3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

 
 


www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 111 
Varvarlar va Rim inqirozining sabablari. 
Solayev Jamshidbek Rustamovich 
Xorazm viloyati Gurlan tumani 42 - AFCHO'I maktabi Tarix fani 
o'qituvchisi. 
Babajanov Xursandbek Davlatboy o'g'li 
Xorazm viloyati Gurlan tumani 41-maktabi Tarix fani o'qituvchi. 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada varvarlar atamasining kelib chiqishi va uning 
mohiyati ochib berilgan. Rim imperiyasi inqirozi va buni yanada tezlashtirgan 
german qabilalari tomonidan imperiyaning zabt etish uchun dastlabki harakatlari 
haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar: varvar, german qabilalari, Rim imperiyasi, gotlar, inqiroz.  
Kirish. Varvarlar haqida ilk ma’lumotlarga qadimgi dunyo tarixiga oid 
manbalarda duch kelish mumkin. Bu manbalarning deyarli barchasida varvarlarga 
berilgan ta’rif bir xilligi bilan ajralib turadi. Yagona xoslik varvarlarga “vahshiy”, 
“yovvoyi” sifatlaridir. Xo’sh, aslida varvarlar kimlar? 
Varvar – yunonlar va rimliklarga noma’lum tilde so’zlashuvchi barcha 
xalqlarga nisbatan ishlatiladigan sifat. V asrdan boshlab G’arbiy Yevropada Reyn 
va Elba daryolarining havzasida yashovchi german qabilalari tomonidan G’arbiy 
Rim imperiyasi hududiga uyushtirgan ko’plab hujumlari natijasida rimliklar 
tomonidan ularga nisbatan “varvarlar” atamasi haqoratli so’z sifatida ishlatila 
boshlaydi. Bu tabiiy hol edi. Chunki, o’zlarining madaniyatlarini barcha xalqlardan 
ustun qo’yadigan rimliklar uchun ko’chmanchi tarzda kun kechiradigan germanlar 
vahshiyning ayni o’zi edi.  
Ammo keyichalik varvar atamasi tarixchilar tomonidan faqat german 
qabilalariga nisbatan qo’llanila boshlandi.  
“Varvar” atamasi (yoki barbar) yunoncha “barbarian” (yunon bo’lmagan, 
begona) so’zidan olingan bo’lib, yunonlar o’zlariga notanish tilda so’zlashadigan 
barcha chet elliklarga nisbatan qo’llanilagan. Jumladan, misrliklar, forslar va 
boshqa barcha hududlar aholisini tasvirlash uchun ishlatilgan.  



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling