3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 112 “Varvar” atamasi turli lug’atlarda, adabiyotlarda turli ma’noda keladi: Yirtqich, ibtidoiy holatdagi madaniyatsiz odam; Madaniyatsiz, estetikadan yiroq odam; Filist – intellektual va qadriyatlarga befarq bo’lgan odam; Chet ellik; “Barbaros” – “xirillagan” – onomatopoeik ma’nosida keladi; * Majoziy ma’noda o’ta shavqatsiz, vahshiy, qoloq; German qabilalariga nisbatan bunday munosabat garchi nurab borayotgan bo’lsada rimliklar o’zlarini o’ta madaniyatli va barchadan ustun sifatida hisoblashlari oqibatidadir. Ammo hozirga kelib, varvar atamasi ayni ma’nosidan ancha yiroq: zo’ravon, madaniyatsiz odamlar guruhining a’zosi, qo’pol va o’qimagan odam yoki vahshiy ma’nosida ishlatiladi. Hozir bu so’zni dastlab qo’llanila boshlagan davrdagi ma’nosi bilan taqqoslaydigan bo’lsak, ma’no jihatdan o’zgarishlarga uchraganini ko’ramiz. Asosiy qism. G’arbiy Rim imperiyasining shimoliy va shimoliy-sharqiy qismida yashayotgan, rimliklar tomonidan varvar deya sifat berilayotgan german qabilalari ko’chmanchi tarzda kun kechirardilar. IV asrning ikkinchi yarmidan boshlab german qabilalarining faollashib qoladi, o’z yerlarini tark etib, G’arbiy Rim imperiyasi hududlariga ko’cha boshlaydilar. Buning esa o’z o’rnida bir qancha sabablari bor edi. Birinchidan, milodiy II asr oxiri III asr boshlariga kelib Rim endi avvalgidek qo’shnilarini dahshatga soladigan qudratli davlat bo’lmay qoldii. Deyarli barcha sohalardagi rivojlanishlar, imperatorlarning zafarli harbiy yurishlari to’xtadi. Hatto Rimning o’zida taxtni boshqarishga qodir munosib voris yo’q edi. Natijada imperiyaning boshqa hududlaridan kishilar taxtga o’tqazila boshlandi. Imperator Adrian (117-138) Rimdan tashqarida Ispaniyada tug’ilgan. 138-161-yillarda hukumronlik qilgan Antonin Galliyalik edi. Senat esa tobora muhojirlar bilan to’lib borardi. Ikkinchidan, milodiy 212-yil imperator Karakalla tomonidan chiqarilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling