4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja
- rasm. Val yuzalarini suyultirib qoplash usullari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
М-4
2.2 - rasm. Val yuzalarini suyultirib qoplash usullari:
a) val bo‘ylab; b) spiral bo‘ylab. Suyultirilib qoplanayotgan val yuzasiga avvaldan tokarlik stanogiga ishlov beriladi, buni shunday bajariladiki, qirindini to qoplanayotgan yuzaning hammasiga ishlov berish mumkin bo‘lgunga qadar chuqurlikda olib qo‘yiladi. Bu birinchidan, payvandlash va suyultirib qoplash uchun yaxshi sharoit yaratib beradi va ikkinchidan, suyultirib qoplanayotgan qatlamning bir xilda qalinligini ushlab turadi, bu esa qatlamlanishning oldini olishda juda ahamiyatlidir. Suyultirib qoplashni qo‘lda bajarsa ham bo‘ladi, faqatgina mashinada suyultirib qoplashda yuqori bir tekislik, ravonlikka erishiladi, bundan kelib chiqib suyultirib qoplashning yuqori sifatiga erishiladi. Suyultirib qoplanayotgan metall valiklari o‘q bo‘ylab va unga ko‘ndalang yo‘nalishda bo‘lishi mumkin (speral yo‘nalishda). Birinchi holatda val juda qiyshayib ketadi (o‘q bo‘yicha egiladi). Qiyshayishni kamaytirish uchun valiklarni diametr bo‘yicha bir-biriga teskari joylashgan holatda o‘zaro kesishgan qilib taxlanadi (2.2a-rasm ). Spiral suyultirib qoplashda (2.2b-rasm) valning qiyshayishi minimumga keltiriladi. Bundan tashqari, bu usul jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon beradi. Suyultirib qoplanadigan val tokarlik stanogi markazida sekin aylanadi, stanok supportiga avtomatik payvandlash kallagi o‘rnatilgan. Suyultirib qoplash payvandlash vaqtida oson ajratib olinadigan shlakli qobiq hosil qiladigan Fines qatlami ostida amalga oshiriladi. Vallarning yuzalarini qayta ishlash uchun suyultirib qoplashning boshqa usullaridan ham foydalaniladi: suv bilan sovitiladigan, mis qolipda elektr shlakli, vibro kontaktli suyultirib qoplash, shuningdek, payvandlash vositasida ishqalanishli suyultirib qoplash). Bu usullar maxsus adabiyotlarda aniq yozib ko‘rsatilgan. Ta’mirlash vaqtida metallashtirishni alesilenli – kislorodli alangada gazli metallash yoki elektr yoyida (elektrli metallash) metallni suyultiruvchi maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi. 2.3-rasmda gazli va elektr yoyli metallizatorlar ko‘rsatilgan, 2.4-rasmda esa, elektr yoyli metallashtirish sxemasi ko‘rsatilgan. Sim g‘altak o‘ramidan ikkita parallel ip bo‘lib, bushatiladi va yo‘naltiruvchi trubka orqali o‘tadi. Simlarga elektr transportini ta’minlovchi roliklar harakatni yetkazadi. Qabul qiluvchi trubkalar simlarni yaqinlashtiradi, ular orasida sim metallarini eritadigan elektr yoyi hosil bo‘ladi. Havo soplasidan 0,6 MPa bosim ostida chiqadigan havo suyultirilgan metallni mayda zarrachalarda purkaydi va uni qoplanayotgan yuzaga quyadi. Metallashtirishni tokarlik stanogida o‘tkazish oson; buning uchun metalizatorni stanok supportasiga mahkamlanadi, valni esa markazda asta –sekin aylantiriladi. Metallashtirish oldidan qayta tiklanayotgan yuza qumpurkagich moslama yordamida yoki tokarlik stanogida qirindini olib tashlash yo‘li bilan iflosliklardan, zangdan va dog‘laridan tozalanishi kerak. Qirindini olib tashlash yo‘li bilan tozalanganda bir vaqtning o‘zida ovallik yoki bochka sifatli tanlab olinadi. Suyultirib qoplangan qatlam yanada mahkamroq ushlanishi uchun qoplashni boshlashdan oldin val yuzasida chuqurligi va kengligi 2 mm bo‘lgan bir qator ariqchalar o‘yiladi yoki yirtilgan rezbani ochiladi. Qanchalik yuzaga g‘adir–budir ishlov berilgan bo‘lsa, qoplama qatlami asosiy metall bilan shunchalik yaxshi ilashadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling