3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
O’zbekistonning milliy mustaqillik davridagi etnik holati va bu sohadagi
Download 328.04 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
7. O’zbekistonning milliy mustaqillik davridagi etnik holati va bu sohadagi o’zgarishlar. O’zbekistonning milliy mustaqilligining qo’lga kiritilishi o’zbek xalqining tarixiy taqdiriga tub burilish yasash barobarida, uning tom ma’nodagi erkinligi, ozodligi va mustaqilligini ta’minlab, ijtimoiy taraqqiyotning keng istiqbolli yo’llariga olib chiqdi. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat bo’lganligi bois ham milliy masalani oqilona hal etish uning demokratik rivojlanish yo’llaridan ilgarilab borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab respublikada istiqomat qiluvchi barcha millat va elat kishilarining milliy tili, madaniyati, adabiyoti, san’ati, urf-odatlari, rasm-rusmlari an’analarini avaylab saqlash ularni jonlantirish va yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Mazkur elat va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda hal etish va bu ishlarni yuksak darajada tashkillashtirish uchun milliy madaniyat markazlari tuzilib, faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirida respublikada 100 dan ortiq shunday markazlar mavjud bo’lib, ular bu borada to’laqonli ish yuritmoqdalar. Hozirda respublikamizning ko’pgina maktablarida boshqa ta’lim tizimlarida o’qishlar rus, qozoq, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq va boshqa tillarda tashkil etilgan. Shuningdek ayni bu tillarda vaqtli matbuot nashlari ham chop etilmoqda. Turli tillarda radio, televideniya eshittirishlari muntazam namoyish etilmoqda. Bizkim, o’zbeklar bir irqiy guruhga mansub turkiy qabilalar uyushuvi, qo’shilivi va singishuvidan shakllangan xalqmiz. Asosan turkiy qon jo’sh urib turgan tomirlarimizda asrlar davomida bordi-keldi quda-andachilik qilib kelayotgan qo’shni xalqlarning, shuningdek, uzoq-yaqindan turli ilinj va maqsadlar bilan yurtimizga kelib qolib ketgan, xalqimiz bag’riga singishib ketgan odamlarning ham qoni bor, albatta. Dunyoda qoniga boshqa qon qo’shilmagan, mutlaqo o’z qoniga ega birortayam xalq bo’lmasa kerak. Hammamiz ham eng avvolo shu rub’i maskan- Yer farzandimiz, keyin o’z yurtlarimizning fuqarolari bo’lamiz. Hozirgi kunda yer yuzida 30 dan ortiq turkiy xalq va elatlar bor. Bular: o’zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz, turkman, uyg’ur, tatar, boshqird, qoraqalpoq, yoqut, chuvash, xakas, gagauz, karaim, oltoy, qo’miq, no’g’oy, qirim, bolqor va boshqalardir.Ularning ko’pchiligi musulmon dinidadirlar Turkiy xalqlarning turmush tarzlari ham an’anaviy kasbkorlari ham xilma-xildir, o’troqlashish jarayonlari turli davrlarda kechgan, hamon ko’chmanchi turmush tarzida davom etayotganlari ham bor. Masalan, yoqutlarning bug’uchilik bilan shug’ullanayotgan muayyan qismi hamon ko’chmanchi tarzda umr kechiradilar. Bu iqlim sharoiti bilan bog’liqdir. Bugungi ma’lumotlarga qaraganda barcha turkiy xalqlarning umumiy soni 280 mln. Kishidan ortiq bo’lib, shundan yettidan bir qismini, taxminan 40 mln.dan oshig’ini o’zbeklar tashkil kiladi. Download 328.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling