4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja
Download 409.72 Kb.
|
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo’ngach.
Ctilet. Ko’p nematodalarning og’iz bo’shlig’ida maxsus xitinoidli organ - nayza yoki stilet mavjud bo’lib, u o’simlik hujayralarini teshishga xizmat qiladi.
Nayza maxsus muskullar bilan jihozlangan bo’lib, uning harakatini ta’minlaydi. Ushbu mushaklar yordamida (retraktorlar, protraktorlar) og’iz bo’shlig’i orqali tashqi tomonga chiqishi va ichkariga tortilishi mumkin. Nayzaning ichi tor bo’shlig’iga ega bo’lib, u orqali nematod qizilo’ngach bezlari sekretsiyasini o’simlik hujayralariga yuboradi, ular hujayralar tarkibini qisman hazm qilishga, so’rilishi mumkin bo’lgan holatga keltiradi. Ko’pgina tilenxidlarda (Tylenchida) metakorpal bulbus qizilo’ngachning ritmik qisqarishi natijasida oziq-ovqatning so’rilishi sezilarli darajada osonlashadi. Dastlab, tilenxidlar nayzasini stomatostil deb atash mumkin, chunki u og’iz bo’shlig’ida hosil bo’ladi. Rivojlanishning ushbu turidan farqli o’laroq, dorilaymid nayzasi (Dorylaimida) qizilo’ngachning chap tomonida, orqada joylashgan maxsus hujayradan hosil bo’ladi. Bog’lanish paytida u asta-sekin oldinga siljiydi va og’iz bo’shlig’ida o’z o’rnini egallaydi. SHuning uchun dorilaymidlarning nayzasi odatda odontostil (tish) deb yuritiladi. Qizilo’ngach. Qizilo’ngach - bu og’iz bo’shlig’i va qizilo’ngach ichak qopqog’i, kardiya o’rtasida joylashgan oldingi ichakning qismi. Qizilo’ngachning oldingi uchi ba’zan og’iz bo’shlig’ini to’liq yoki qisman o’rab oladi. Ichki xitinoid qoplamadan tashqari qo’shimcha ravishda qizilo’ngach og’iz bo’shlig’ida bo’lmagan maxsus membrana bilan qoplangan. Membrana bilan xitinoid qoplama o’rtasida hujayrali bo’lmagan qatlam - sintsitiy mavjud bo’lib, ular mushak, nerv, bezlar va boshqa hujayralarni o’z ichiga oladi. Ammo I.N.Filipyev (1934) Phanodermatinae kenja oilasidagi dengiz nematodalarida qizilo’ngach devoridagi hujayralar chegaralari aniq ko’rinib turganligini ta’kidlaydi. Ushbu qizilo’ngachda uch tomonlama ya’ni 1 dorsal va 2 subventral devor mavjudligi bilan xarakterlangan qizilo’ngachning asosiy xususiyati hisoblanadi. Plectus va Rhabditis avlodining nematodalarida qizilo’ngach keskin ravishda 3 sektorga bo’linadi. Har uchala qizilo’ngach tipi bitta, ikkita yoki uchta qismlardan iborat. Istmus - qizilo’ngachning tanasi va uning terminali shishgan joyi orasidagi toraygan qismi istmus hisoblanadi. Qizilo’ngachning orqa qismi ko’pincha bezli bo’lib, qizilo’ngach bezlarini ham o’z ichiga oladi. Qizilo’ngachning bu 2 organini bog’laydigan ichaklar bilan chegaralangan. U nematodalarning turli guruhlarida xarakterli ko’rinishga ega bo’lib, hajmi va shakli jihatidan juda katta farq qiladi (6- rasm). Download 409.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling