301- guruh talabasi Turg’unboyeva Xurmatoyning «Magnit maydonining toklarga va zaryadlarga ta’siri»


Download 380.62 Kb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi380.62 Kb.
#1487619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Asosiy qisim.
1.Magnit maydon. Magnit maydon kuchlanganligi.
Magnit maydoni bu biz magnit kuchni tasvirlashda foydalanadigan tushuncha boʻlib, u kosmosda va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻlib taqsimlanadi. 
Koʻpchiligimiz kundalik hayotda magnitlangan jismlar bilan tanishmiz va ular orasida taʼsir kuchlari boʻlishi mumkinligini bilamiz. Biz magnitlarning ikkita qutbga ega ekanini va ikkita magnitning joylashish vaziyatiga qarab ular tortishishi (qarama-qarshi qutblar) yoki bir-birini itarishi (oʻxshash qutblar) mumkinligini koʻrganmiz. Bu hodisa magnit atrofidagi maʼlum bir sohada kuzatiladi. Ushbu soha magnit maydonni tasvirlaydi.
Magnit maydonni koʻrsatishning ikkita oʻzaro farqli yoʻli bor:

  1. Magnit maydon matematik jihatdan vektor maydon sifatida tasvirlanadi. Ushbu vektor maydonni toʻgʻridan toʻgʻri panjara ustiga chizilgan koʻplab vektorlar toʻplami sifatida chizish mumkin. Har bir vektor kompas koʻrsatadigan tomonga yoʻnaladi va uzunligi magnit kuchning qiymatiga bogʻliq. 

Koʻpgina kichik kompaslarni panjara andazasi boʻyicha qoʻyish va panjarani magnit maydoniga joylashtirish ushbu usulni namoyish etadi. Bu yerda yagona farq shundaki, kompas maydon kuchining qiymatini koʻrsatmaydi.

  1. Vektor maydondagi maʼlumotni koʻrsatishning yana bir yoʻli – bu maydon kuchlanganlik chiziqlaridan foydalanish. Bu yerda biz panjarada hosil boʻlgan andazani chizib, vektorlarni silliq chiziqlar bilan tutashtiramiz. Biz xohlagancha chiziqlar chizishimiz mumkin.

Maydonni uning kuchlanganlik chiziqlari orqali ifodalashning koʻplab foydali tomonlari mavjud:

    • Maydonning kuchlanganlik chiziqlari hech qachon oʻzaro kesishmaydi.

    • Magnit maydon kuchli boʻlgan sohalarda magnit maydon kuchlanganlik chiziqlari tabiiy ravishda zichlashadi. Bundan magnit maydon kuchlanganlik chiziqlari zichligiga qarab maydonning kuchli yoki kuchsizligini bilish mumkin.

    • Magnit maydon kuch chiziqlari biror nuqtada boshlanmaydi va tugamaydi, ular doimo berk konturni hosil qiladi va magnitning ichida davom etadi (shunday boʻlsa-da, ular doim ham bu qoidalarga koʻra chizilmaydi).

    • Biz doim magnit maydonning yoʻnalishi koʻrsatilishini talab qilamiz. Shuning uchun chiziqlar ustiga turli xil koʻrsatkichlar qoʻyiladi. Baʼzida chiziqlar ustiga koʻrsatkichlar qoʻyilmaydi, bunda yoʻnalish boshqa biror-bir yoʻl orqali ifodalanadi. Tarixiy sabablarga koʻra, magnitning bir tomoni “shimoliy” va boshqasi “janubiy” qutb deb olinadi hamda kuchlanganlik chiziqlari ularga mos qilib chiziladi. Magnit maydon kuch chiziqlari shimoldan janubga yoʻnalgan deb olinadi. “N” va “S” harflari odatda magnit maydonni hosil qiluvchi manbaning chetlariga qoʻyiladi, biroq bu nuqtalar xayoliy va hech qanday oʻzgacha xususiyatga ega emas. 

    • Maydon kuch chiziqlarini hayotda juda oson koʻrish mumkin. Bu odatda magnitlangan biror narsaning yuzasiga tashlangan temir qirindisi bilan amalga oshiriladi. Har bir qirindi boʻlagi oʻzini shimoliy va janubiy qutblarga ega boʻlgan mayda magnit kabi tutadi. Qirindi boʻlaklari bir-biridan tabiiy ravishda ajralib turadi, chunki magnitning oʻxshash qutblari bir-birini itaradi. Natijada maydon kuch chiziqlariga oʻxshash andaza hosil boʻladi. Andazaning umumiy koʻrinishi har doim bir xil boʻlishiga qaramay, qirindi chiziqlarining aniq joylashuvi, oʻlchami va zichligi ularning oʻz xususiyatlariga bogʻliq boʻladi.


toʻgʻri magnit atrofidagi magnit kuch chiziqlari temir qirindisi yordamida tasvirlangan.

Download 380.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling