4 ma’ruza 4-mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash reja
Harakatchan birikmalarning zichlovchi moslamalari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
М-4
2.5. Harakatchan birikmalarning zichlovchi moslamalari.
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarining zichlovchi qurilmalari jihozlariga yuqori talablar qo‘yiladi. Bunga sabab, ularning portlashga va yonginga xavfli ishlab chiqarish, zaharli muxit, shuningdek, yuqori temperatura va bosimlarda ishlashidir. Bularning hammasi yaxshilab montaj qilish va o‘z vaqtida sifatli qilib zichlagich qismlarini ta’mirlash zarurligidan darak beradi. Zichlagichlarning vazifasi – agar uskunalar vakuum sharoitida ishlayotgan bo‘lsa, uskuna ichiga havo kirgizmaslik, bosim ostida ishlayotgan uskunalardan muxit sizib chiqmasligini ta’minlashdir. Uskunalardan to‘g‘ri chiziqli kiruvchi- qaytaruvchi harakatni hosil qiladigan shtoklar (masalan, porshenli nasoslarda, kompressorlarda, surilma qopqoqlarda) va o‘z o‘qi atrofida aylanadigan vallar (masalan markazdan qochma nasoslarda, aralashtirgichlarda, reaktorlarda) uskunalardan chiqib turgan bo‘lsa, bu uchastkalarni zichlashga to‘g‘ri keladi. Zichlanish talab etiladigan uchastkalardagi shtoklar va vallar shliflangan yoki yaltiratilgan, shuningdek zichlanish amalga oshirilayotgan qo‘zg‘almas detallar va vtulkalarga nisbatan qat’iy markazlashtirilgan bo‘lishi shart. Salniklar oddiy zichlagich moslamalariga yumshoq tiqinli salniklar kiradi. Elastik tiqinli salnikli vtulkada hamma zich to‘lguncha siqish orqali zichlashga erishiladi. Zichlashning sifati kuchi orqali aniqlanadi, ammo tiqinga solishtirma bosim oshirilganda val va tiqin orasida ishqalanish kuchi ortadi. Buning natijasida tiqin qizib ketadi va tez ishdan chiqadi (mo‘rt bo‘lib qoladi), bu esa val yoki shtokning ishdan chiqishini tezlashtiradi. Salnikni tortish uchun zarur bo‘lgan kuchni quyidagi formuladan topamiz: (2.1) bu yerda k=1,2-1,6 ga teng bo‘lgan koeffitsient; p-salnikdan oldin zichlanuvchi hajmdagi bosim; D-tiqinning tashqi diametri; d- val yoki shtok diametri. Agar val bilan tiqin oralig‘idagi tomchilayotgan suyuqlik ishqalanuvchi yuzalarni 1 minutda 60 tomchi tezlik bilan moylasa, salnik ishi qoniqarli hisoblanadi. Bundan tashqari ishqalanish kattaligi tiqin sifatiga, salnik uzunligiga val yoki shtok o‘qi urushi mavjudligiga va chiziqli (aylanma) harakat tezligiga bog‘liq. Tiqin materiali sifatida kanon aylana yoki kvadrat kesim asbob prorizilenli mato (kesim diametri yoki kvadrat tomonlari 4 dan 50 mm gacha). Qonunga ko‘ra, tiqinlarni ularning chidamliligini oshiradigan va zichlagichlardagi ishqalanishlarini kamaytiradigan maxsus tarkiblar bilan shimdiriladi (talk, grafitdan moylab va texnik yog‘ bilan moylab va h.). Ko‘proq uchraydigan ba’zi bir tiqin materiallari xarakteristikasi 2-1 jadvalda keltirilgan. 4 2 2 d D p k P 2-1 жадвал Salniklar tiqinlari uchun materiallar xarakteristikasi Material Shimdirilgan modda Ishchi muxit Ishchi parametrlari Bosim, MPa Temperatura, o S Paxta –unli mato Salo Inert gazlar va bug‘lar 3,0 60 Og‘ir neft mahsu- lotlari 4,0 120 Ishqor eritmasi, organik erituvchi, uglevodorod va moylar 0,6 80 O‘zakli sovun va glitserin Yengil neft mahsu- lotlari 0,6 40 Asbest Inert gazlar va bug‘lar - 400 Ishqor eritmalari 0,6 200 Oksidlovchi gazlar va bug‘lar 2,5 300 Grafit Konsentr. mineral kislota, organik erituvchi, ugle- vodorod va moylar 0,6 150 Salo, grafit Suv bug‘i 2,5 300 Polinvinilxlorid Oksidlovchi gaz va bug‘lar, konsentr. mineral kislotalar 0,6 60 Suyuq shisha Oksidlovchi gaz va bug‘lar 2,5 400 Mis simli asbest Salo Suv bug‘i 4,5 400 Salo va grafit Mazut, kerosin, solyar moyi, gazoyl 3,0 200 Rezinalashgan shnur Kislota va ishqor suyultirilgan eritmasi 1,6 60 Ishqor eritmalari 0,6 - Suv, tuzlar neytral eritmalar 4,0 - Muxit xususiyatlariga qarab, 40 o S gacha temperaturada va yuqori bosimda, rezinadan, charmdan yoki polivinilxloriddan, U-simon, shevronli, yoqasimon manjetli zichlagichlar qo‘llaniladi. Montaj shakllari turli bo‘lgan monjetli zichlagichlar, salnikli tiqinlarga qaraganda sezilarli darajada kam taranglik kuchi talab etadi va valga ishqalanish ularda birmuncha kamroq. Ishchi muxitning yuqori temperaturalarida va shtoklarning kichik harakat tezligida metall va yarimmetall yumshoq antifraksion qotishmalardan (masalan, 60% қўрғошин, 37% мис ва 3% никель таркибли қотишма) графит шимдирилган асбестли ўзакдан ясалган бўшликка эга бўлган халқали зичлагичлардан фойдаланилади. Бу зичлагичлар юқори босимларда ҳам яхши ишлайди. Салник узунлиги (тиқин халқалари сони) босимга ва вал ва втулка орасидаги тирқишга боғлиқ. Кўпинча, тиқин участкаси узунлиги салникли втулка диаметрига тенг деб олинади, одатда халқалар сони 10 дан ошмайди. Салникни тортиб боғлашда ҳар бир тиқин халқасига тушаётган босимнинг бир хил бўлишига эришиши шарт. Акс ҳолда, ўта юклатилган кучли босим тушаётган халқалар тез қизиб кетади ва ишдан чиқади, бу эса зичланишни жараён давомида кейинги тортиб боғлаш йўли билан зичланишни қайта тиклашда қийинчилик туғдиради. Кимё ва нефтни қайта ишлаш заводлари ускуналарининг салникли зичлагичлари иссиқ, коррозлон ва заҳарловчи мухитда ишлайди, шунинг учун зичловчи суюқликни узатиш учун оралиқ халқалар (фонарлар) ўрнатилади (2.7-расм). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling