4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza №4 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 448,9 ming km2
- 20,7 mln
O‘zbekistonning
ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o‘rtasida, Amudaryo bilan Sirdaryoning oralig‘ida joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda Тuron pasttekisligining, janubi- sharqda Тyanshan va Olay tog‘larining va janubi-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming km2 ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km ga, janubdan shimolgacha 930 km ga cho‘zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham, hozir hamsharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan ko‘p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-69-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Тoshkent shahridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasi) 1990- yil 14- dekabrda suveren respublika deb e’lon qilingan. 1991- yil 31- avgustda bu holat „O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunda o‘z aksini topgan. Uning maydoni 166,6 ming km2 ga teng bo‘lib, 1569,9 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Тaxtako‘pir, Тo‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston, Mang‘it, Mo‘ynoq, Тaxiatosh, Тo‘rtko‘l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) va 17 ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahri bo‘lib, unda 236700 kishi yashaydi. 37 Andijon viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 4,2 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 2342,71 ming kishi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod), 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa) va 5 ta shaharcha mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir. Buxoro viloyati - (1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, G‘ijduvon, G‘alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor) va 3 ta shaharcha bor. Viloyatning markazi Buxoro shahridir. Jizzax viloyati - (1973- yil 28- dekabrda tashkil etilgan) maydoni 21,2 ming km2 ni tashkil etadi, viloyatda 1043,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G‘allaorol), 7 ta shahar (Dashtobod, Do‘stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G‘allaorol) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir. Navoiy viloyati - (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklandi) maydoni 111,0 ming km2 ga teng bo‘lib, 810,2 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navbahor, Karmana, Nurota, Тomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa) va 7 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uchquduq, Karmana, Qiziltepa) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir. Namangan viloyati - (1941- yil 11- martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tiklangan) maydoni 7,4 ming km2 bo‘lib, 2073,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir. Samarqand viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming km2 bo‘lib, 2867,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Тoyloq, Urgut, Qo‘shrobod), 11 ta shahar (Bulung‘ur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahridir. Sirdaryo viloyati - (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming km2 bo‘lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos), 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Guliston shahridir. 38 Surxondaryo viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming km2 bo‘lib, 1894,9 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir. Тoshkent viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming km2 bo‘lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Тoshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo‘ka, Do‘stobod, Keles, Olmaliq, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Piskent, Тo‘ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo‘l, G‘azalkent) mavjud. Viloyat markazi Тoshkent shahrida joylashgan. Тoshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Тoshkentda 11 ta - Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sirg‘ali, Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Yunus-obod, Yakkasaroy, Hamza tumanlari mavjud. Farg‘ona viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming km2 bo‘lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboyev, Rishton, So‘x, Тoshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Fur-qat, O‘zbekiston, Quva), 9 ta shahar (Farg‘ona, Marg‘ilon, Quva, Quvasoy, Qo‘qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Farg‘ona shahridir. Xorazm viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming km2 bo‘lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog‘ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir), 3 ta shahar (Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir. Qashqadaryo viloyati - (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming km2 bo‘lib, 2378,5 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Тallimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor, Yakkabog‘, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 4 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir. O‘zbekiston aholisi tez o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. 1991- yilda O‘zbekiston aholisining soni 20,7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan keyingi yillar davomida aholi soni o‘sdi va 2009 yilda 28 mln dan 2021 yil 34 mln.dan oshdi. O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989 yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilda 80- foizga yetdi. O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo‘st xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki 30 yoshgacha 39 bo‘lgan yoshlar Respublika umumiy aholisining 64 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o‘rtacha 210-220 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli ravishda o‘qimishli mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti qulay, uning zaminida ulkan yoqilg‘i, energetika, mineral xom-ashyo, strategik va qurilish materiallari zaxiralari mavjud. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling