3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

 

 

4.Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug’diyona, Qang’ va Davon davlatlari. Ularning 

ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. 

Mahalliy xalqlarning mustaqillik uchun to’xtovsiz kurashlari sabab miloddan avvalgi 

III asrning o’rtalarida boshlab Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib mustaqil 

bo’ldilar. 

Shunday  qilib  O’rta  Osiyoni  grek-makedonlar  tomonidan  bosib  olishini  bu  yerda 

ellinistik davlat deb tarixda nom olgan davlatni tuzilishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun 

ham  Iskandarning  yurishi  va  salavkiylar  hukmronligi  davri  milliy  davlatchiligimizni 

rivojlanishid antik (qadimgi) yoki ellinistik davr deb ataladi. 

Miloddan avvalgi 250 yillar arafasida Baqtriya hukmdori Diodot o’zini salavkiylar 

davlatidan mustaqil qila boshladi. Biroq u salavkiylar davlati bilan aloqani darhol uzmadi 

va  o’zining  faoliyatida  salavkiylarga  qarashligini  yuzaki  bo’lsada  ko’rsatib  siyosat 

yurgizdi.  Biroq  uning  o’g’li  Diodot  II  o’zini  salavkiylardan  mustaqil  podsho  deb  e’lon 

qildi.  Shu  tariqa  Baqtriya  yeparhiyasi  (satrapligi)  o’rnidaYunon-Baqtriya  podsholigi 

vujudga keldi. Bu podsholik 100 yildan ortiqroq hukm surdi. (miloddan avvalgi 250-140 




yoki 130 yillar). Uning hududiga Sug’d, Baqtriya, Mirg’iyona yerlari hamda Parkana va 

Chochni bir  qism yerlari kirgan.  

Yunon-Baqtriya davlatida Diodot II dan keyin Yevtidem Demetriy (miloddan avvalgi 

199-167 yillar) Yevkratitlar hukmronlik qiladi. Bular davrida o’zaro urushlar ko’chaydi. 

M.Evratit davrida So’g’d, Yunon-Baqtriya davlati tarkibidan chiqib ketadi.(miloddan 

avvalgi  160  yillarga  yaqin)  va  keyinchalik  Xorazm  tarkibiga  kiradi.  Huddi  shu  vaqtda 

Parfiya  podshosi  Mitridat  I  Baqtriyaga  qarshi  urush  boshlaydi.  Yevkraditni  o’zi  esa 

Xindistonni  shimoliy  qismini  buysundirib  kelayotganda  o’z  o’g’li  Galiak  tomonidan 

o’ldiriladi. 

Shunday  keyin  asta-sekin  Yunon-Baqtriya    podsholigining  inqirozi  boshlandi 

(miloddan avvalgi II  asr o’rtalarida) 

Kuchsizlanib  qolgan  Yunon-Baqtriya  davlatiga  O’rta  Osiyoda  yashovchi 

ko’chmanchi qabilalar-yuechjeylar miloddan avvalgi 140 va 130 yillar  o’rtasida,  hujum 

qilib,  uni  ag’dardi.  Umuman  olganda  yuechjeylar  O’rta  Osiyoda  yunon-makedonlar 

hukmdorligini  tag-tomiri  bilan  ag’darib  tashladilar.  Miloddan  avvalgi  II  asrning  ohirgi 

choragida  Amudaryoning  shimolidagi  hududlarining  barchasi  yunon  hukmdoridan  ozod 

etildi. Miloddan avvalgi. I  asrning o’rtalarida eng ohirgi Yunon-Baqtriya davlati yerlari 

yuechjeylar tomonidan bosib olingan va yo’q qilingan edi. 




Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling