3 mundarija


partiya miqdori belgilanadi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.


partiya miqdori belgilanadi. 
       Yirik  va  murakkab  detallar  uchun  partiya  miqdori  ikki  haftalik  rejaga,  о‟rtachasi 
uchun  bir  oyga  teng  qilib  olinishi  mumkin.  O‟rnatilgan  partiyaning  miqdoriga 
keyinchalik texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatiщlar kiritiladi. 
 
6. Texnologik jarayonni ishlab chiqish uslubi 
          
Texnologik  jarayonlarni  loyihalash  vazifasi  kо‟p  variantli  turli  echimlarga  еga. 
Hatto bitta oddiy berilgan detalь uchun bir-nechta variantda texnologik jarayon loyihasi 


84 
 
yaratilishi  mumkin.  Bu  yaratilgan  loyihalar  texnik  talablarini  qondirishi  ham  mumkin. 
Bularni  еffektivliligini  va  rentabelliligini  solishtirib  teng  baholi  bitta  yoki  bir-nechta 
variantini tanlab olinadi. 
         Texnologik  jarayonlarni  loyihalash  murakkab  va  ish  hajmining  og‟irligi  bilan 
ajralib turadi. Boshqa turli loyihalarga о‟xshash texnologik jarayon loyihalash ham bir-
necha  еtaplarni  о‟z  ichiga  oladi.  Boshida  texnologik  jarayonning  dastlabki  varianti 
tuziladi,  keyingi  еtaplarda  texnologik  hisoblashlar  asosida  aniqlanib  konkretlashtiriladi. 
Boshlang‟ich  yaratilgan  texnologik  jarayon  ketma-ket  aniqlanishi  natijasida  oxirgi 
tugallangan  varianti  yaratiladi.  Tо‟g‟ri  natijaga  bir-necha  marta  urinib  aniqlashlardan 
keyingina yaqinlashiladi. Texnologik jarayonning qanchalik chuqur va tо‟g‟ri tuzilganligi 
ishlab chiqarish turiga bog‟liq bо‟ladi. 
         Ommaviy  ishlab  chiqarishda  texnologik  jarayon  mahsulotning  (buyumning)  har 
bir detali uchun puxta va batafsil ishlab chiqiladi. 
         Yakkalab  ishlab  chiqarishda  qisqartirilgan  texnologik  jarayon  ishlab  chiqish 
bilangina  cheklaniladi,  chunki  bu  sharoitda  batafsil  ishlab  chiqish  iqtisodiy  jihatidan 
о‟zini  oqlamaydi.  Murakkab  va  qimmat  baho  detallar  bundan  istisno,  ayniqsa  og‟ir 
mashinasozlikda. Bunday detallar uchun texnologik jarayon batafsil ishlab chiqiladi. 
         Seriyalab  ishlab  chiqarish  sharoitida  turli  mahsulotlar  ishlab  chiqilishi  sababli 
kо‟pincha  guruhli  texnologik  jarayonlar  yaratiladi.  Shuningdek  kam  miqdordagi  bir-
biriga о‟xshash tipdagi detallar uchun tiplashtirilgan texnologik jarayonlar yaratiladi. 
         Loyihalash  jarayoni  bir-biriga  bog‟liq  bо‟lgan  bir  qancha  еtaplarda  bajariladi. 
Bularga: 1.Detalning ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish. 2. 
Ishlab  chiqarish turini tanlash. 3.Tanavor  olish usulini tanlash va  ularga  texnik talablar 
о‟rnatish.  4.  Bazalar  tanlash.  5.  Detallarning  alohida  yuzalariga  ishlov  berish  uchun 
marshrut tanlash. 6. Detalga tо‟la ishlov berish marshrutini tuzish. 7. Amallar mazmunini 
birlamchi  belgilash.  8.  O‟tuvlararo  yoki  amallararo  qatlamlarni  hisoblash,  texnologik 
dopusklar  о‟rnatish  va  tanavorlarning  texnologik  о‟tuvlararo  (amallararo)  chegaraviy 
о‟lchamlarini  aniqlash.  9.  Amallar  mazmunlarini  aniqlab  olish  va  amallarni 
konsentrasiyalash  darajasini  aniqlash.10.Jihozlar,  moslamalar,  keskich  va  о‟lchagich 
asboblar  tanlash.11.  Ishlov  berish  rejimlarini  о‟rnatish.  12.Sozlash  uchun  muhim 
о‟lchamlarni  aniqlash.  13.Tanavorni  о‟rnatish  sxemasini  aniqlash  va  maxsus  moslama 
loyihalash  uchun  vazifa  tuzish.  14.Vaqt  normalarini  о‟rnatish  va  bajaruvchi  ishchilar 
malakaviy razryadlarini tayinlash. 15.Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirishlar kiradi.  

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling