4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana11.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1698562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza №4 (1)

Davlat rahbari Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet 
O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21 avgust soni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1991- yil 21 avgustda o‘z farmoni bilan 
O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar 
hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va 
O‘zbekiston 
SSR 
Konstitutsiyalariga 
hamda 
qonunlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR da favqulodda 
holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari 


28 
haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda 
urinishlari natijasida 1991- yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar 
ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik 
kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar 
qamoqqa olindi. M.S. Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq 
mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj 
bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I.A. 
Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini 
bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi 
Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-
qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika 
kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvatlashga majbur 
qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS 
Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida 
bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va 
Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991- yil 25 - avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon 
qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik 
qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida 
joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston 
Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik 
qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida 
joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari 
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling