3. O‘zgarmas tok elektr mashinalari O‘z- o‘zidan uyg‘otishli generatorlar
ya – yakordan iste’molchiga oqadigan tok: I
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Transformatorlar
ya
– yakordan iste’molchiga oqadigan tok: I ya = 𝑬 𝑹 𝒚𝒂+ 𝑹 𝒚𝒖 bunda 𝑅 𝑦𝑎 - yakor chulg‘ami qarshiligi; 𝑅 𝑦𝑢 -yuklama qarshiligi Demak o‘zgarmas tok generatorining yakori xosil qilgan mexanik quvvat yakor chulg‘amidagi tok va EYUK ko‘paytmasiga teng ekan. O‘zgaruvchan tok mashinalari-dvigatellar va generatorlar ikki katta guruxga bo‘linadilar,ya’ni asinxron mashinalar va sinxron mashinalar . Asinxron o‘zgaruvchan tok mashinalarida aylanuvchan magnit maydon aylanish chastotasi xarakatlanuvchi qism (rotor) aylanish chastotasidan mashinada sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar xususiyatlariga bog‘liq xolda farq qiladi. Sinxron o‘zgaruvchan tok mashinalarida esa rotorni aylanish chastotasi aylanuvchi magnit maydoni aylanish chastotasiga teng bo‘ladi. Fazalar soniga bog‘liq xolda o‘zgaruvchan tok mashinalari uch va bir fazali bo‘ladi. Barcha elektr mashinalari kabi o‘zgaruvchan tok mashinalari xam qaytuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib xam dvigatel xam generator bo‘lib ishlay oladilar. Ammo sinxron , uch va bir fazali asinxron o‘zgaruvchan tok mashinalari ayrim xususiyatlarga ega bo‘lganligi bois ularni qo‘llash soxalari aniq belgilangan. Masalan, uch fazali mashinalar iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganlagi bois bir fazalilarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. SHuningdek, sinxron mashinalar esa asosan generator sifatida ishlatiladi (barcha zamonaviy elektrostansiyalar ular bilan jixozlangan) sinxron dvigatellar esa ishlab chiqarishda kam uchraydi. Uch fazali asinxron elektrodvigatellar xozirgi kunda sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi elektr qurilmalari va jixozlari uchun asosiy xarakat manbai bo‘lib qolmoqda. O‘zgarmas tok va sinxron elektrodvigatellari esa juda kam xollarda qo‘llaniladi. Ko‘pchilik xollarda ishchi mashinalarda qisqa tutashtirilgan rotorli uch fazali elektrodvigatellar qo‘llaniladi.Bunday elektrodvigatellar faza rotorli elektrodvigatellrga nisbatan soddaroq tuzilishga ega, narxi arzon , bikirligi yuqori , oson boshqariladi, ish jarayondagi ko‘rsatkichlari yuqoriroq (quvvat koeffitsienti va foydali ish koeffitsienti). Qisqa tutashtirilgan elektrodvagatellarini kamchiligiga ularni yurgizish tokini nisbat kattaligidir. CHegaralangan quvvatli elektr stansiyalari va nimstansiyalarda ularni ishga tushirishda tarmoqda sezilarli kuchlanish pasayishi kuzatiladi va bu xolat ushbu dvigatelni o‘ziga xam, qo‘shni iste’molchilar ishiga xam murakkablik keltiradi. Qisqa tutashtirilgan rotorli elektrodvigatellarni yurgizib yuborish uchun ta’minlovchi tarmoq quvvati etarli bo‘lmagan xollarda faza rotorli elektrodvigatellarni qo‘llash tavsiya etiladi. Sinxron generatorlar sanoatda keng ishlatiladi. Elektr energiyasi sinxron generatorlarda xosil qilinadi. Bunda birlamchi dvigatel sifatida gidravlik dvigatel bug‘ turbinalari yoki ichki yonuv dvigatellari ishlatilishi mumkin. Sinxron generatorlarda tok chastotasi va aylanish chastotasi quyidagicha bo‘ladi: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling