4 – ma’ruza qattiq jism mexanikasi. Qattiq jismning harakati. Kuch momenti. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanayotgan qattiq jism kinetik energiyasi. Inersiya momenti. Shteyner teoremasi. Reja


Download 134.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1528123
  1   2   3   4
Bog'liq
4- Maruza matematika (2)


4 – MA’RUZA
Qattiq jism mexanikasi.
Qattiq jismning harakati. Kuch momenti. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanayotgan qattiq jism kinetik energiyasi. Inersiya momenti. Shteyner teoremasi.
Reja:

  1. Aylanish o`qiga ega bo`lgan jism harakati. Kuch momenti

  2. Jismlarning muvozanati. Muvozanat turlari. Jismlarning og`irlik markazi.

  3. Jismlarning inersiya momenti.

  4. Impuls momenti.

  5. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi




    1. Aylanish o`qiga ega bo`lgan jism harakati. Kuch momenti

B erkitilgan va doimiy aylanish o`qiga ega bo`lgan jismlar ilgarilanma harakat qilmaydi. Masalan: eshiklar, romlar va h.k. Bunday jismlarga qo`yilgan kuch ta`sirida ular aylanma harakatga kelishi mumkin. Kuchning o`q atrofida aylantiruvchi ta`siri faqat kuchning kattaligagina bog`liq bo`lmasdan kuchning yelkasiga ham bog`liq. Aylanish o`qidan kuch ta`sir chizig`igacha bo`lgan eng qisqa masofaga kuch yelkasi (l) deyiladi. Ta`rifdan ko`rinadiki, kuch yelkasi kuch ta`sir yo`nalishiga har doim (4.1-rasm). Kuchning kuch yelkasiga ko`paytmasiga kuch momenti deyiladi. Kuch momentini M harfi bilan belgilasak
(4.1).
Kuch momenti ham vektor kattalik bo`lib, uning yo`nalishi aylanish o`qi bo`ylab yo`naladi va burchakli tezlik yo`nalishi bilan mos tushadi.
Kuch momenti N m birlikda o`lchanadi. Ammo ta`kidlash kerakki, bu N m bo`lsa ham Joulga teng emas. Chunki kuch yo`nalish kuch yelkasiga har doim perpendikulyardir.
Agar aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga bir necha kuch ta`sir etayotgan bo`lsa, natijaviy kuch momenti har bir kuchning hosil qilgan kuch momentlarining geometrik yig`indisidan iborat bo`ladi.

Bu yerda har bir kuchning hosil qilgan momentlari hisoblanadi. Biz amalda juft kuchlarning hosil qilgan momentlaridan ko`p foydalanamiz. Masalan: vodoprovod kranlarini ochishda yoki yopishda.
Agar F kuchning ta`sir chizig`i aylanish o`qidan o`tsa, kuchning yelkasi nolga teng bo`ladi. Bunday kuch ta`sirida aylanish o`qiga ega bo`lgan jism ham aylanmaydi.
Aylanish o`qiga nisbatan kuchning ta`sir yo`nalishiga qarab kuch momenti musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. Bunday momentlarni bir-biridan farqlash uchun aylanish o`qiga nisbatan soat strelkasi yo`nalishida ta`sir etuvchi kuchning hosil qilgan momentini musbat, soat strelkasiga teskari yo`nalishda ta`sir etuvchi kuchning hosil qilgan momentini manfiy deb qabul qilingan.
Aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga ta`sir etuvchi kuchlarning teng ta`sir etuvchisi nolga teng bo`lsa (Fi=0), yoki kuchning yelkasi nolga teng bo`lsa (l=0), yoki musbat kuch momentlarining yig`indisi manfiy kuch momentlarining yig`indisiga teng bo`lsa, aylanish o`qiga ega bo`lgan jism aylanmaydi, ya`ni muvozanatda bo`ladi
.
Ta`kidlash kerakki, tekis aylanma harakat qilayotgan jismga ta`sir etuvchi kuch momentlari yig`indisi ham nolga teng bo`ladi.


    1. Download 134.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling