Sh.M.Mirziyoyev
Yurtboshimiz bekorga ta’lim va tarbiyaga urg‘u bermaganlar. Ta’lim va
tarbiyaning asosiy bo‘g‘inlaridan biri esa umumta’lim maktablarining boshlang‘ich
sinflaridir.
Boshlang‘ich ta’lim o’qituvchilari interfaol usullardan, ta’lim usullaridan,
interaktiv metodlardan foydalanishi, ta’lim jarayoniga kreativ yondashish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib, turli xil yondashuvlar orqali
muammoning yechimlariga erishilmoqda. Xuddi shunday muammolardan biri
bilimida bo‘shlig‘i bor o‘quvchilar bilan ishlash.
Mavzuning dolzarbligi
O‘quvchilarni fanlardan mantiqiy fikrlashi, tezkor va hozirjavob bo‘lishi
bizning yutuqlarimizdan biridir. Biz o‘qituvchilar ko‘proq mana shunday bolalar
bilan ish olib borsak, ta’lim va tarbiyaning sifati hamda samaradorligi yuqori
bo‘lishiga erishamiz. Bunda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,
darslarni interfaol metodlarni qo‘llash orqali mustahkamlash, mantiqiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish, fan asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlarini
hamda bilish faolliklarini oshirish. Pedagog xodimlarning mantiqiy fikrlovchi
o’quvchilar bilan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkillashda texnologiyalaridan
samarali foydalanishini yo‘lga qo‘yish.
Mavzuning maqsadi va vazifalari
O‘qituvchi ijodiy individualligini yuzaga chiqarish, o‘quvchilarda ijodiy
qobiliyatlarini aniqlash va shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarini
yangi vaziyatlarda mustaqil qo’llay olish malakalarini rivojlantirish, interfaol va
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanib, o‘quvchilarning mantiqiy va
tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, muloqot qila olish, jamoada ishlay olish
kompetensiyalarini shakllantirish.
Mantiqiy fiklashga o`rgatish y o‘ l l a r i;
Do'stlaringiz bilan baham: |