304-gurux talabasi jumayeva mahbubaning “ ” fanidan


Download 372.57 Kb.
bet1/10
Sana08.02.2023
Hajmi372.57 Kb.
#1178570
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JUMAYEVA MAHBUBA (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI

MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
304-GURUX TALABASI
JUMAYEVA MAHBUBANING
________________________________________________________”
fanidan
Maktabgacha ta’lim tashkilotini strategik boshqaruv tamoyillari”
mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI

Ilmiy rahbar: _____________________________
Qo’qon – 2022
MUNDARIJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
2.1. Strategiya tushunchasi va turlari
2.2. Ta’limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati
2.3. Strategik rejalashtirishning bosqichlari
2.4. Ta’lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o’rni
2.5. Ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning bugungi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida murakkab tarixan zarur bo’lgan islohotlarni amalga oshirish bilan bir qatorda muammolar ham yuzaga keladi. Muassasalar va ularning rahbarlari sodir bo’layotgan o’zgarishlarga shunchaki javob berish bilan cheklanib qolmasligi kerak, ularni oldindan ko’rish, tartibga solish va muassasa maqsadlariga, tashqi sharoitlarga moslashish uchun ongli ravishda boshqarish zaruriyati mavjud. Tashqi muhit va tobora o’sib borayotgan noaniqliklar sharoitida muassasa rivojlanishini boshqarish menejment asoslarini o’zlashtirishni talab etadi. Har bir muassasa uchun raqobatning kuchayishi sharoitida o’zlarining raqobatbardoshligini saqlab qolish va takomillashtirish vazifasi oldinga chiqadi.
Rivojlanayotgan raqobatdoshlik strategiyasini amalga oshirish uchun doimiy ravishda olib borilayotgan harakatlar natijasida muassasalar soni tobora ko’payib borishi tabiiy holdir. Bugungi kunda har bir rahbar o’zini ta’lim islohotlari ummonida kemani mohirona boshqarayotgan kapitandek his etishni, ta’lim sifati tomon yo’naltirilgan kema rulini qat’iy tutgan holda, o’quvchi va pedagoglarning shaxsiy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishni orzu qiladi. SHu bilan birga, uning oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, bir qator savollarga javob izlaydi:
- bugungi kunda ta’lim muassasalarining rivojlanishiga nimalar ta’sir etmoqda?
- qanday qilib innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kompetentlilik asosida tatbiq etish mumkin?
- qanday qilib ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligiga erishish mumkin?
Yuqoridagi savollarning hammasiga hech bir kitobdan birdaniga javob olib bo’lmaydi. Lekin, ta’lim muassasasi faoliyatini strategik rivojlantirish bo’yicha yuzaga keladigan ayrim savollarga mazkur kurs ishi yordamida javob topish mumkin. Ya’ni,
- Bizning MTTimiz (yoki ta’lim muassasamiz) boshqa ta’lim muassasalaridan nimasi bilan ajralib turadi? Uning asosiy xususiyati nima bilan belgilanadi (missiya, qadriyatlar, tashkiliy madaniyat)?
- Bu yo’lda qanday to’siqlarga, muammolarga duch kelamiz (ichki va tashqi muhit tahlili)?
- Qaysi maqsadlarga intilishimiz kerak va bunga qaysi resurslarimiz orqali erishamiz (strategik maqsad, istiqbol reja)?
- Strategik maqsadlarga qanday erishish mumkin (samarali maqsad, taktik reja)?
- Bunga pedagogik jamoani qanday jalb etish mumkin (samarali boshqaruv komandasi)?
- Rahbar sifatida buni qanday samarali tashkil etish mumkin (rahbar kompetentsiyasi)?
Mazkur materiallar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirlari va rahbar kadrlar zahiralari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim muasasasining rivojlanish strategiyasini belgilash va istiqbol rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam beradi.

Download 372.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling