3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 119 1. O‘qituvchilar uchun murakkab, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzular bo‘yicha metodik tavsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarini tuzish; 2. Darslarga qo‘llaniladigan interfaol usullardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatish(ochiq darslarda) 3. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘llash bo‘yicha ochiq darslar uyushtirish; 4. Ota-onalarning farzandlarini o‘zlashtirishdagi ta’sirini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish; 5. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning saviyasini oshirish; 6. O‘quvchilarni test bilan ishlash malakasini oshirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar berish; 7. O‘quvchilarni fan to‘garaklariga jalb etish, qo‘shimcha mashg’ulotlarni tashkil etish 8. O‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirish maqsadida o‘quvlar tashkil etish. Ta’lim jarayonida mantiqiy fiklay oladigan o‘quvchilar bilan ishlashda turli xil usullar yaratilmoqda. Men ham ushbu jarayonda o‘quvchilarni bilimini oshrish maqsadida sizlarga „PINBORD“ metodidan foydalanish haqida ma’lumot beraman. Pinbord so‘zi (inglizchadan: pin-mustahkamlash; board- doska) degan ma’noni anglatadi. Bu o‘qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suhbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari- rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalar: o‘quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakillanadi, o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bu usul aqliy hujum usullaridan biridir. Muammo bo‘yicha barcha g‘oyalar doskaga yopishtirilgan alohida varaqlarga yoziladi. Ikkinchi bosqichda esa sinflar turli mezonlar bo‘yicha bo‘linadi, saralanadi va doskaga ketma-ket taqsimlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling