O‘lchovtokvakuchlanishtransformatorlari o‘zgaruvchan tok zanjirlarida o‘lchov
asboblari (ampermetr, voltmetr, vattmetr, xisoblagich - schetchik va boshqalar) o‘lchash
chegarasini oshirish xamda xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
O‘lchov transformatorlari graduirovkasida transformatsiyalash koeffitsenti xisobga olingan
asboblar bilan xam ishlatilishi mumkin yoki o‘lchayotgan kattalikni xaqiqiy qiymatini topish
uchun transformator pasportida ko‘rsatilgan transformatsiya koeffitsientiga kuchaytirish kerak
bo‘ladi.
O‘lchov kuchlanish transformatorlari tarmoqqa parallel, o‘lchov tok transformatorlari esa
ketma-ket ulanadi.Eslatib o‘tish joizki, o‘lchov tok transformatorlarini normal ish rejimi “qisqa
tutashuv” xisoblanadi.SHuning uchun uni chulg‘amlari ishlash davomida o‘lchov asbobiga
ulangan bo‘ladi yoki qisqa tutashtirib qo‘yish lozim. Aks xolda unda xosil bo‘lgan yuqori
kuchlanish uni ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: