3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 114 imperiyaga hujumlari ko’paydi. German qabilalarida urug’chilik tuzumining yemirilishi va qabilalar ittifoqiga birlashishi germanlarni jipslashishiga va katta kuchga aylanishiga olib keldi. Varvarlarning bostirib kirishidan imperatorlar doim qo’rquvda yashar edilar. IV asrga kelib butun german qabilalari harakatga kela boshladi. Ayniqsa gotlar Rimning eng xavfli raqibi edi. Gotlar sharqiy german qabilalaridan biri bo’lib, tarixchi Iordan bergan ma’lumotlarga ko’ra gotlarning vatani Skandinaviya yarimorolidir. Ammo vaqtlar o’tib ular vatanlarini tashlab janubga tomon harakatlana boshlaydi. Qora dengizning shimoliy qismigacha siljib keldilar va tobora g’arbga tomon harakatlanaverdilar. Tarixchilar bunga sabab sifatida quyidagi ikkita holatni ko’rsatadilar.: Birinchidan aholi sonining o’sishi natijasida yangi yerlarga bo’lgan talabning oshishi; Ikkinchidan sharqdan kelgan xunnlarning hujumlari tufayli. Gotlar Qora dengiz bo’yiga o’rnashishi natijasida ular o’troq turmush tarziga o’ta boshladilar. Gotlar boshqa german qabilalari kabi hayvon terisidan kiyim kiyishar va tug’ma jangchilar edi. Xunnlar istilosi tufayli gotlar ikki qismga: vestgotlar (g’arbiy) va ostgotlar (sharqiy)larga bo’linib ketdi. Ostgotlar xunnlar bilan 375-yil to’qnashuvi natijasida mag’lubiyatga uchraydi va ular xunnlar tarkibiga singib ketadi. Ammo vestgotlar Rim uchun anchayin kuchli dushman edilar. Yaxshi harbiy ta’lim ko’rgan Rim legionerlarini gotlar qo’qqisdan qilgan hujumlari bilan vahimaga solar, ularni talar, qishloqlarga o’t qo’yar o’rmon ichkarisiga g’oyib bo’lardilar. Ostgotlarning xunnlardan yengilishi vestgotlarni sarosimaga solib qo’yadi. Ularni Rimdan yordam so’rashga majbur qiladi. Rim imperatorlari esa germanlarning imperiyaga ko’chib kelishidan manfaatdor edilar. Chunki ular xazina uchun soliqlar to’lar va imperiya hududida yashayotganliklari uchun yollanma qo’shin sifatida Rimning legionlarini to’ldirar edi. Imperiya chevaralarini qo’riqlash vazifasi ham vestgotlarga yuklatilgan edi. Evaziga imperatorlar ularga oziq-ovqat berib turishi kerak edi. Ammo Rim ma’murlari gotlarga berilishi kerak bo’lgan oziq-ovqatlarni bermas, juda qimmat narxga sotar, hatto bolalarga almashtirar edi. Bu esa gotlar orasida ocharchilik yuzaga kelishiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling