304-gurux talabasi jumayeva mahbubaning “ ” fanidan


Ta’lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o’rni


Download 372.57 Kb.
bet5/10
Sana08.02.2023
Hajmi372.57 Kb.
#1178570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JUMAYEVA MAHBUBA (3)

2.4. Ta’lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o’rni
Missiya bu zamonaviy strategik boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, unga turli mualliflar turlicha ta’rif berishadi. "Missiya" so’zi “muhim topshiriq, ko’rsatma, yuqori tayinlov, mas’uliyatli rolь, katta maqsad” ma’nosini bildiradi. Ba’zilar muassasa missiyasini giper maqsad yoki "maqsadning shunday shakliki, ma’lum biznesni boshqa unga o’xshash korxonalardan farqini osongina ko’rsatadi" deb hisoblashadi.
Ta’lim menejmentida – “missiya” tushunchasi ta’lim muassasasini nima uchun mavjudligini hamda uni boshqa muassasalardan farqini aniqlash va bilishni tassavurini yaratish uchun zarur hisoblanadi.
Ta’lim muassasasi missiyasi shunday shakllantirilishi lozimki, o’qituvchilar va rahbar xodimlar o’z faoliyatlarini rejalashtirganlarida unga asoslanish mumkin bo’lsin. Har bir ta’lim muassasasining missiyasi betakror bo’lib, bir-biriga o’xshamaydi. Masalan:
1. Har bir o’quvchiga o’zining qobiliyatini aniqlash va uni yuzaga chiqarish imkoniyatini berish.
2. Har bir xodimda novatorlik xususiyatini shakllantirish va rag’batlantirish.
Missiya go’yo ta’lim muassasasining tashrif qog’ozi hisoblanadi. U chiroyli, aniq, tushunarli, eng asosiysi, ta’lim muassasasining ichki olamini tasvirlab, uni amalga oshirish mumkin bo’lishi kerak. SHu bois, missiyani shakllantirishda "Bularning hammasi kim va nima uchun?" degan eng muhim kalit savollarga e’tibor qaratish lozim. "Nima uchun?" savolini bir necha marta takrorlash va unga javob berish, ya’ni asoslash, missiyani yanada aniq ifodalashga yordam beradi:
- bizning maktabgacha ta’lim tashkilotimiz davlatimizga nima uchun kerak?
- bizning maktabgacha ta’lim tashkilotimiz jamiyatga nima uchun kerak?
- bizning maktabgacha ta’lim tashkilotimiz shu yerda ishlovchilarga, ta’lim oluvchilarga nima uchun kerak?
- biz ta’lim xizmatlaridan boshqa yana nima taklif qilishimiz mumkin? Nima uchun?
- . . . .
SHunday qilib, ta’lim muassasasi missiyasi uning faoliyati mazmunini va mohiyatini ochib beradi, lekin foyda olishni ko’zda tutmaydi.
Missiyani shakllantirishda quyidagi muhim jihatni e’tiborga olish zarur: missiya ta’lim muassasasining tarixi hamda madaniyatidan kelib chiqib, butun jamoaning qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettirishi va albatta, xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi shart.
Missiyani shakllantirish bosqichlari
Missiya yakka rahbar tomonidan ishlab chiqilmaydi. Har bir rahbar missiyaning mohiyatini anglagan holda, jamoani safarbar qilib, birgalikda ishlab chiqadi. Bu jarayon asosan uch bosqichda olib boriladi: tayyorgarlik, shakllantirish va rivojlantirish bosqichi (muhokama qilish asosida).
Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda rahbarning tajribali va salohiyatli rahbar xodimlar va o’qituvchilardan iborat ishchi guruh tuzishi maqsadga muvofiq. Missiyani shakllantirishda ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasasining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar atroflicha o’rganiladi. Masalan:
- Ta’lim sohasida davlat siyosati;
- MTTning me’yoriy-huquqiy hujjatlari, talab va me’yorlar;
- Ta’lim muassasasining yo’nalishi, maqsadi va erishgan natijalari;
- Mehnat bozorining o’zgaruvchanligi;
- Xududdagi demografik o’zgarishlar;
- Xodimlarning dunyoqarashi, ishonchi, fidoyiligi va qadriyatlari;
- O’quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish xususiyatlari, o’quv-uslubiy ta’minoti;
- Muassasa madaniyatining shakllanganlik darajasi;
- Ta’lim muassasasining asosiy g’oyasi (falsafasi);
- An’analar va tajribalar;
- Ta’lim muassasasining o’zgarishlarga tayyorligi.
Tashqi omillarning ta’sirini o’zgartirish imkoniyati bo’lmasada, ichki omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish orqali, ko’zlangan natijaga erishish imkoniyatini oshirish mumkin. Aynan shu narsa missiyada aks ettirilmog’i lozim.
SHakllantirish bosqichi. Bu bosqichda so’rovnoma o’tkazish orqali dastlabki missiyani shakllantirish mumkin. Buning uchun barcha hohlovchi xodimlarga (o’qituvchilar, o’quvchilar, qolgan xodimlar) quyidagi savollar beriladi:
1. Sizning fikringizcha, ta’lim muassasamizning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada? Qaysi omillar ta’lim muassasamizning rivojlanishiga ko’proq yoki kamroq ta’sir ko’rsatadi?
2. 5 yildan so’ng ta’lim muassasamizning ideal ko’rinishini qanday tasavvur qilasiz (yoki qanday tasavvur qilishni hoxlardingiz)?
3. Ta’lim muassasamizdan jamiyat nimalar kutmoqda deb o’ylaysiz?
4. Ta’lim muassasamiz uchun nimani eng muhim deb hisoblaysiz va nima xususida ko’proq o’ylaysiz va shu kabi.
Yoki ta’lim muassasasining bir nechta umumiy maqsadlari ro’yxatini tuzib, ularning ichidan amalga oshirish mumkin bo’lganlarini va ta’lim muassasasini kelajakda ko’zda tutilgan ideal holatga kelishi uchun bu maqsadlarning qanday jihatlari borligini muhokama etish orqali shakllantirish mumkin.
Bu usullar orqali nafaqat ta’lim muassasasining ichki holati haqida ma’lumot olish mumkin, balki xodimlar bilan muhokama jarayonida, ularning fikrlari, qarashlari va maqsadlarini ham o’rganish mumkin. Bu esa, missiyani shakllantirishda juda muhim sanaladi.
Rivojlantirish bosqichi. Dastlabki shakllantirilgan missiyani muhokamaga qo’yish orqali, uning mohiyatini xodimlarga tushuntirish, ularga o’zlarining roli nimada ekanligini anglashga yordam berish lozim.
Dastlabki shakllantirilgan missiya ta’lim muassasasining faoliyatida muhim rolь o’ynaydi, rivojlantirish esa, harakat degani, ya’ni, rivojlantirish bosqichida xodimlar missiyaga murojaat qila boshlashadi.
Ular o’zlariga "Bu missiyamizda ko’zda tutilganmidi?" degan savolni berishlari va hatto, ularda missiyani o’zgartirish istagi paydo bo’lishiga erishish lozim.
Missiyani ishlab chiqish bosqichlarini aniq algoritm asosida tashkil etish zarur.
1. Missiyani shakllantirish jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda rahbar yetakchilikni o’z qo’liga oladi va quyidagi vazifalarni hal etadi:
- ishchi guruhga kimlarni jalb etish kerak? Balki, ekspertlarni taklif etish kerakdir?
- ishchi guruh qanday tartibda ishlashi kerak? Jarayonni kim boshqarishi maqsadga muvofiq?
- ishchi guruh a’zolarini qanday faollashtirish mumkin? Lozim bo’lsa, rag’batlantirish kerakdir?
- qanday qilib topshiriqni hammaga to’g’ri yetkazish mumkin?
Yuqoridagi savollarga javob topish orqali, aniq reja ishlab chiqiladi.
2. Missiya loyihasini yaratish. Buning uchun quyidagilarga aniqlik kiritish muhim:
- Biz qaerdamiz? Ideal holatga yetishimiz uchun qanday imkoniyatlarimiz mavjud? Bunda bizga yana nimalar yordam berishi mumkin?
- Missiya bizga nima beradi? Bu missiya bilan nimaga erishmoqchimiz? Missiyamizning iste’molchilari kimlar?
- Iste’molchilarimiz uchun nima qilmoqchimiz?
Bunda iste’molchilarning iloji boricha shaxsiy (o’quvchilar uchun, pedagoglar uchun, ota-onalar uchun, ish beruvchilar) va ijtimoiy (shahar/tuman, mahalla uchun, mehnat bozori uchun) jihatlarini aniq yoritish lozim.
3. Missiya loyihasini muhokama etish. Bu bosqichning muhim xususiyati, muhokama uchun imkoni boricha ko’proq odamlarni (xodimlar, ota-ona, ish beruvchi) jalb etish hisoblanadi. Lekin, ko’pchilik bilan bir qarorga kelish juda qiyin kechadi. SHu bois, bu bosqichda turli usul va vositalardan unumli foydalanish talab etiladi. Masalan, bahs-munozara uchun alohida guruh tashkil etish, yozma takliflarni olish uchun alohida toifalarga ajratish yoki so’rovnomalar o’tkazish kabilar. Natijada, barcha takliflar o’rganib chiqilib, umumiylari ajratib olinadi. Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va ular missiyada aks ettiriladi. SHundan so’ng missiya matni shakllantiriladi.
4. Missiyani taqdimot qilish. Missiyani taqdimot qilishda har xil usullardan foydalanish mumkin. Asosiysi, missiya bilan barcha xodimlar tanishtirilishi va ular tomonidan qo’llab-quvvatlanishi zarur.
Demak, missiyani shakllantirish jarayonida rahbarning tashabbuskorligi va tashkilotchiligi muhim rolь o’ynaydi. Missiyani shakllantirish jarayonini boshlashdan avval, xodimlar bilan quyidagi mavzularda seminar va suhbatlar o’kazish, uning samarali kechishini taminlaydi:
1. “Maktabgacha ta’lim tashkilotimiz tarixini bilasizmi?” (bundan asosiy maqsad, MTT tarixi, tajribalari, yutuqlari, kamchiliklari, yo’nalishlari, kadrlari va shu kabilar tug’risida barcha xodimlarni xabardor etish).
2. “MTTning me’yoriy-huquqiy asoslari” (bunda MTT larining me’yoriy-huquqiy va tashkiliy asoslari, ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishi, xodimlarning lavozim vazifalari, shaxsiy ish rejalari kabi kichik mavzularda suhbat va uchrashuvlar tashkil etish mumkin)
3. “Muassasa madaniyati” (bunda ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalari, o’quvchilarning kiyinishi, maktabdagi an’analar, xodimlarning jipsligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga asosiy e’tibor qaratiladi).
Bunday tadbirlarni tashkil etish missiyani shakllantirishda, ichki va tashqi omillarni to’g’ri tahlil etishga yordam beradi. Biroq, missiyani shakllantirish jarayonida rahbarlar ko’pincha xodimlar fikrining bir joydan chiqmasligi va ziddiyatli vaziyatlarning yuzaga kelishidan aziyat chekadilar. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun nima qilmoq lozim?
Rahbarlar ta’lim muassasasining tashkiliy madaniyati to’g’risida qanchalik ko’p ma’lumotga ega bo’lsalar, bu muammolarga shunchalik kam duch kelishadi.


Download 372.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling