Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi
Aylanma harakatdagi jismning berilgan doimiy aylanish o`qiga nisbatan inersiya momenti doimiy ekanligini inobatga olinsa
(4.9)
kelib chiqadi. Bunda aylanma harakat burchak tezlanishi. Bu formuladan ko`rinadiki, aylanma harakatdagi jism impuls (harakat miqdori) momenti, inersiya momenti va kuch momenti o`zaro bog`liq.
(4.9) formuladan M=0 bo`lsa, aylanayotgan jism doimiy burchak tezlik ( yoki ) bilan harakatlanadi. Bu formulaning to`g`ri ekanligini muz ustida aylanma harakat qilayotgan figurali uchuvchi misolida kuzatish mumkin. Agar figurali uchuvchi qo`llarini yon tomonga yozib, inersiya momentini oshirsa uning burchak tezlanishi susayadi. U qo`lini yig`ib olib tik yuqoriga ko`tarsa, ya`ni inersiya momentini kamaytirsa, uning aylanish tezligi yanada ortadi.
Aylanma harakat qilayotgan jism kinetik energiyaga ham ega. Uning kinetik energiyasi quyidagi almashtirishlar orqali topish mumkin:
(4.10)
Bu formuladan ko`rinadiki, aylanma harakatdagi jismning kinetik energiyasi uning inersiya momentiga va burchak tezligiga bog`liq.
Jism bir vaqtning o`zida ham ilgarilanma, ham aylanma harakatda harakatlanayotgan bo`lsa (masalan: avtomobilning g`ildiragi), uning to`la kinetik energiyasi ham ilgarilanma, ham aylanma harakat energiyalari yig`indisidan iborat bo`ladi.
(4.11)
bu formulada -jism massa markazining ilgarilanma harakat tezligi, J – jism massa markaziga nisbatan inersiya momenti.
Shunday qilib, aylanma harakatdagi jism muvozanatda bo`lishi uchun unga ta`sir etuvchi kuchlarning teng ta`sir etuvchisi Fi=0 va kuch momentlarining yig`indisi nolga teng bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |