3. Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar
Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar
Download 25.65 Kb.
|
norkoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq massaj
Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar. Narkoz berishning buzilishi, narkotiklar dozasining oshirilishi va boshqa sabablarga ko‘ra. narkoz berish vaqtida har xil asoratlar yuzaga keladi. Narkozning birinchi bosqichida qo‘rqish natijada psixik shok paydo bo’ladi, bu holat ba’zan bemorni hatto o‘limga olib kelad. Bu og‘ir asoratning oldini olish uchun bemorni operatsiyaga. ruhan tayyorlash lozim, uni tinchlatirish uchun 1 ml morfin ukol qilish yoki lyuminal ichirish kerak.
Qo‘zg‘alish davrida aksari bemor qusadi. Qusish ancha ancha xavfli hisoblanadi, chunki qusuq massalari nafas olish yo‘liga ketib qolib, odam bo‘g‘ilishi mumkin. Qusish ro‘y berganda darhol maskani olish va bemorning boshini yon tomonga burish kerak. Bemorning og‘zini ochib, sochiq yoki doka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini artib tozalash lozim. Bemor qusib bo‘lgandan keyin narkoz berish davom ettiriladi. 'Ko‘pincha pastki jag‘ni noto‘g‘ri ushlash. natijasida chuqur uyqu davrida til orqaga ketib qoladi. Muskullarning bo‘shashishi natijasida til halqumning orqa devoriga tomon harakat qiladi va hiqildoqqa kiradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Bu nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bo‘yindagi vena qon tomirlari bo‘rtib, bemor ko‘karib ketadi, qonning rangi o‘zgaradi, puls tezlashib ketadi. Bu asoratining oldini olish uchun bemorning pastki jag‘i oldinga tomon chiqariladi. Og‘zi og‘iz kengaytirgich _(rotorasshiritel bilan ochib qo‘yiladi va tili tiltutqich (языкодержатель) bilan tortib turiladi, shunda nafas olish yo‘li ochilib, bemor bemalol nafas ola boshlaydi Narkoz berish vaqtida nafas olishning -to‘xtab kolishi (asfiksiya) kabi hodisalar) juda og‘ir asoratlarga kiradi. Bundan hodisa ro‘y berganda darhol maskani olib. bemorga kislorod bera boshlash kerak. Teri ostiga 1 % ml lobelin eritmasi 1 ml miqdorda yuboriladi va tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishiladi. Sun’iy nafas oldirish maqsadida hozir Silvestr, Shefer, Lobardo, Ruben metodlaridan keng foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu quyidagicha bajariladi, bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi. sun’iy nafas oldiradigan odam bemorning bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh tomoniga keltiradi, bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi. Bemorning qo‘llarini tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga bosiladi va nafas chiqariladi. 'Bunday harakat ritmik ravishda minutiga 16-18 marta takrorlanadi va nafas olish yaxshilanguncha davom ettiriladi. A sfiksiya vaqtida Shefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor qorni bilan yotqiziladi. Yordam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari bilan bemor ko‘krak qafasining pastki qismni bosadi natijada bemor nafas chiqaradi. Ko‘krak qafasini bosish to‘xtatilgach, u asli holatiga qaytadi, nafas olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga ko‘tarish va uni kengaytirish nafas olish protsessini yaxshilashga yordam beradi. Bunda harakat minutiga 16-18 marta takrorlanadi. 1-rasm. Sun’iy nafas oldirish usullari: chapda — Silvestr usuli; o‘ngda — Shefer usuli: a — nafas olish; b — nafas chiqarish. Bemorning qovurg‘a, bilak va elka suyaklari, umurtqalari singanda Silvestr-Shefer usullaridan foydalanib bo‘lmaydi, chunki bunda singan sohada og‘riq kuchayadi va bemorning ahvoli yana ham og‘irlashib qolishi mumkin. Nafas olishning to‘xtashi ko‘pincha tilning orqaga ketib qolishi natijasida kelib chiqadi. Bunday hollarda Lobardo usulidan foydalanish yaxshi natija beradi: bemorning og‘zi og‘iz kengaytirgich bilan kengantiriladi, tili tiltutqich, salfetka yoki ligatura yordamida ushlab, ritmik ravishda tortib-tortib turiladi va bu o‘z navbatida nafas olishga yordam beradi. Sun’iy nafas oldirishning hozir qo‘llanilayotgan quyidagi usullari ko‘proq samara beradi. Ruben (aktiv) usuli sun’iy nafas oldirishning eng qulay usuli bo‘lib, u «og‘izdan-og‘izga» prinsipida olib boriladi. Buning uchun bemor chalqancha yotqiziladi, boshi bir oz orqaga egiladi. Yordam beruvchi uning yon tomonida o‘tirgan holda bemorning burnini qisib berkitib turib, uning og‘ziga bint yoki doka yopadi. Keyin og‘zi bilan bemorning og‘ziga qattiq puflaydi. Bu usul sun’iy nafas oldiradigan maxsus naycha yordamida bajarilsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Nafas olinadigan havoni «og‘iz-burunga» puflash. Bemorning boshi orqasiga engashtiriladi, pastki jag‘ini qo‘l bilan ko‘tarib, og‘zi yopiladi. Yordam beruvchi odam chuqur nafas oladi, bemorning burnini ro‘molcha (doka) orqali lablari bilan zich qamraydi va o‘pkasidan havo chiqaradi. Bu usulda sun’iy nafas oldirilganda zich rezinkadan tayyorlangan oddiy naychadan foydalanish mumkin, bu naychaning bir uchi burunning bir katagiga kiritiladi, ikkinchi katagi esa barmoq bilan berkitiladi. Naychaning erkin uchi og‘izga olinib, vaqt-vaqti bilan puflanadi. Sun’iy nafas oldirishni yurak vositalari (2 ml 25 %' li kordiamin eritmasi, 1 ml 10% li kofein eritmasi, 1 ml 5% li efedrin eritmasi muskul ichiga yoki. venaga yuboriladi, nafasni tiklaydigan dorilar: 1 mlssititon 1 ml 1% li lobelin) bilan qo‘shib olib borish kerak. Narkotiklarni ko‘p berib yuborish natijasida narkoz paytida yurak harakati to‘xtab qolishi mumkin. Ba’zi hollarda yurak ishi keskin buziladi, puls tez uradi, sust bo‘ladi, zo‘rg‘a bilinadi, keyin butunlay yo‘qoladi. Yurak to‘xtashi bilan nafas yuza, zo‘r-bazo‘r bo‘lib, oxirida to‘xtaydi. Bemorning rangi oqarib ketadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, yorug‘likka reaksiya bermaydi. Og‘zi ochilib, jag‘i pastga tushib ketadi. Yurak harakati sustlashganda, yaradan oqayotgan qon to‘xtaydi. yara quruq bo‘lib qoladi. Yurak harakati sustlashishining birinchi belgilari yuz berishi bilanoq narkoz berishni to‘xtatish, vena qon tomiriga yurak ishini yaxshilaydigan dorilar (strofantin va boshqalar), teri ostiga kofein va kamfara eritmalari yuborish zarur. Tezlik bilan sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish kerak. yurakka adrenalin eritmasini yuborish tavsiya etiladi. Yurak 2 xil usulda massaj qilinadi. Yopiq massaj usuli quyidagidan iborat: yurak sohasiga kaftni yoki qo‘l ustiga qo‘lni qo‘yib ritmik ravishda minutiga 70 martagacha bosiladi. Bu harakat yurak sohasini ritmik ravishda bosib-qo‘yib turishdan iborat bo‘ladi. Yurakni yopiq massaj qilish natija bermasa, u holda ochiq massaj qilish kerak. Bu usulni xirurg bajaradi. Bemorning qorin devori ochiq bo‘lsa, yurakni massaj qilishda xirurg qo‘lini qorin bo‘shlig‘iga tiqib, yurakni diafragma va ko‘krak devori orasida siqish yo‘li bilan massaj qiladi yoki bo‘lmasa ko‘krak qafasini tezlik bilan ochib, yurakni barmoqlar orasiga olib, minutiga 70 marta massaj qiladi. Yurak urishi yaxshilanib, bir me’yorda ura boshlagach, massaj qilish to‘xtatiladi. Kallistov metodida ximiyaviy zaharlanish o‘chog‘ida zaharlangan odamning protivogazini yechmasdan turib, • sanitariya nosilkasining tasmasi uzun sochiq yoki uzun tasmadan foydalanib, sun’iy nafas oldiriladi. Buning uchun zaharlangan odamning boshini bir tomonga qiyshaytirib, qorni bilan yotqiziladi, boshi tagiga biron yumshoq narsa (kiyimi) qo‘yiladi. Sanitar drujinachi uning bosh tomonida turib, tasmani kuraklar ustiga o‘yib, qo‘ltiq ostidan yuqoriga o‘tqazadi. Oldinga egilib, tasmaning uchlarini qo‘liga olib, qo‘lni egmasdan zaharlangan odamni ko‘targanda u nafas oladi, oldinga egilib, oldingi holatiga keltirilganda nafas chiqaradi.
Yosh bolalarda yurak tashqi tomondan ikkita barmoqning uchi bilan massaj qilinadi (turtki soni 100-120 bo‘lishi kerak), 10-12 yoshdagi bolalarda esa bundan massaj faqat bir qo‘l bilan bajariladi (turtki soni 70-80). Narkoz qaysi usulda berilishidan qat’i nazar, narkotizator stolchasini tayyorlab, bemor yotgan operatsiya stolining bosh tomoniga qo‘yadi. Stolchada quyidagilar: 2-3 flakon efir, efirni tomchilab quyish uchun maxsus shisha idish — kapelpitsa, tiltutqich, og‘iz kengaytirgich. sterillangan shpris va ninalar, koritsang, efir flakonini ochish uchun shtopor yoki pichoqcha, fonidoskop yoki stetoskop, sterillangan sharik va salfetkalar, qusishda ishlatiladigan idish, har xil qisqichlar, traxeotomik naychalar bo‘ladi. Bulardan tashqari, kamfara, kofein, lobelin, adrenalin, efedrin, strixnin, digalen eritmalari, vazelin hamda yostiqchalarda knslorod taxt turishi shart. Orqa miya orqali og‘riqsizlantirish. Oyoq suyaklari singanda, tos suyaklari sinib, ichki organlar shikastlanganda va boshqa hollarda operatsiya qilinganda bemor orqa miya orqali og‘riqsizlantiriladi. Bunday og‘riqsizlantirishni faqat narkotizator bajaradi. Buning uchun, odatda, uzunligi 10—12 sm bo‘lgan uchi o‘tkir charxlangan nina ishlatiladi. Og‘riqsizlantirish uchun 5% li novokain eritmasi ishlatiladi. Download 25.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling