3. O‘zgarmas tok elektr mashinalari O‘z- o‘zidan uyg‘otishli generatorlar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1403883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu Transformatorlar

3.Sinxron dvigatellar 
Sinxron mashinalar boshqa xar qanday elektr mashinalari kabi xam generator, xam dvigatel 
sifatida ishlay oladi.Elektr mashinasining bu xususiyati uning qaytaruvchanligi deb kiritiladi. 
SHuning uchun sinxron dvigatel bilan sinxron generator tuzilishlari orasida prinsipial farq yo‘q. 
Sinxron dvigatellar rostlanmaydigan o‘zgarmas tok generatorlari,markazdanquma va 
parshenli suv so‘rg‘ichlar, komiressorlar, shamollatgichlar, gaz va xavo xaydagichlar turli 
ko‘rinishdagi tegirmonlar, maydalagichlar, qaychi va arralar, prokat stenlari va shunga o‘xshash 


elektr yuritmalarida keng qo‘llaniladi.SHuningdek,boshqariluvchi muftalar bilan birgalikda tezligi 
rostlanadigan elektr yuritmalarda, masalan burg‘ulash qurilmalarida xamular keng tarqalgan. 
Dvigatel statoriga uch fazali chulg‘am joylashtiriladi.Agar bu chulg‘am uch fazali 
o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulansa, minutiga aylanishlari soni quyidagicha bo‘lgan aylanuvchi
magnit maydon xosil qiladi. 
𝒏
𝟏
=
𝟔𝟎𝒇
𝒑
. 
Dvigatel’ rotoriga uyg‘otash chulg‘ami joylashtiriladi,bu chulg‘am esa o‘zgarmas tok 
manbaiga ulanadi. Uyg‘otish toki qutiblarda magnit oqim xosil qiladi.Stator chulg‘amidagi toklar 
xosil qilgan aylanuvchi magnit maydonni o‘z ketidan rotor qutiblarini ergashtirib,uni xam 
aylantiradi.Bunda rotor faqat sinxron chastota bilan,ya’ni stator maydonning aylanish chastotasiga 
teng bo‘lgan chastota bilan aylana oladi. Demak,sinxron dvigatel’ chastotasi o‘zgarmas 
chastotadir.SHunday qilib, tarmoqdagi tok chastotasi o‘zgarmas bo‘lsa, sinxron dvigatelning 
aylanishlar soni,albatta,o‘zgarmas bo‘ladi. 
Sinxron dvigatelinig asosiy afzalligi shundaki,u ilgarilama tokni iste’mol qilib oladi.Bunday 
dvigatel’ tarmoq uchun sig‘imli nagruska bo‘lib qoladi.Divigatel’ boshqa energiya 
iste’molchilarinig reaktiv quvvatini kompensatsiya qilgan xolda ,butun korxonaning quvvat 
koeffitsentini oshorish mumkun. 
Sinxron divigatelning tarmoqdagi tokni iste’mol qilishi mumkinligi uni kompensator
sifatida ishlatish imkonini beradi.YUqorida aytib o‘tkanidek,sinxron divigatel’ tashqi zanjir uchun 
kompensator 
bo‘la 
oladi 
va 
boshqa 
iste’molchilarning 
reaktiv 
quvvatlarini 
kompensatsiyalab,butun energoqurilmaning so sini oshiradi. 
Kompensator sifatida ishlaydigan sinxron divigatel’ nagruzkasiz ishlaydi va korxonaning 
quvvat koeffitsientini oshirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.SHunday qilib,kompensator reaktiv quvvat 
generatori bo‘lib qolishi mumkin. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling