4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja


Semifenestrlilar guruhi (semi-yarim fenestra-darcha)


Download 409.72 Kb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi409.72 Kb.
#1473417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja

1. Semifenestrlilar guruhi (semi-yarim fenestra-darcha)
Bu guruhga limonsimon shakldagi tsista turlari mansub bo’lib, ularning darchalari vulьva o’rni bilan teng ikkiga bo’linadi. Semifenestrlilar guruhi, o’z navbatida, 2 ta kichik guruhlarga bo’linadi:
a) bifenestrli (bi-ikkita) darcha keng vulьva o’rni bilan bo’linib, polufenestrlar xuddi 2 ta alohida bo’laklarga o’xshab qoladi. Fenestrning rasmi cho’ziq «8» raqamini eslatadi. SHunga ko’ra vulva ko’prigi darcha eniga nisbatan ensiz bo’ladi. Umumiy darcha uzunligi eniga nisbatan taxminan ikki barobar uzun bo’ladi.Bifenestrlilar guruhiga Bidera va Heterodera (H.humuli) avlod vakillari kiradi. b) Ambifenestrlilarda (ambi-qo’shqavat) vulьva ko’prigining ensizligi va ikkita alohida bo’laklarga bo’linish hollari kuzatilmaydi. Fenestr rasmi siqishtirilgan «8» raqamini eslatadi. Darcha deyarli teng yoki birmuncha eniga nisbatan uzunroq. Ambifenestrlilar guruhiga Heterodera avlodining ko’pgina turlari kiradi.
2. Sirkumfenestrlilar guruhi (circum-yumaloq)
Bu guruh vakillarida vulьva ko’prigi kuzatilmaydi.
Avvalida urg’ochisining vulьvasi duksimon shaklda bo’lib, organizmning qarishi bilan kengayib boradi va oxir-oqibat yumaloq shaklni egallaydi. Bu guruhga Globodera, Cactodera hamda Punctodera avlod vakillari kiradi.
Sista hosil qiluvchi fitonematod turlarini aniqlashdagi o’ziga xos belgilar qatoriga, shuningdek, vulva uzunligi, fenestrlar, endokutikulyar zichlik, vulьva konusida pastki ko’prikning bor yoki yo’qligi, tsistalarning rangi, subkristalli qavat va tuxum xaltalarining mavjud yoki mavjud emasligi ham kiradi. Yuqorida sanab o’tilgan belgilar bilan bir qatorda turini aniqlashda erkagi, lichinkasi va tuxumlarining uzunligi, eni hamda morfologik belgilari ham hisobga olinadi.
Ildiz bo’rtma fitonematodalari ham boshqa o’simlik parazitlari singari qishloq xo’jalik ekinlarida parazitlik qilib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Odatda ildizning shikastlangan joyida har xil kattalikdagi (1 mm dan 5-6 sm. gacha) bo’rtmalar hosil bo’ladi. Yosh bo’rtma fitonematodalar voyaga yetgunga qadar 4 ta lichinkalik yoshini o’taydi. Birinchi yoshdan lichinka tuxum po’sti ichida rivojlanadi va shu yerda po’st tashlab, ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Tuxum po’stini yorib tashqariga chiqqan lichinkalar bir necha kundan keyin o’simliklarni zararlay oladigan (invazion) davrga o’tadi. Ular stileti yordamida ildizning o’suv nuqtasi po’stlog’ini teshib, o’simlik to’qimasi ichiga kirib oladi. SHundan keyin lichinkalarning ildiz hujayralari shirasini so’rib parazit hayot kechirish davri boshlanadi. Ildiz to’qimasiga o’rnashib olgan parazit, o’zining ovqat hazm qilish bezlaridan fermentli suyuqlik (so’lak) ishlab chiqaradi. Uning ta’sirida o’simlik hujayralarining bo’linish jarayoni tezlashib, hujayra qobig’i eriydi va ko’p yadroli yirik (gigant) hujayralar hosil bo’ladi. Bu hujayralar odatdagi hujayralarga nisbatan 5-10 marta katta bo’ladi. Bunday hujayralarning tez bo’linishi natijasida ildizning fitonematoda kirgan qismi sekin-asta yo’g’onlashib boradi. Faol ovqatlanish natijasida parazit lichinkalarining bo’yi tobora cho’zilib, eni esa yo’g’onlasha boshlaydi. Ular yana ikki marta po’st tashlab, uchinchi hamda to’rtinchi yoshdagi lichinkalik davriga o’tadi. Ulardan esa erkak va urg’ochi fitonematodalar rivojlanadi. Urg’ochi fitonematodalar ildiz ichida harakatlanmaydi, o’troq hayot kechirganligi sababli, uning harakatlantiruvchi muskullari rivojlanmagan. Tuxum qo’yishdan oldin urg’ochi fitonematoda jinsiy teshigi atrofiga biroz yelimsimon suyuqlik ishlab chiqaradi va uning ichiga tuxumlarni qo’yadi. Ana shu suyuqlik keyinchalik qotib, tuxum xaltachasini hosil qiladi.
Fitogelmintlarning hayotiy faoliyati davomida o’simliklardagi moddalar almashuvi va mexanik buzilishlar natijasida o’simlik-xo’jayinning butun organizmida og’ir kasallik (fitogelьmintoz) lar vujudga keladi.
Fitogelmintlarning o’simliklarga asosiy yetkazadigan zarari, ular organizmida salbiy fiziologik va bioximiyaviy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Buning natijasida o’simlik kasallanib, o’suvdan qoladi, hosil bermaydi va natijada o’ladi.


Download 409.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling