Тасб
К taъм = ------------ 100%
То
Bunda:
Тасб -uskunalar bilan bajariladigan ishlarning mehnatsarfliligi, odam/kun;
То - ishlarning umumiy mehnatsarfliligi, odam/kun.
Ish joylari uskunalar bilan ta’ minlanganlikdan tashqari yaxshi rejalashtirilgan boiishi kerak, unda mehnat uchun ishlatiladigan barcha ish uskunalari qulay joylashgan boiishi zarur, ishchi joyda turib ulardan foydalana olishi lozim.
Shahar xo‘jaligi uchun ko‘chma ish joylarining ko‘pligi tavsiflidir, ularni rejalashtirish va tashkil qilish murakkabroqdir.
Uy-joy jamg‘armalari texnik ko‘rigidan o‘tkazish va kundalik ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ish joylariga xizmat ko‘rsatish quyidagilami nazarda tutadi:
ishlami bajarish uchun naryad-buyurtma (vazifa)ni berish;
ishlab chiqarish texnologiyasi va texnika xavfsizligi bo'yicha yo‘l-yo‘riq o‘tkazish;
ish koiam i bilan ta’minlash (ish uchastkasini tayyorlash, yashovchilar bilan kelishib olish, ish joyini begona buyumlardan bo‘shatish va hokazo);
ishlar bajariladigan joyga ashyo va asboblarni yetkazib berish;
ish joyida ashyolami taxlash va saqlash;
bajarilgan ishlami qabul qilish va sifatini nazorat qilish.
2.5. Boshqarish mehnatini tashkil qilish asoslari
Ishchilarning mehnatidan farqli oiaroq boshqaruv mehnati, uning natijalari bevosita ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar narxi bilan baholanmaydi, chunki ular boshqaruv qarorlari, turli xil hujjatlar va axborotlarda o‘z ifodasini topadi hamda ishlab chiqarish jarayonida ishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilaming mehnati ko‘p jihatdan aqliy boiib, o‘z ichiga tashkiliy-ma’muriy, ijodiy hamda texnik ishlami qamrab olib, boshqarish jarayonida qoilanadigan axborotlar va turli boshqaruv hujjatlaridan iborat boiib, ishlab chiqarishning unumdorligiga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun boshqaruv mehnatini baholashda uni korxona jamoasi erishgan natijalar bilan bogiash kerak. Boshqaruv jarayonining asosini boshqarilayotgan obyektlarga maqsad bilan ta’sir o‘tkazish bo‘yicha boshqaruv ma’muriyati xodimlari faoliyatining alohida turi boigan boshqaruv vazifalari tashkil qiladi va boshqaruv jarayoni oqilona shakllarga boiinadi.
Ushbu vazifalarga quyidagilar kiradi: umumiy rahbarlik qilish, istiqbolni belgilash, texnik-iqtisodiy rejalashtirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan tayyorlash, kadrlar bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minoti va tasarruf etish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy faoliyatlarni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |