4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
М-4
Ta’mirlash. Vallarning asosiy nuqsonlari mahalliy va umumiy egilish,
buralish, sinish, sapfalarning uzilishi, rezba o‘ramlarining uzilishi yoki cho‘zilishi va hokazo. Vallarni ta’mirlash texnologiyasi va usullari har bir konkret holat uchun defektning harakteriga, o‘lchamiga, shuningdek ta’mirlash bazasining texnik jihozlanganligiga bog‘liqdir. Vallarning egilishi, buralishi va sinishi odatda yuklamaning ortib ketishi natijasida (uskuna ish rejimining buzilishidan kelib chiqadigan) yoki qadalish keltirib chiqaradigan podshipniklar yoki boshqa detallarning ishdan chiqishi natijasida ro‘y beradi. Valning egilishiga, shuningdek, uskunaning uzoq muddat vibratsiya ostida ishlashi ham sabab bo‘ladi. Val egilishi va uning asosiy o‘lchamlaridan chetlashishi chegaralari har bir uskuna uchun tegishli instruksiya bo‘yicha belgilanadi. Asosan vallar yuqori darajada yuklama beriladigan uchastkalarida bir diametrdan ikkinchi diametrga o‘tish joylarida sinadilar. Sapfa va ishchi bo‘yinlar yuzalarining yemirilishi juftlarning (val-podshipnik, val-zichlama va h.) ishqalanish sharoitlarida aniqlanadi. Yemirilish bir tekisda yoki notekis bo‘lishi mumkin. Shponkali ariqchalarning ishlab chiqilishi va rezba o‘ramlarining uzilishi, montajni noto‘g‘ri tashqil qilinishidan, birikmalarning o‘ta yuklanganligidan, shuningdek vibratsiyadan va boshqa dinamik yuklamalardan kelib chiqadi. Valning egilishi, ekspluatatsiya jarayonida, uning urishi, tebranishi bo‘yicha topiladi. Bunday vallarning ishlashida, u bilan tutashgan detallar buziladi, birinchi navbatda podshipniklar, shuning uchun uni almashtirish yoki ta’mirlash zarur. Ta’mirlashdan avval valni markazda urishiga yoki prizmalarda urishiga ko‘proq egiklikni ko‘rsatib beruvchi indiqator yordamida tekshiriladi. Egiklikni kichik aniqlikda uzun qattiq chizg‘ich yordamida aniqlash mumkin, shuningdek, tokorlik stanoklari markazlarida shtixmass yordamida aniqlanadi. Egilgan vallar sovuq holatda yoki qizdirish vaqtida mexanik ravishda to‘g‘irlanadi. Birinchi usul oddiy va yetarli darajada aniqlik imkonini beradi, faqat valning ba’zi bir uchastkalarida o‘ta kuchlanish yuzaga keladi, buning natijasida uning toliqish mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. To‘g‘irlash domkrat yoki press yordamida amalga oshiriladi. Koles valning sezilarsiz egilishi (0,05% uzunlikkacha) ni naklen usuli orqali to‘g‘irlanadi. Tirsakli valning yuzasini har ikki tomonidan zararlangan bo‘yindan boshlab dumaloq kallakli kul bolg‘achasi yoki yengil pnevmatik bolg‘achaga kiydirilgan zarb uruvchi chekanka bilan puxtalnadi. Naklen natijasida payraxalar birmuncha qiyshayadi, val o‘qi esa to‘g‘irlanadi. Diametri katta bo‘lgan vallar (100 mm dan ortiq) joyida gorelka alangasida 200-600 S da qizdirish yo‘li bilan to‘g‘irlanadi. Val diametri va egilish kattaligi qanchalik yuqori bo‘lsa, qizdirish temperaturasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Vallardagi yoriqlar payvandlab yamaladi. Buning uchun yoriq egallab olgan uchastkalarga butkul chuqurligi bo‘ylab payvandlashga ishlov beriladi. (raxlari olinadi, payvandlanadigan yuza tozalanadi). Metall choki va chok oldi zonalarini toblashni oldini olish maqsadida, yoriqlarni payvandlashni mumkin qadar tez o‘tkazish kerak, aks holda chok mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Singan vallarni yana payvandlash orqali ham qayta tiklash mumkin (elektr yoyli payvandlash afzalroq). Bo‘laklarning uchlarini ulashga tayyorlangandan so‘ng singan val qismlarini cho‘yan prizmalarga yoki maxsus konduktorlarga valning dastlabki uzunligini saqlagan holda joylashtirilib, mahkamlanadi va chok payvandlanadi. Payvandlash uchastkasidagi qayta tiklangan valning mustahkamligi, odatda butun val mustahkamligining 60% idan ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’suliyatni, ko‘p yuklamali mashinalarning singan vallari qayta tiklanmaydi, ularni yangilari bilan almashtiriladi. Ba’zi hollarda singan yoki ba’zi joylari ko‘p yedirilgan vallarni payvand yordamida va mexanik birikmalar yordamida ulanadi. Mexanik yemirilish kattalikni universal va maxsus o‘lchov asboblari va shablonlar yordamida aniqlanadi. Vallarning yemirilgan yuzalarini yemirilish kattaligiga va ish sharoitiga qarab quyidagi asosiy usullar bilan ta’mirlanadi: metallarning yemirilgan qatlami suyultirib qoplash, metallash yoki metallash yoki gal’vanik qoplamalar yordamida qayta tiklanadi; vtulkaga kiydirma qo‘yish yoki yangi elementlar ulash bilan; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling