4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja


-rasm. Turli nematodalar qizilo’ngachlari va ayiruv organlarining


Download 409.72 Kb.
bet9/12
Sana09.06.2023
Hajmi409.72 Kb.
#1473417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja

6-rasm. Turli nematodalar qizilo’ngachlari va ayiruv organlarining
(Hischmann bo’yicha, 1960) tiplari.
1 - mononxoidlar (Mononchidae), 2 - dorilaymidlar (Dorylaimus), 3 - bulьboidlar (Ethmolaimus), 4 - rabditidalar (Rhabditis), 5 - diplogasteroidlar (Diplogaster), 6 - tilenxoidlar (Tylenchorhynchus), 7 - tilenxoidlar (Helicotylenchus), 8 - tilenxoidlar (Neotylenhus), 9 - afelenxoidlarda (Aphelenchus) ichakning tuzilishi; 10 - rabditidalar tipida ekskretor sistema tuzilishi, 11 - tilenxoidlar tipida ekskretor sistema tuzilishi, 12 – ba’zi nematodalarda tananing ventralь qismida joylashgan ayiruv bezlari hujayralari, bobm – bulьbusning orqa bezli muskullari, toqsb – tananing orqa qismidagi soxta (shishsimon) bulьbus, mkmb – metakorpalь muskulli bulьbus, nh – nerv halqasi, ob – og’iz bo’shlig’i.
O’rta ichak - mezenteron qizilo’ngachning oxiridan butun nematod tanasi bo’ylab joylashgan. Uning hajmi va shakli mutlaqo nematodaning o’lchamiga va shakliga bog’liq. Ichak devori bir qavat epiteliya hujayralaridan iborat. O’rta ichakning orqa qismi (ko’pincha Dorylaimoidea larda) oldingi qismidan rangi va shaklida aniq ajratish mumkin bo’lgan qismlardir. Bu holda u prerektum deb ataladi. Ikkinchisi orqa ichakdan devorining hujayrali tuzilishi bilan osonlikcha ajralib turadi.
Orqa ichak - rektum odatda nematodalarning ko’pchiligida juda qisqa va ingichka bo’ladi. Rektumga ochiladigan maxsus rektal bezlar uning yonida joylashgan. Heteroderidae oilasi vakillarida, urg’ochi tuxumdonlari rektal bezlarining sekretsiyasi natijasida tuxum xaltachasi hosil bo’ladi.
Nafas olish va qon aylanish organlari. Nafas olish va qon aylanish organlari rivojlanmagan.
Jinsiy organlari
Nematodalar ayrim jinsli hayvonlardir, boshqacha aytganda, ularning urg’ochisi ham, erkagi ham bor. Ulardagi ikkilamchi jinsiy xususiyatlar har doim ko’proq yoki kamroq aniq namoyon bo’ladi. Ko’pgina hollarda erkaklar urg’ochilarga qaraganda kichikroq va ularning dumlari odatda ventral tomonga egilgan. Ayrim o’simlik parazitlarida aniq jinsiy demorfizm kuzatiladi. Shunday qilib, masalan, Heterodera, Meloidogyne va Meloidodera avlodlarida urg’ochilar juda shishgan tanaga ega va ular oddiy nematodalarga o’xshamaydi; ularning erkaklari qurtga o’xshaydi.
Ayrim parazitar avlodlarda jinsiy dimorfizm, ularning tarkibidagi erkak nematodalarning aniq rivojlanmaganligidadir (Paratylenchus, Hemicycliophora, Criconemoides): ular kichik kattalikda va nayzasi bo’lmaydi. Ammo bu nematodalarning urg’ochilarining og’zidagi nayzasi juda katta o’lchamga ega. Ikkala jinsdagi nematodalarning reproduktiv organlari 1-2 ta jinsiy naychalardan iborat (ba’zi hollarda jinsiy naychalar soni sezilarli darajada ko’payishi ham mumkin). Odatdagidek, nematodalarning jinsiy hujayralari (tuxum va spermatozoidlar) faqat jinsiy naychalarning uchlarida rivojlanadi. Naychalar aslida gonadalarning boshlang’ich qismi hisoblanadi.

Download 409.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling