3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

 

6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi. 


O’zbekistonda davlat mustaqilligi qayta tiklangach halqimizning o’z kelib chiqishi 

va  umuman  etnik  tarixiga  bo’lgan  qiziqishi  yanada  ortdi.  Bu  tabiiy  hol.  Respublikamiz 

Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz 

o’zbekchiligimiz  haqida  aniq  tushunchaga  ega  bo’lishimiz  kerak».  Bugungi  ma’ruza 

o’zbek  halqining  etnik  shakllanishiga  bag’ishlangan  bo’lib,  unda  ushbu  jarayon 

bosqichma-bosqich ko’rib chiqiladi. 

Hozir  jahonda  soni  jihatidan  katta-kichik,  turli  tillarda  so’zlashuvchi,  turli  dinga 

e’tiqod qiluvchi va har xil xo’jalik yurituvchi ikki mingdan ziyodroq nomlar bilan ataluvchi 

halqlar yashaydi. Ularning halq sifatida shakllanishi ham tarixning turli davrlariga to’g’ri 

keladi.  Shyuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  dunyoda  hech  bir  halq  o’zini  sof  (toza), 

aralashmagan deb davo qila olmaydi. Chunki, har bir halq uzoq tarixiy davr davomida turli 

elatlar bilan aloqada bo’lib aralashib, qorishib borgan. Har bir xalq o’zining etnik tarixi, 

etgenezi  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo’lishga  intiladi.  Har  bir  halq  dastavval  urug’ 

jamoasiga birlashganlar. So’ngra urug’lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib esa elatni 

tashkil  qilganlar.  Etnogenez  (etnos  yunon  tilida  xalq,  genezis-  kelib  chiqish)  deb  ilgari 

mavjud  bo’lgan  bir  necha  etnik  komponentlar  asosida  yangi  etnosning  vujudga 

kelishigaaytiladi. O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari saklar, massagetlar, 

toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar qang’arlar, so’g’diylar xorazmiylar haqida ko’plab 

ma’lumotlar 

B.A.Ahmedov, 

M.Ermatov, 

 

M.G.Vahobov, 



A.A.Asqarov, 

G’.Abdurahmonov kabi tarixchi olimlar asarlarida o’zbek xalqining etnogenezi va etnik 

tarixi  haqida  masalalar  turlicha  o’rganiladi.Masalan,  B.Ahmedovning  bir  qator  ilmiy 

asarlarida o’zbek ajdodlari qadim zamonlardan O’zbekiston hududlarida yashaganliklarini, 

XV1 asrning boshlarida bu hududga kelib hukmronligini o’rnatgan ko’chmanchi o’zbeklar 

o’zbek  halqining  tarikibiy  qismidan  biri  bo’lganligini  ta’kidlaydi.  Sharqshunos  olim 

o’zbek  xalqining  to’la  shakllangan  vaqtini  “Qoraxoniylar  davrida  (10-11)  asrlar  o’zbek 

xalqi to’la shakllanib, ijtimoiy, iqtisodiy  va madaniy jihatdan rivojlanadi” deb ta’kidlaydi. 

Akademik  A.Asqarov  bu  masala  bo’yicha  manbalarga  asoslangan  holda  o’zbek  xalqi 

etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlarida boshlangan. Milodiy 6 asrning ikkinchi 

yarmidan  o’zbek  etnogenezining  ikkinchi  davri  boshlangan,  XIV-XV  asrlarda  esa  bu 

jarayonnning yangi taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi. 

G’.Abdurahmonov,  SH.Shukurovlarning  birgalikda  chop  etilgan  “O’zbek  tilining 

tarixiy grammatikasi”  asarlarida o’zbek xalqining shakllanish davri 11-15 asrlar deyilgan 

bo’lsa G’.Abdurahmonovning keyingi ishlarida o’zbek xalqining shakllanish nihoyasi 11-

12 asrlarga to’g’ri keladi deb turlicha fikr-mulohazalarni beradi. 

So’zsiz,  xalqning  chiqib  kelish  ildizi  juda  uzoq  va  etnogenezini  katta  tarixiy  davr 

ajratib turadi. Bu davr ichida ma’lum hududda bir emas bir necha etnoslar tashkil topgan. 

Ilk elatlar doimiy emas, ular  yemirilib, o’rnida boshqa elatlar vujudga keladi. Markaziy 

Osiyoda  birin  ketin-  tashkil  topgan  elatlar  ham  oz  bo’lmagan.  O’zbek  elati  ham  shu 

hududda  shakllanadi.  Yuqorida  keltirilgan  fikr-mulohazalardan  ko’rinadiki,  o’zbek 

xalqining etnogenezi masalalari bo’yicha olimlar o’rtasida turli fikrlar mavjud.  

Avvalo shuni ta’kidlash o’rinliki, o’zbeklar O’rta Osiyoning qadimgi halqlaridan biri 

bo’lib, ko’hna va boy tarixga, yuksak madaniyatga ega halq hisoblanadi. Demakki, o’zbek 

halqi  millat  maqomini  olgunga  qadar  uzoq  etnik  jarayonlarni  bosib  o’tgan.  Bu  halq 

ajdodlari urug’, qabila, elat sifatida tarkib topib, so’ngra millat darajasiga ko’tarilgan. Har 

bir  halq  dastavval  urug’  jamoasiga  birlashganlar.  So’ngra  urug’lar  birlashib  qabilani, 

qabilalar birlashib esa elatni tashkil qilganlar. Ko’plab halqlar tarixning turli bosqichlarida 

qabila yoki elat darajasiga ko’tarilgach tarqalib ketganlar. Bir qator halqlar esa  asta-sekin 

millat darajasiga rivojlanib chiqqan.  




Urug’,  qabila,  elat  va  millat  etnosning  (halqning)  tarixan  tarkib  topgan  etnik 

birliklaridir.  Shu  yerda  yuqoridagi  har  bir  etnik  birlik  tushunchasiga  ba’tafsil  to’xtalib 

o’tamiz. 

Urug’-kishilarning  eng  qadimgi  etnik  birligidir.  U  qarindoshchilik  asosida  tashkil 

topadi.  Bir  necha  ota-onadan  tarqalgan  avlodlar  o’zaro  urug’lar  hisoblanadi.  Kishilik 

jamiyatining  ibtidoiy  gala  davridan  keyingi  bosqichi  ya’ni  quyi  poleolitdan  yuqori 

poleolitga o’tish davrida urug’ jamoalari shakllangan. Urug’chilik qon-qarindoshchilikka 

asoslangan  bo’lib,  har  bir  urug’  odamlari  bir-birlari  bilan  xo’jalik  va  ijtimoiy  jihatdan 

o’zaro bog’liq bo’ladi.  




Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling