  keldi.  Karvon  yo’li 

rivojlanib  borgan  sari  savdo-sotiq  ishlari  ham  rivojlanib  bordi.  Xitoy  savdogarlari 

Markaziy  Osiyogaasosan  xom  ipak  va  ipak  matolari,  Markaziy  Osiyolik  savdogarlar 

Xitoyga  shisha  buyumlar,  qimmatbaho  toshlar,  zeb-ziynat  buyumlari  va  boshqalar 

eltganlar. 

Milodning  boshlarida  qadimgi  dunyoning  ilg’or  madaniyatli  davlatlari  asosan 

to’rtgacha: o’rta yer dengizidagi Rim, Yaqin Sharqdagi Parfiya, Xitoydagi Xan davlati va 

xozirgi  Hindiston,  Pokiston,  Afg’oniston  va  Markaziy  Osiyoni  birlashtirgan  qudratli 

Kushonlar  saltanatiga  bo’linar  edi.  G’arbda  Britan  orollarida  sharqda  Tinch  okeani 

sohillarigacha  cho’zilgan  bu  to’rtta  zabardast  saltanat  insoniyat  tarixida  birinchi  bo’lib 

“Buyuk  Ipak  yo’li”  deb  nomlanuvchi  bir  yo’l  bilan  bog’landilar.  “Buyuk  Ipak  yo’li” 

Xitoydagi Xan imperiyasi poytaxtidan Kushon va Parfiya davlatlari hududi orqali O’rta 

Yer  dengizining  shimoliy  qirg’oqlarigacha  cho’zildi.  Bu  yo’l  tufayli  ko’p  minglab 

(umumiy  uzunligi  12  ming  km.)  kilometr  masofadagi  davlatlar  o’zaro  aloqa  bog’lashga 

yerishdilar. Podsholarning o’zaro elchi yuborishlari, bir-birlariga har hil sovg’alar in’om 

etishlari an’anagaaylandi. Savdo-sotiq rivojlandi. Sharq bilan G’arb madaniyatining bir-

biriga ta’siri ko’chaydi. O’sha davrdagi ko’plab madaniy o’xshashliklar ham shu tufayli 

yuzaga keldi.  

“Buyuk  Ipak  yo’li  ”  bo’ylab  ko’plab  karvonsaroylar,  shaharlar  barpo  etildi.  Bu 

yo’ldan borayotgan savdogarlar  ko’pincha  yo’lning ohirigacha  bormas edilar.  Markaziy 

Osiyo  viloyatlari  bu  yo’lning  o’rtasida  joylashganligi  sababli  savdogarlar  Xorazm, 




Samarqand, Termiz va boshqa joylarda o’z mollarini sotib, mahalliy  maxsulotlarni xarid 

qilar  edilar.  O’sha  davr  Markaziy  Osiyo    bozorlarida  chetdan  keltirilgan  ko’plab 

maxsulotlar  mavjud  edi-ki,  hozirgi  kunda  Ipak  yo’li  ustidagi  ko’hna  shaharlar  va 

manzilgohlardagi  arxeologik  qazishmalar  natijasida  topilayotgan  topilmalar  fikrimizni 

dalillaridir.  

Rim  manbalari,  keyinroq  esaarab  geograflarining  ma’lumotlariga  qaraganda,  Rim 

saltanatiga Kushon davlatidan asosan temir va temir buyumlar olib ketilgan. Xitoyliklarni 

esaasosan  “uzoq  va  og’ir  yo’llarni  bosib  o’tishga  qodir  bo’lgan”  Farg’onaning  otlari 

hayratga  solgan.  Shuningdek,  Xitoyga  jun  va  jun  gazlamalar,  qo’y  terisi,  qurollar  va   

qimmatbaho toshlar sotilgan. O’z navbatida Xitoydan ipak   turli Xitoy gazlamalari chinni 

buyumlar keltirilgan.   

Kushon  davlati  undan  tashqari  katta  va  kichik  viloyatlar,  dasht  va  tog’  oldi 

ko’chmanchilari  bilan  savdo-sotiq  munosabatlari  olib  borgan.  Yuqorida  qayd 

etganimizdek bu munosabatlarda “Buyuk ipak yo’li” ning ahamiyati beqiyos bo’ldi. 

Kushon  davri  yoki  milodiy  I-  III  asrlar  ko’pgina  G’arb  va  Sharq  madaniy 

mamlakatlari bilan qizg’in iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlardabo’lgan qudratli 

va mustaqil davlatning har tomonlama gullab yashnagan davri bo’ldi. Biroq shuni alohida 

ta’kidlash lozimki, bu saltanat quldorlik munosabatlari ancha taraqqiy etgan bir sharoitda 

hayot kechirgan turli halqlarning aralashmasidan iborat edi. Ayni paytda, kushon davrining 

ohiriga kelib Markaziy Osiyoda quldorlik tuzumining yemirilishiga sabab bo’lgan olimlar 

paydo bo’la boshlaydi. 

Kushonlar  hukmronligi  davri  Markaziy  Osiyo  tarixida  o’chmas  iz  qoldirdi  va 

kattaahamiyatga ega bo’ldi. Sharq  va G’arbga qatnab turgan elchilar va karvonlar  bilan 

birga madaniy an’analar ham kirib keldi. Bu an’analar mahalliy  madaniy jarayonlar bilan 

aralashib o’ziga xos Kushon madaniyati va san’atining paydo bo’lishga olib keldi. Kushon 

madaniyati o’z navbatida qadimgi SHarq va G’arb madaniyatidda chuqur iz qoldirdi. 




Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling