4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

Buyruq-istak mayli shakllarining asosiy xususiyati – so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq holdagi 
harakatga undash, shu harakatga da’vat etish, qo‘zg‘atishni ifodalash. U [-ay][-gin][-sin][-aylik][-ing
shakllari orqali yuzaga chiqadi: (boray)(borgin), (borsin), (boraylik)(boring(izlar)) kabi. Ifodalovchilar 
birlik va ko‘plikda, shaxs va sonda farqlanadi. 
Buyruq-istak maylida: a) sof buyruq, da’vat, iltimos; b) istak ma’nolari qorishadi.
Birinchi ma’no ikkinchi ((yo‘qoling), (yondiring), (kuldirmagin)) va uchinchi shaxsga (borsin, 
borsinlar), ikkinchi ma’no esa so‘zlovchining o‘ziga qarata (boray, aytay) ifodalanadi. 
Buyruq-istak mayli ifodalovchilari bundan boshqa ma’nolarni («to‘siqsizlik», ma’no kuchaytirish va 
h.) ifodalashi ham mumkin. Ammo unda mayl UGMsi tajallisi bo‘lmaganda mayl ma’nosi doirasida 
o‘rganilmaydi. 
Maqsad mayli subyektning kesimdan anglashilgan harakatni bajarish maqsadini, niyatini
mo‘ljalini bildiradi: (bormoqchiman), (bormoqchisan), (bormoqchi); (bormoqchimiz), (bormoqchisiz)
(bormoqchilar). 
Maqsad mayli ma’nosi [-moqchi], [-moqchi edi] ko‘rsatkichlari yordamida ifodalanadi: U hozir 
hammaning kallasini g‘ovlatgan shum xabarni yo hech o‘ylamayapti, yoki bu gapning menga sira daxli 
yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi. (A.Mux.) Domlaning yer olgani rost, buni Saidiyga bildirmoqchi emas edi. 
(A.Qah.) 
Zamon shakllari, ularning UGMsi va XGMsi. 
«Payt valentligiga ta’sir etish orqali kesimni shakllantirishda ishtirok etish va undan anglashilgan 
voqelikning nutq momentiga munosabatini ifodalash» - zamon kategoriyasi (qisq. ZK) ning UGMsi. Fe’lda 
bu UGMdagi voqelik uzvi harakat tarzi ko‘rinishida xususiylashadi.
Voqelikning nutq momentiga munosabatiga qarab uch xil zamon farqlanadi:
a) nutq momentigacha bo‘lgan voqelik – o‘tgan zamon;
b) nutq momentidagi voqelik – hozirgi zamon;
d) nutq momentidan keyin bo‘ladigan voqelik – kelasi zamon.
Shu boisdan zamon UGMsining uchta xususiy ko‘rinishi farqlanadi: 
1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon
Ularni ifodalovchi shakllar ham shunga muvofiq uch guruhga ajratiladi. 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling