3-máruza. Alkenlar


Download 72.58 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi72.58 Kb.
#1831265
1   2   3
Bog'liq
3-m ruza. Alkenlar

Fizik xossalari. Etilen - rangsiz, hidsiz, havodan biroz yengil gaz. Suvda yomon eriydi. Propen va butenlar ham normal sharoitda gaz holatida bo‘ladi. Butendan keyingi vakillari suyuqlik, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Etilen va uning gomologlari asosiy kimyoviy xossalari ulaming qo‘shbog‘lari bilan bog‘liq. Ular qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga oson reaksiyaga kirishadi. Ayniqsa, birikish reaksiyalari alkenlar uchun o‘ziga xos hisoblanadi.

  1. Gidrogenlash reaksiyasi. Alkenlar yuqori temperaturada katalizator ish- tirokida qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga gidrogenlash reaksiyasiga kirishadi:

CH2=CH2 + H2 ►CH3-CH3

  1. Galogenlash reaksiyasi. Alkenlar qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga galo- genlash reaksiyasiga ham kirishadi. Masalan, etilenga bromli suv ta’sir ettirilsa, etilen bromli suvni rangsizlantiradi. Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning dibromli birikmalari hosil bo‘ladi:

CH2=CH2 + Br2 ►СН2Вг—CH2Br

  1. Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlami ham biriktirib olishi mumkin:

CH2=CH2+HBr ►СНз—CH2Br
Propilendan boshlab vodorod galogenid birikishi biroz farq qiladi. Bunda reaksiya Markovnikov qoidasiga asosan boradi. HBr dagi vodorod qo‘shbog‘ saqlagan uglerodlardan ko‘proq gidrogenlanganiga, brom esa kamroq gidro- genlanganiga birikadi.
CH2=CH- CH3+ HBr ►СНз—CH(Br)-CH3

  1. Alkenlar molekulasidagi qo‘shbog‘ hisobiga oksidlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Etilen kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlanganda ikki atomli spirt-etilenglikol hosil bo‘ladi:

3CH2=CH2 + 2KMnO4 + 4H2O ►ЗСН2— CH2 + 2MnO2| + 2K0H
OH OH qora

  1. Etilen va propilen polimerlanish reaksiyalariga kirishadi. Polimerla- nish - bu bir xil molekulalaming o‘zaro birikib, yirik molekula polimemi hosil qilish reaksiyasidir. Etilenning polimerlanishini quyidagicha yozish mumkin:

nCH2=CH2 ► (-CH2-CH2-)n
politilen
n - polimerlanish darajasi. Bu yerda etilen monomer, polietilen polimer hisoblanadi.
Alkenlar ftor, xlor, brom, yod bilan oson reaksiyaga kirishadi. Ftor reaksiyaga shiddatli kirishadi, hatto portlash roy berishi mumkin. Yod bilan reaksiya sekin boradi. Bromlash alken molekulasida qo’sh bog’ borligini isbotlash uchun sifat reaksiya hisoblanadi. Reaksiyada bromning rangi o’zgaradi:

Alkenlar H-elektrofilar bilan oson reaksiyaga kirishadi. Nosimmetrik alkenlarga H-X birikkanda vodorod vodorodi ko’p uglerod atomiga, galogen esa vodorod kam uglerod atomiga birikadi (Markovnikov V.V.):

Reaksiya ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda proton alkenga birikadi va ikkilamchi karbokation hosil bo’ladi:

Ikkinchi bosqichda nukleofil bilan ta’sirlashadi va reaksiya mahsulotini beradi:

Peroksidlar ishtirokida HBr propilenga teskari birikadi (Karash effekti):


Download 72.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling