3. Uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarish usullari Turar-joy xo‘jaligidagi ishlarni intensiv rivojlantirish va yaxshilash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar


Turar-joy xo‘jaligidagi ishlarni intensiv rivojlantirish va


Download 108.92 Kb.
bet7/7
Sana22.06.2023
Hajmi108.92 Kb.
#1648265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3. Uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarish usullari Turar-joy xo‘

4.Turar-joy xo‘jaligidagi ishlarni intensiv rivojlantirish va
yaxshilash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar
Turar-joy xo‘jaligi respublikamizdagi boshqa sohalar kabi ishlarni yaxshilash uchun rivojlantirish va undan keyingi tuzishning asosiy masalalarini qayta ko‘rishni talab etadi.
Turar-joy xo‘jaligidagi ishlami rivojlantirish va mukammallashtirishda asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
1. Boshqaruv tarkibini mukammallashtirish, konsentratsiya va ixtisoslashishni rivojlantirish.
2. Turar-joy bo‘yicha aholi bilan ishlash usullarini mukammal-lashtirish.
3. Ilg‘or texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini joriy etish.
4. Xodimlar bilan ishlashni yaxshilash, mehnatni tashkillashtirishning ilg‘or shakllarini va mehnatni rag‘batlantirishni joriy etish.
5. Xo‘jalik usullarini (mukamallashtirish) takomillashtirish.
6. Turar-joy xo‘jaligini m e’yoriy-uslubiy va huquqiy asoslarini mukammallashtirish.
7. Uy egaligining joriy ta’miri va tibbiy holatini yaxshi saqlash bo'yicha tashkillashtirish hamda ish olib borish usullarini mukammallashtirish.
8. Aholiga toiovli xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish.
9. Moddiy-texnik ta’minotni mukammallashtirish.
U quyidagilardan iborat:
1) turar-joy xo‘jaligi organlari har bir mikrotuman, tuman, shaharlaming taraqqiy ettirish bo‘yicha asoslangan variantlami ishlab chiqishlari lozim. Bu vazifa bilan boshqaruvning namunaviy tuzilmasini ishlab chiqish;
2) turar-joy bo'yicha aholi bilan ishlash usullarini mukammallashtirish uylami jamoat saqloviga berishi, ta’mirlash zvenolarini tashkil etishni, mahalla qo'mitalariga ko'proq ahamiyat berish, ular esa bolalar va o'smirlar bilan ishlashni kuchaytirishlari, aholi orasida sport-sogiomlashtirish ishlarini yaxshilashlari, mahallalarda badiiy-havaskorlikni tashkillashtirish, ya’ni istiqomat qiluvchilarni jipslashti-rishlari, ularning jamoat faolliklarini rivojlantirishlari lozim;
3) turar-joy xo‘jaligida texnologik qurilmalar, kichik mexanizatsiya vositalari va yashash xo'jaligi uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil qilish lozim;
4) xodimlami tarbiyalash, tanlash va joylashtirish ishlarini yaxshilash, mutaxassislami har yilda ish bilan ta’minlash, ishchilami, mutaxassislarni va xizmatchilaming xizmatlarini tashkillashtirish xaritalarini joriy etish;
5) noishlab chiqarish sarflarini oshkor etish va ulami bartaraf etish, bo‘sh yotgan hamda vazifa bo'yicha ishlatilayotgan turar-joy xonalarini o'z vaqtida hisobga olish, turar-joylardan foydalanish boshqarmalari majmualarining xo'jalik-moliya faoliyatlarini tahlil etgan holda mukammallashtirish;
6) uylami kapital ta’miri bo'yicha shartnoma tizimlami rivojlantirish. Yangi texnika, ilg'or tajribaning yangi yutug'larini joriy etish masalalari bo'yicha konferensiya va seminarlar o'tkazish. Turar-joydan foydalanish jamg'armasi sifatini boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish;
7) hududlarni tozalash bo'yicha yo'nalish xaritalarini tuzish. Nosozlik xizmatini tashkil etish va uni texnik butlash. Oldini olish ishlari sifatini oshirish;
8) turar-joy xo'jaligi uchun vazirlik va Mahkamalar shu hududda joylashgan moddiy-texnika vositalarini hamda texnologik qurilmalar ishlab chiqaradigan korxonalami jalb qilish.
Download 108.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling