304-gurux talabasi jumayeva mahbubaning “ ” fanidan
Ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish
Download 372.57 Kb.
|
JUMAYEVA MAHBUBA (3)
2.5. Ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish.
Ichki va tashqi muhit tahlili strategik boshqaruvning asosini tashkil qiladi. Ichki muhit deganda, ta’lim muassasasining asosiy faoliyati va unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki omillar tushuniladi. Tashqi muhit deganda, ta’lim muassasasining faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi “Uzoq” (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik, texnologik) va “Yaqin” (mehnat bozori, ijtimoiy hamkorlik, davlat, jamiyat) tashqi omillar tushuniladi. Ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilishdagi asosiy narsa - bu muammoning to’g’ri qo’yilishidir. Muammo nima? Muammo deganda, ideal va haqiqiy holatning, ya’ni biz kutgan yoki rejalashtirgan holat bilan amaldagi mavjud holatning mos kelmasligi, nomuvofiqligi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, muammo - u yoki bu vaziyatda yuzaga kelgan ziddiyatni bartaraf etishda mavjud bilim va tajribaning yetishmasligini sub’ekt tomonidan tan olinishidir. Muammoni qanday qo’yish kerak? Muammoni shakllantirishga quyidagi talablar quyiladi: 1. Muammoning aniq va asoslangan bo’lishi. To’g’ri shakllantirilgan muammoni yechish yo’llari aniq bo’lib, ularni g’oyaga aylantirish mumkin. Muammo har doim aniq ifodalanishi lozim. Masalan,“ta’lim sifati past” - bu juda keng tushuncha bo’lib, uni yechish yo’llari yana bir nechta muammolar bilan bog’liq. Ya’ni bu muammo emas, balki aniq shakllantirilishi lozim bo’lgan bir nechta muammolar yig’indisi hisoblanadi. Demak, muammo aniq bitta yechimga ega bo’lgandagina, u to’g’ri shakllantirilgan hisoblanadi. 2. Muammoning o’lchovli bo’lishi. Bunda qo’yilgan muamoning hajmi, uning muhimlik yoki qiyinlik darajasi va qaysi sohaga oid ekanligining to’liq ifodalanganligi nazarda tutiladi. Buning uchun muammoning yechimini o’lchash mumkin bo’lgan mezonlar yoki baholash ko’rsatkichlariga ega bo’lishi lozim. 3. Muammoning kelajakka yo’nalganlik xususiyatiga ega bo’lishi. Qo’yilgan muammo kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarning oldini olishni ko’zda tutgan bo’lishi lozim. Ya’ni muammoni yechish faqat uning o’zigagina emas, balki yana boshqa muammolarning oldini olishga qaratilgan bo’lishi lozim. 4. Muammoning tushunarli bo’lishi. Muammoni shunchaki qayd etish emas, balki hammaga tushunarli qilib ifodalash lozim, uning sabablari asosli va yechish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. "STEP" va "SWOT" tahlillar Tashqi muhit ta’sirini tahlil qilishda ko’pincha “STEP” tahlilidan foydalaniladi. “STEP” - bu inglizcha so’zlarning bosh harflaidan olingan bo’lib, quyidagi ma’nolarni anglatadi: S (social)- ijtimoiy omillar (ta’lim muassasasining jamiyat bilan hamkorligi, demografik vaziyat, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy hamkorlar, madaniy tarbiyaviy muhit kabilar); T (technological)- texnologik (boshqaruv) omillar (davlat, boshqaruv organlarining ta’lim muassasasiga ta’siri) E (economic)- iqtisodiy omillar (aholi, ish beruvchilarning iqtisodiy ahvoli, ta’limni moliyalashtirish omillari); P (political) - siyosiy omillar (davlatning ta’lim sohasidagi siyosati, qonunlar, qarorlar, hukumatning ta’lim muassasalarining rivojlanishiga ta’siri). Gohida uni PEST-tahlil deb ham yuritiladi. Ta’lim muassasasining hozirgi holatini tahlil qilishning bir necha usullari mavjud bo’lib, biz rivojlangan mamlakatlarda keng qo’llaniladigan “SWOT” usulidan foydalanishni tavsiya qilamiz. “SWOT” quyidagi inglizcha so’zlarning bosh harflaridan olingan: Strongths - kuchli tomonlar; Weaknesses - kuchsiz tomonlar; Opportunities - imkoniyatlar; Threats - tahdidlar. “STEP” va “SWOT” tahlili natijalari umumlashtirilib, umumiytahliliy ma’lumotnoma tuziladi va shu asosida ta’lim muassasasininghozirgi holati haqida xulosa chiqarish hamda uni rivojlantirishstrategiyasini aniqlash mumkin. Bunda strategik rivojlanish muqobilliklari aniqlanadi va ulardan biri tanlanadi. Download 372.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling