83
- Detalni tayyorlash uchun qо‟yilgan texnik talablari, bunga еsa ishlov berish
aniqligi, yuza sifatini, va shuningdek asosiy talablar (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov
berish sharti, balansirlash, og‟irligi bо‟yicha moslashtirish va boshq.) lar kiradi.
- Vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (detallar soni).
- Berilgan dasturdagi detallarni ishlab chiqarish muddati (umumiy holda yil bilan
kо‟rsatiladi) yoki vaqti.
Texnologik jarayon mavjud yoki rekonstruksiyalashtiriluvchi zavodlar uchun
loyihalansa, zavodda mavjud bо‟lgan jihozlarning soni, maydoni va boshqa ishlab
chiqarish sharoitlari tо‟g‟risida ma‟lumotlarga еga bо‟lish kerak.
Texnologik jarayon loyihalashda: ma‟lumotnomalar va normativ materiallar;
kataloglar va jihozlarning pasportlari; moslamalar alьbomi; GOST lar va keskich,
о‟lchagich asboblar uchun normallar, aniqlik normativi, g‟adir-budirlik, qо‟yim
hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni normalash normativlari; tarifli-
malakaviy ma‟lumotnomasi va boshqa yordamchi materiallardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: