4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.
Kelasi zamon. Mavjud darsliklarda grammatik illyuziya natijasida kelasi zamonning ikki ko‘rinishi
farqlanadi: a) kelasi zamon aniqlik shakli; b) kelasi zamon gumon shakli. Kelasi zamon ZK UGMsini «nutq momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Bu zamon: a) [-a], [-y] (O‘zbek qizlari sevgisini aytmaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor) Bolang uch-to‘rt qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qah.); b) [-(a)r/mas] (Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas. (Oyb.) SHu atrofda yurgandir, kelib qolar. (S.An.)) affikslari orqali ifodalanadi. (SHu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, darsliklarda zamon shakllari sanalganda, undan keyin albatta shaxs-son shakllari kelishi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda ZK kesimlikning dialektik bog‘langan bir tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun hadeb zamon shaklidan keyin shaxs- son shakli bo‘lishini ta’kidlab o‘tirishni ortiqcha deb bildik. CHunki ular ajralmas.) Kelasi zamon fe’lining [ekan], [emish] to‘liqsiz fe’li bilan yasalgan eshitilganlik, keyin bilganlik ma’nosini ifodalovchi shakli gumon ma’nosini ifodalamasligi ta’kidlanadi: (ishlar ekan), (kelar ekan); (ishlar emish), (kelar emish) kabi. Bunda to‘liqsiz fe’llarda zamon ma’nosi yo‘q. Zamon shaklning [-ar] qismi orqali ifodalanadi. Umuman olganda, to‘liqsiz fe’llar fe’ldan boshqa so‘zlar kesim vazifasida kelganda ularga zamon va modal ma’nolarni birgalikda beradi. Fe’llarni shakllantirganda esa sintetik-analitik shaklning affiks qismi zamon ifodalab, to‘liqsiz fe’l zimmasiga modal munosabat ifodalashgina yuklatiladi. Qiyoslang: ishchi ekan – ishchi bo‘lgan ekan, o‘qigan emish. Keyingi ikki misolda [-gan] shakli zamon, to‘liqsiz fe’llar modal munosabat ifodalagan. Affikslar ko‘chma ma’nolarda ishlatilishi ham mumkin. Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling