301- guruh talabasi Turg’unboyeva Xurmatoyning «Magnit maydonining toklarga va zaryadlarga ta’siri»
Doimiy magnit maydonda zaryadlargan zarralarga ta’siri. Lorens kuchi
Download 380.62 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lorens kuchining yonalishi.
- Lorens kuchining tasiri.
- Magnit momenti
3. Doimiy magnit maydonda zaryadlargan zarralarga ta’siri. Lorens kuchi.
Lorens kuchi. Tajribalarning ko'rsatishicha magnit maydon nafaqat tokli o'tkazgichga vabalki magnit maydonda harakatlanayotgan alohida zaryadga ham ta'sir qiladi. Chunki harakatlanadigan zaryad ham o'z atrofida magnit maydon hasil qiladi. Magnit maydonda v tezlik bilan harakatlanayotgan Q elektr zaryadiga ta'sir etadigan kuchga Lorens kuchi deyiladi va u quyidagiga teng: FL=Q[v-B] yoki FL=Q · v · B · sin α.B u yerda V — zaryad harakatlanayotgan maydonning induksiyasi, a — zaryadning harakat tezligi vektori v va magnit maydon induksiya vektori V orasidagi burchak. Lorens kuchining yo'nalishi. Lorens kuchining yo'nalishi harakatlanayotgan musbat zaryad uchun chap qo'l qoidasiga muvofiq aniqlanadi. Agar magnit induksiya vektorlari chap qo'limizning kaftiga kira yotgan, musbat zaryadning harakat yo'na lishi esa ochilgan barmoqlar tomong;i yo'nalgan bo'lsa, unda bosh barmoqnii: yo'nalishi Lorens kuchining yo'nalishini ko'rsatadi. Zaryadning ishorasi o'zgarishi bilan kuchning yo'nalishi ham teskarisiga o'zgaradi. Yuqoridagi ta'rifdan va rasmdan ko'rinib turibdiki, Lorens kuchitezlik v va induksiya V vektorlariga perpendikular yo'nalgan. Lorens kuchining ta'siri. ifodadan ko'rinib turibdiki: agar zaryad harakatsiz bo'lsa, ya'ni v = 0, unda FL = 0. Demak, magnit maydon harakatsiz zaryadga ta'sir ko'rsatmaydi, ya'ni harakatsiz zaryad atrofida magnit maydon hosil bo'lmaydi; agar a = 0, ya'ni zaryad magnit induksiya vektori bo'ylab harakatlansa (tezlik vektori v induksiya vektori V ga parallel bo'lsa), unda zaryadga magnit maydoni tomonidan hech qanday kuch ta'sir etmaydi; Lorens kuchi zaryadning harakat tezligiga perpendikular bo'lganligi uchun, uning tezligining modulini, ya'ni kinetik energiyasini o'zgartira olmaydi. Demak, Lorens kuchi ish bajara olmaydi; Lorens kuchi zaryadning harakat tezligiga perpendikular bo'lganligi uchun, uning tezligining yo'nalishini o'zgartiradi. Agar zaryad bir jinsli maydonda harakatlanayotgan bo'lsa, unda Lorens kuchi markazga intilma kuch vazifasini bajarib, zaryadning harakat trayektoriyasini egrilaydi. E lektr o'lchov asbobiarining ish prinsipi: Tokli o'tkazgichlar, tokli o'tkazgich va doimiy magnetiklar orasida o'zaro ta'sir kuchining mavjudligi tok kuchini o'lchash imkonini beradi. Sunday o'zaro ta'sirlarga asoslangan elektr o'lchov asboblari quyidagi uch turga ajratiladi: magnitoelektrik-doimiy magnitlar bilan tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siriga asoslangan; elektromagnit-ferromagnitdan yasalgan o'zakning tokli g'altak ichiga tortilishiga asoslangan; elektrodinamik-tokli g'altaklarning o'zaro ta'siriga asoslangan. Magnit momenti Download 380.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling