3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

Kushon davri madaniyati. Kushon davri Markaziy Osiyo halqlarining moddiy va 

ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligi bilan izohlanadi. Buyuk Kushonlar 

saltanatining taqdiri, ma’naviyati nuqtai nazaridan ayanchli tugadi, ya’ni o’z davrida uning 

tarixi va madaniyati deyarli yozilmagan. U haqda qadimgi ma’lumotlar juda kam, yozuv 

(epigrafik) yodgorliklar ham unchalik ko’p emas. 

Ma’lumki Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV-II asrlarda oromiy yozuv asosida 

Xorazm, Parfiya va so’g’d yozuvlari paydo bo’ladi. Kushon davriga kelib ular safiga yana 

bir  yozuv-Kushon  (Baqtriya)  yozuvi  paydo  bo’ladi.  22  harfdan  iborat  va  ko’pgina 

tangalarda  uchraydigan  bu  yozuv,  olimlar  fikricha,  Kanishka  davrida  paydo  bo’ladi. 

Tangalarda zarb qilingan miniatyura tasvirlarda badjahl va sersoqol podsholar siymolarini, 

yunon,  hind,  fors,  Markaziy  Osiyoning  turli  xudolari  va  ular  ismlari,  pordsholarning 

nomlari  va  unvonlari  yunon  va  hind  alifbosida,  mahalliy  tilda  bitilganini  ko’rishimiz 

mumkin. Kushon tangalari madaniyatning o’ziga xos tomonari yozuv, til, diniy qarashlar 

haqida  ma’lum  xulosalar  chiqarish  imkoniyatini  yaratadi.  Ammo,  tangalar  Kushon 

madaniyati  qay  darajada  bo’lganligi  haqida  to’la  ma’lumot  berolmaydi.  Buning  uchun 

san’at yodgorliklariga murojat etamiz: san’at yodgorliklari dastlab Hindistonning shimoli-

g’arbida  ko’plab  ochildi  va  bu  turkum  san’at  yodgorliklari  “Qandahor  haykalchilik 

maktabi”  deb  nomlandi.  Bu  hududdan  juda  ko’plab  san’at  asarlari  topilgan  bo’lib,    bu 

asarlarda  buddiylik  xudolari,  monarxlar  tasvirlangan.  Undan  so’ng  kushon  davriga  oid 

buddiylik manzilgohlari Xodda va Shotaraka (Afg’oniston), Butqara (Pokiston)dan yuzlab 

haykallar  topilib,  kushon  madaniyati  haqidagi  tasavvurlar  birmuncha  kengaydi.  Ammo, 

Markaziy Osiyo Kushon davri madaniyati qay darajada bo’lgan edi? 




Markaziy  Osiyoning  janubi  va  Shimoliy  Afg’onistondagi  arxeologik  tadqiqotlar 

Yunon-Baqtriya  va  Kushon-Baqtriya  madaniyati  gullab  yashnaganidan  dalolat  beradi. 

Dastlabki  yodgorliklar  Ayritom  va  Ko’hna  Termizda  30-yillarda  ochilib,  60-yillarda 

davom ettirildi. Keyinchalik ko’hna Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, 

Fayoztepa,  Holchayon  va  Dalvarzin  ko’hna  o’aharlari  ochilib  nihoyat  darajada  yuksak 

bo’lgan kushon madaniyati butun dunyoga mashhur bo’ldi.  

Ayritom ko’hna  shahridan  topilgan uylarning peshtog’ig’a  ishlangan tosh tasvirlar 

(sharafa) asrimizning 30-40 yillaridayoq ma’lum edi. Bu peshtoqlarda gullarga burkangan, 

musiqaasboblari  chalib  turgan  qizlar  va  do’mbira  chalib  turgan  bolalarning  tasviri 

tushirilgan.  Qazishmalar  natijasida  ibodatxona  va  inshootlarning  me’moriy  jihatdan 

nihoyatda  mohirlik  bilan  barpo  etilganini  ko’ramiz.  Surxandaryo  viloyatining  Devon 

nohiyasi  paxta  dalalarining  birida  qachonlardir  yirik  shahar  bo’lgan  Holchayon 

yodgorligining  qoldiqlarini  saqlanib  qolgan.  Shaharning  paydo  bo’lishi  mil.  av.  I  ming 

yillikning  o’rtalariga to’g’ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushon davriga to’g’ri kelib, bu 

davlat inqirozga yuz tutish bilan shahar ham  yemirila boshlaydi. Qazib olinga bino ichida 

I  asrda  qurilgan,  unchalik  katta  bo’lmagan  saroy  alohida  qiziqish  uyg’otadi.  Saroyda 

devoriy rasmlar  yaxshi saqlanib qolmagan. Insonning  yuzi va  yomon saqlangan  qomati, 

gullar tasviri bor holos. 

Lekin saroydagi badiiy madaniyat  namunalari ko’plab topilgan. Haykalllar loydan 

ishlanib  ustki  qismi  bo’yalgan.  Haykallardan  eng  kattasi  2  metrga  yaqin  bo’lib,  kichik 

haykallardan  o’nlab  topilgan.  Bu  san’at  asarlarida  podsho  geray  avlodlari  tasvirlangan 

(haykallar tangalardagi tasvirlar bilan solishtirilgan). Markazda taxtlarda o’tirgan podsho 

va  uning    xotini,  ularning  o’ng  va  chap  tomonlarida  podsho  oilasi  a’zalari,  xotinlar  va 

erkaklar, shuningdek mahalliy zodagorlar va Gerakl hamdaAfisha haykallari joylashgan. 

Termiz-Dushanba katta yo’lining o’ng tomonidan katta maydon bo’lib u yerga tabiat 

va  vaqt  ta’sirida  yemirilib  ttepalikkaaylangan  qo’rg’on  bor.  SHaharning  mustahkam 

devorlar,  hokim  saroyining  xarobalari,  imoratlar  qoldiqlari-bular  yirik  Kushon  shahri 

qoldiqlaridir. Bu Dalvarzin ko’hna shahari bo’lib, u Kushon davlatining dastlabki poytaxti 

bo’lgan degan fikrlar ham mavjud. 

1972  yilgi  qazishmalar  paytida  bu  yerdan  umumiy  og’irligi  30  kg.  dan  ortiq  tilla 

buyumlar  xazinasi  topilgan.  Bu  xazinada  hammasi  bo’lib  115  ta  bilakuzuk,  xalqalar, 

to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari, oltin qo’ymalan bor edi. 

Dalvarzin ko’hna shahidan  uncha uzoq bo’lmagan joydan juda qiziq va o’ziga xos 

qabr topildi. Bu qabrdagi ko’mish an’analari buddiylardan farq qilgan holda, ba’zi hollarda 

Markaziy  Osiyo  an’analariga  ham  o’xshamaydi.  Sag’analarda  uch  xildagi  dafn  mavjud 

bo’lib, ulardan ohirgisi mil. av. I-III asrlardagi zardushtiylarning dafn an’analariga to’g’ri 

keladi. Dalvarzin sag’anasi qabrlari o’ziga xos go’zalligi bilan, dafn marosimi inshootining 

barcha  me’morlik  o’xshashliklari  bilan  zardushtiylik  dafn  marosimlariga  mo’ljallangan 

bo’lib,  “zardushtiylik  dunyosi”  maydonidagi  eng  qadimgi  dafn  etish  joyidir.  To’g’ri, 

Xorazmda  ham  bu  davrga  oid  ehtimol  bu  davrdan  ham  ilgarirooq  davrlarga  oid  qabrlar 

topilgan, lekin ular dahmalar emas, ularda inson suyaklari sopol astodonlarda ko’milgan. 

Milodning I asrlariga oid astodon qo’yilgan sag’analar Mavr va Marg’iyonadan topilgan, 

Xuddi shu tarzdagi qabrlar Eron arxeologlari topilmalarida ham uchrab, ular ham mil. av I 

asrlarga oiddir. Dalvarzin dahmasi noyob me’morlik inshooti, o’ziga xos bo’lib, gumbaz 

shaklidagi hujra, nafis terilgan peshtoqli kirish joyi bilan kushon davri Shimoliy Baqtriya 

me’morlik san’atini aks ettiruvchi inshoatdir. 




Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling