4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja


Download 409.72 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi409.72 Kb.
#1473417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja

Gipoderma (ostki qatlam). Kutikulaning tagida gipodermis deb ataladigan hujayrali to’qima yoki sintsial qatlam mavjud. Buni gipoderma deyiladi. Odatda, gipodermis tsitoplazmatik naychadan iborat bo’lib, 4 ta ichki qalinlashuv bo’ylamaga ega: dorsal, ventral va 2 lateral (yonbosh) gipodermal xordalardan tashkil topgan (Filipьev, 1921).


Ba’zi nematodalarning gipodermasida lateral xordalarda joylashgan va kutikuladagi teshiklardan tashqariga ochiladigan bir hujayrali bezlar mavjud. Gipodermada dum (kaudal) bezlari joylashgan bo’lib, ular dumning eng uchida tashqi tomonga mayda o’simta - spinneret (spinneret) orqali ochiladi.
Tananing bo’ylama muskullari gipodermaga biriktirilgan shpindel shaklidagi muskul hujayralarining bir qatlamidan iborat. Gipoderma orqali xorda muskullari 4 ta bo’ylama muskul maydoniga bo’linadi. Agar bunday maydonlarning birida oz miqdordagi muskul hujayralari bo’lsa, ular muskullarning meromatik turi va nematodalar uchun ular meromiar deb nomlanadi. Agar maydonlar ko’plab muskul hujayralaridan iborat bo’lsa, u holda bu muskul turi polimiar, nematodalar esa polimiarlar deb ataladi.
Tananing egilishi va nematodalarning harakatlanishini ta’minlaydigan bo’ylama muskullardan tashqari, qizilo’ngach, ichak, anal teshigi, vulva, bursa va spikulalar maxsus muskullardan tashkil topgan.
Fitonematodalarga tavsif berish va turini aniqlashda anatomo morfologik xususiyatlaridan tashqari, bir qator uzunlik o’lchovlari hamda indekslaridan foydalaniladi (tana uzunligi, eni, og’iz bo’shlig’ining uzunligi, stilet, qizilo’ngach, dum, spikulasi, rulyoklarining o’lchami va boshqalar).
Gollandiya olimi de Man 1884 yilda quyidagi indekslarni taklif etgan:

L = tana umumiy uzunligi


a

в



с




d


е



z




V %



Т




Download 409.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling