4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
М-4
4 - MA’RUZA 4-MAVZU. TIPIK QISM VA DETALLARNI TA’MIRLASH TIPIK QISM VA DETALLARNI TA’MIRLASh Reja: 4.1. Val va o‘qlar. 4.2. Podshipniklar. 4.3. Birlashtiruvchi muftalar. Qisqa muddatda uskunalarni sifatli ta’mirlash va montaj qilish uchun avvalo, ish joyida texnika xavfsizligini barcha talablariga rioya qilgan holda ratsional tashqil qilish zarur (detal va qismlarni, asbob-uskunalarni, ko‘tarma-transport uskunalarini joylari ish zonasini to‘sish uchun zarur bo‘lgan to‘siqlar, ogohlantiruvchi uskunalar). Yirik uskunalarni ta’mirlash va montaj qilish uchun ish joylari mobillashgan, ya’ni bir ob’ektdan ikkinchisiga oson ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lishi kerak. Ish joyida dastgohlar, detallarni yuvish uchun moslamalar, zarur bo‘lgan slesarlik asbob-uskunalarni komplekti tayyor bo‘lishi kerak. Qo‘llanayotgan asbob-uskunalarni ishga yaroqliligiga alohida e’tibor berish zarur. Zarba beruvchi asboblar (bolg‘a, press, katta bolg‘a) qattiq va qovushqoq jinsli quruq yog‘och soplarga zich kiydirilgan va metall ponalar bilan mustahkamlangan bo‘lishi zarur. Siquvchi moslamalar siquvchi vintlari ishga yaroqli bo‘lishi kerak. Detallarni sirlash uchun kerak bo‘lgan qisqichlar, montaj temir va boshqa asboblar bir-biriga nisbatan deformatsiyasiz, g‘adir-budursiz bo‘lishi shart. Pnevmatik, elektr va abraziv asboblar (jilvirli va shliflangan xalqalar) puxtaligi sinovdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Har bir ta’mirlashdan (yoki montajdan) avval uskuna va uning alohida qismlari bo‘laklarga ajratiladi. Ta’mirlanayotgan uskunalar elektr tarmog‘idan va kommunikatsiyadan uzib qo‘yish va ichidagisini bo‘shatish kerak. Uning ishchi hajmi yuvilib, imkon darajasida quritiladi. Uskunalarni ajratish tayyorlovchi korxona tomonidan uskunalarga qo‘shib berilgan hujjatida ko‘rsatilganidek yoki ta’mirlash va montaj bo‘yicha maxsus ko‘rsatmaga binoan olib boriladi. Har qanday holda ham qismlarga ajratish muhofaza qobiqlari va shitlarni yechishdan boshlanadi. Uskunalarni butkul qismlarga ajratishda ularni avval maksimal yirik qismlarga, keyin mayda qismlarga yoki alohida detallarga ajratiladi. Qismlarga ajratilayotgan detallar, agar ularda korxona belgisi bo‘lmasa tamg‘alanadi. Tutashtiriluvchi yuzalar yoki tomonlar, iplar, bo‘yoqlar, tamg‘alar bilan jihozlanadi. Bu tadbirlar uskunalarni yig‘ish jarayonini yengillashtiradi. Ta’mirlash va montaj vaqtida uskunalarni yig‘ishni, uning detallarini iflosliklardan, changdan va konservatsiya moylaridan tozalashdan boshlanadi. Ayniqsa, ishqalanuvchi yuzali detallarni yaxshilab tozalash kerak. Yuvuvchi suyuqlik sifatida detalda to‘plangan cho‘kindilarning xossalariga qarab kerosin, ishqor, petrov kontakti va suv qo‘llaniladi. Detallarni yuvish bilan band bo‘lgan ishchilar himoyalanuvchi ko‘z oynaklarda va rezina qo‘l qoplarda ishlashlari, shuningdek, texnika xavfsizligining barcha talab etilgan ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Uskuna va ularning qismlarini ta’mirlash va montaj qilish, ularning konstruksiyalari va eksplutatsion xususiyatlariga mos holda amalga oshiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling