4-ma’ruza (2 soat)
Download 69.94 Kb.
|
4-ma’ruza (2 soat) 7-mavzu. Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan (1)
Qonunning 17-moddasiga asosan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo„yicha davlat komissiyasi tuziladi.
Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari.2016 yil 22 sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi qonuniga o‟zgartirish va qo‟shimchalar kiritish haqida”gi qonunning 4- moddasida quyidagi tushunchalar berilgan: zararli ishlab chiqarish omili — ta‟siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo„lgan ishlab chiqarish omili; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o„z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog„liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo„lishiga yoki sog„lig„ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o„tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg„un yo„qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo„lgan hodisa; kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta‟siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg„un yo„qotishiga sabab bo„lgan o„tkir yoki surunkali kasalligi; mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog„idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig„indisi; mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg„un yo„qotishi; noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi; xavfli ishlab chiqarish omili — ta‟siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo„lgan ishlab chiqarish omili; Ma‟lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong„in xavfsizligi qoida, norma va yo„riqnomalarining buzilishi ishlovchilaming jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasal- liklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta‟sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi, sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish holatlarini aytish mumkin. Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo„lib baholanadi: 1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish. 2. Ish bilan bog„liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan boglanmagan. 3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog„ianmagan jarohatlanish. Download 69.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling