301- guruh talabasi Turg’unboyeva Xurmatoyning «Magnit maydonining toklarga va zaryadlarga ta’siri»
Download 380,62 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit oqimining ishorasi.
- Magnit oqimining birligi.
- A = I · B · ∆ S = I · ∆ F
Magnit oqimi. Induksiya vektori V bo'lgan, bir jinsli magnit maydonida turgan AS yuzali yassi sirtni ko'raylik.
S sirt orqali magnit maydon induksiya vektorining oqimi (magnit oqimi) deb Ba ning (magnit induksiya vektorining sirt normaliga proyeksiyasining) sirt yuzasi ko'paytmasiga teng bo'lgan fizik katta-likka aytiladi: ∆F = B ∆S = B·∆S · cos α bu yerda α — sirt normal n — ning yo'nalishi va induksiya vektori V orasidagi burchak. Bn = V • cos α skalar kattalik bo'lganidan magnit oqimi ham skalar kattalikdir. Umuman olganda, biror sirt orqali magnit oqimi, shu sirt orqali o'tgan magnit induksiya chiziqlarining sonini xarakterlaydi. Magnit oqimining ishorasi. cos a qanday qiymatni qabul qilishiga qarab magnit oqimi musbat (F > 0) yoki manfiy (F < 0) bo'lishi murnkin. cos a ning qiymati esa normalning musbat yo'nalishi qanday tanlanishiga bog'liqbo'ladi. Normalning musbat yo'nalishi esa qaralayotgan konturdan oqayotgan tokning yo'nalishiga bog'liq bo'lib, o'ng parma qoidasiga muvofiq aniqlanadi.Yopiq sirt orqali magnit oqimi nolga teng, chunki unga kiradigan va undan chiqadigan kuch chiziqlarining soni teng. Magnit oqimining birligi. Magnit oqimining SI dagi birligi — veber (Wb) nemis fizigi V.Veber (1804— 1891) sharafiga shunday nomlangan.1 Wb — 1 T induksiyali, bir jinsli magnit maydon kuch chiziq-lariga perpendikular joylashtirilgan 1m2 yuzali sirtdan o'tadigan oqimdir. Magnit maydonidagi tokli o'tkazgichga amper qonuni bilan aniq-lanuvchi kuch ta'sir qiladi. Bu kuchning ishini hisoblash uchun rasmdagidek zanjir tuzamiz va Amper kuchi ta'sirida qo'zg'alishi mumkin bo'lishi uchun bir tomonini mahkamlamay, ilgakcha orqali ulaymiz. Agar ushbu sistemani induksiyasi rasm tekisligiga perpendikular yo'nalgan bir jinsli magnit maydonda joylashtirsak, o'tkazgich harakatlana boshlaydi. O'tkazgichga ta'sir etadigan kuchning katfaligi Amper qonuniga, yo'nalishi esa chap qo'l qoidasiga muvofiq aniqlanadi. α=π/2 bo'lganligi uchun sin α = 1 va Amper kuchi F = B · l · I ko'rinishga ega bo'ladi. O'tkazgich F kuch ta'sirida 1 holatdan 2 holatga ∆x ga ko'chsin. Bunda quyidagicha mexanik ish bajariladi, ya'ni: ∆A = F-∆x = B · I · e · ∆x Bu ifodadagi I · ∆x= S o'tkazgich harakatlanganda qamrab oladigan yuza. ∆A = I · B · ∆S = I · ∆F Tokli o'tkazgichni magnil maydonda ko'chirishda Amper kuchlarining bajargan ishi, tok kuchining o'tkazgich harakatlanganda qamrab oladigan sirt orqali magnit oqimiga ko'paytmasiga teng. ∆ F o'tkazgich harakatlanganda kesib o'tadigan magnit induksiya chiziqlari sonini xarakterlagani sababli, chiziqli o'tkazgich bir necha bor ko'chganda ishni hisoblash uchun o'tkazgich kesib o'tgan magnit kuch chiziqlarining yig'indisini olish kerak. Download 380,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling