303-guruh talabasi saydullayeva davlatoyning ‘‘o’zbek adabiy tili tarixi’’ fanidan ‘‘shajarayi turk’’ asari bo’yicha tayyorlagan slaydi
Xiva xoni Abulg'ozi Bahodirxon hijriy 1012 (milodiy1603)-yil rabbiyul avval oyining 15-kunida Urganch shahrida tug'ilgan.
''Shajarayi turk'' asari 1663-1664 yillarda bitilgan.
"Shajarayi Turk", "Shajarai turk va moʻgʻul" ("Turkiy xalklar va moʻgʻullar shajarasi") — tarixiy asar, muallifi Abulgʻoziy Bahodirxon. Eski oʻzbek tilida yozilgan. "SH.t." 13— 17-asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. "SH.t." Abulgʻoziy Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay qolgan boʻlsada, uning oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) topshirigʻiga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. "SH.t."ning yozilish sababi muallif tomonidan quyidagicha izohlangan: "Ammo bizning ota akalarimizning beparvoligi va Xorazm xalqining be uquvligi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk". Asar moʻʼjaz muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.
1, 6boblar va 9bobning davomi (1644—64) Mahmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tarafidan bitilgan SH.t."da koʻplab etnografik hamda Xorazmning ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga doyr maʼlumotlar bor
SH.t."ning 7, 8 va 9boblari (1644-yilgacha kechgan voqealar) Abulgʻozixon tomonidan yozilgan.
Asarning bizgacha yettidan ortiq qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan, ular Toshkent, Ashxobod, Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanmoqda.
"SH.t." omma tushunadigan tilda va ommabop usulda yozilganligi bilan ajralib turadi. Hodisalar bayonidagi ixchamlik, ifodaning izchilligi, voqealarni latifa va rivoyat uslubida sodda, ravon tasvirlash asarning muhim tomoni hisoblanadi. Manba grammatik qurilishi, lugʻat tarkibi nuqtai nazaridan xalq soʻzlashuv tiliga yaqin turadi. Abulgʻozixon "SH.t."ni yozishda ilgari bitilgan bir nechta tarixiy asarlar, xususan, Rashiduddinning "Jomeʼ uttavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma"sidan kerakli oʻrinlarda unumli foydalangan. Mazkur asar rus, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |