4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza №4 (1)
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, tarixiy qisqa vaqt ichida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Tarixiy nuqtayi nazardan qisqa vaqt ichida ulkan zafarlar qo‘lga kiritildi. Erishilgan muvaffaqiyatlar asosida nimalar yotishini tahlil qilish, xulosalar chiqarish kelajakdagi taraqqiyot uchun zamin bo‘ladi. Bunday farahli kunlarda o‘tmishga yana bir bor nazar tashlash, ya’ni mustaqillikning qo‘lga kiritilishi arafasida respublikada hukm surgan ijtimoiy- siyosiy vaziyatni ko‘z oldimizga keltirib, eslashimiz zarur. Mustaqillikka intilish xalqimiz hayotida u yoki bu ko‘rinishda sobiq Sovet imperiyasi hukmronlik qilgan davrda ham namoyon bo‘lib turdi. U faqat 1991- yilga kelibgina ro‘yobga chiqdi. Buning bir qancha sabablari bor. Eng asosiysi, kishilik jamiyatining uzoq tarixidan ma’lumki, har qanday imperiya o‘zi yaratilgan kundan boshlab o‘limga mahkumdir. Chunki uning maqsadi mustamlaka mamlakat xalqlarini ezish, uning moddiy boyliklarini talash bo‘ladi. Shunday maqsadni ko‘zlagani uchun ham u bo‘ysundirilgan xalqlarning tobora ko‘proq qarshiligiga uchraydi, ularni boshqarish borgan sari qiyinlashib boradi, pirovard natijada imperiyaning o‘zi inqirozga yuz tutadi. Mustabid tuzum hukmronligini yodga olsak, 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida mamlakatda umumiy inqirozning ko‘rinishlari yaqqol namoyon bo‘la bordi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish asta-sekin so‘na bordi. Masalan, 1987 yilda O‘zbekistonda milliy daromad kishi boshiga 1985 yildagiga nisbatan 94,5 % ni tashkil qildi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi 1986- 1990 - yillarda biron marta ham 1985 yildagi darajaga yetib bormadi. Bu davrlarda sanoat va qishloq xo‘jaligining bir qancha sohalarining nafaqat kishi boshiga, balki mutlaq miqdori ham kamayib ketdi. Po‘lat, traktor, paxta terish mashinalari, ekskavator, ko‘prikli kran, qog‘oz, paxta tolasi, shohi gazlama, go‘sht ishlab chiqarish miqdori ancha kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham paxta va sabzavot turlarining hosildorligi pasaydi. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, o‘rtacha ish haqi to‘lash va boshqa ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Rossiyadan deyarli ikki barobar orqada qola boshladi. Ijtimoiy-madaniy sohalarga e’tibor tobora kamayib bordi. Achinarlisi shundaki, maorif, fan, sog‘liqni saqlash oqsay boshladi. Agar 1985-yilda maorif va fanga, umumiy ijtimoiy-madaniy tadbirlarga yo‘naltirilgan mablag‘ning 46,3 % sarflangan bo‘lsa, 1991- yilga kelib bu ko‘rsatkich 25,2 % gacha kamayib ketdi. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya sohasida ham bu ko‘rsatkich 18,0 % dan 12,7 % ga pasaydi. 21 Mamlakat mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasidagi eng katta fojealardan biri – bu millatlararo munosabatlar hamda respublikalar bilan markaz o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi bo‘ldi. Uning bir qancha obyektiv va subyektiv sabablari mavjud edi. Ularga, jumladan quyidagilarni kiritish mumkin: - ijtimoiy muammolarning yechimini topishda milliy respublikalarning xususiyatlarini (ko‘p bolalilik, og‘ir ekologik vaziyat, turli kasalliklarning ortib borishi, urf-odatlar, qadriyatlar) hisobga olmaydigan eskicha usullarni qo‘llashning davom ettirilishi; - ittifoq ijro etuvchi hokimiyatini shakllantirishda aksariyat rahbar lavozimlarni rusiyzabon shaxslar egallashining davom etayotganligi oqibatida joylarda ruslarga nisbatan salbiy munosabatning kuchayganligi va jamiyatdagi ko‘p nuqsonlar rusiyzabonlarning faoliyati bilan bog‘liq degan asoslanmagan fikrning tug‘ilganligi; - teng huquqli ittifoqni shakllantiradigan yangi shartnomani ishlab chiqishda markaziy hokimiyatning sustkashlik qilishi, markazning ko‘proq o‘z mavqeini mustahkamlashga e’tibor berib kelganligi, joylarga haqiqiy mustaqillik berishdan qo‘rqish; - ilgari qatag‘on qilingan xalqlar: qrim tatarlari, koreyslar, mesxeti turklari, nemislar va boshqalarning rasmiy ravishda o‘z huquqlari va davlatchiligini tiklashi borasida deyarli hech qanday xayrli ish qilinmaganligi; - rasmiy hokimiyatning Ittifoqqa kirgan O‘rta Osiyo respublikalari o‘zlarini boqa olmasdan qarz hisobiga yashayotganligi haqidagi ta’nalari mahalliy millatlarning g‘ururiga tegdi va ularni kamsitdi. Bunday salbiy munosabat ularda markazga nisbatan ishonchsizlik va qarshilikni kuchaytirdi. Yangi mustaqillikka erishgan yurtimizda o‘sha davrda hukm surgan ijtimoiy tanglikning yana bir ko‘rinishi siyosiy manqurtlik bilan bog‘liq. Bu nafaqat oddiy fuqarolar dunyoqarashiga aloqador, balki, birinchi navbatda, respublikada yuqori lavozimlarni egallab turgan rahbarlarga ham tegishlidir. Ular respublikadagi inqirozni faqat chetdan yuborilgan rahbar kadrlar orqali tuzatish mumkin, deb o‘yladilar. Shunday takliflar bilan markazga murojaatlar qilindi. Mahalliy urf-odatlar va turmush tarzidan umuman bexabar va uzoq, markazdan keltirilgan 400 nafardan ortiq partiya, sovet, xo‘jalik xodimlari respublikaning turli rahbarlik lavozimlarini egalladilar. O‘zbekiston Kompartiyasining XVI plenumidan (1984-y.) keyin o‘tgan atigi 1,5 yil mobaynida viloyatlar partiya qo‘mitalarining 65 nafar kotibidan 40 nafari almashtirildi, ulardan 9 nafari birinchi kotib, 260 nafari shahar va tuman kotiblari etib tayinlandilar 6 . Bu almashtirishlar boshqa sobiq sovet va xo‘jalik organlarini ham chetlab o‘tmadi. Natijada rahbar xodimlarning aksariyatida kelajakka ishonchsizlik, umidsizlik, vazifalariga nisbatan mas’uliyatsizlik tuyg‘usining 22 kuchayishi sezilgan bo‘lsa, boshqa bir qismida mavjud vaziyatdan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini qondirish uchun egallab turgan mansabini suiiste’mol qilish hollari kuzatildi. Bunday sharoitning vujudga kelganligi esa, o‘z navbatida, boshqarish tizimini ham izdan chiqardi. Iqtisodiy muammolarning hal qilinmaganligi, turmush darajasining pasayishi, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi, boshqaruvning izdan chiqishi, qonuniylikning buzilishi va boshqalar jamiyat turli tabaqalarining o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida norasmiy, mavjud qonunlarda ko‘rsatilmagan yoki man qilingan jamoalar va harakatlarga birlashishga majbur qildi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy hayotning siyosiylashuviga olib keldi. Bu jarayon, ayniqsa, 1988-yildan boshlab avj oldi. O‘zbekistonda dastlab «Birlik», keyinchalik «Erk», «Interdvijeniye» harakatlari, yoshlar hamda ayollarning turli jamiyatlari vujudga keldi. Bunday ijtimoiy harakatlar va jamiyatlarning boshlang‘ich faoliyatida mehnatkashlar siyosiy ongini o‘stirish borasida ba’zi bir ijobiy natijalarga erishildi, desak xato bo‘lmaydi. Ushbu jamoat tashkilotlari o‘zbek tilining mavqei, tarixiy qadriyatlar va vijdon erkinligini tiklash hamda respublikaning mustaqillikka erishuviga muayyan hissa qo‘shdilar. Lekin keyinchalik rasmiy rahbariyatga qarshi turishni o‘zlarining asosiy quroliga aylantirib, ehtirosga berilib, o‘z maqsadlaridan og‘ib ketdilar. Ko‘pchilik muammolar ijobiy hal bo‘lganiga qaramay, fuqarolarni mitingbozlik va tartibbuzarlikka chaqirdilar. Ba’zi hollarda jinoiy ishlarga qo‘l urishga ham jur’at qilganliklari sababli, xalqning e’tiboridan qoldilar va xalq ishonchini yo‘qotdilar. Ana shunday og‘ir vaziyatda xalq manfaatlari va respublikaning kelajagini o‘ylaydigan sofdil hamda adolatparvar rahbarlar ham topildi. Ular endi Markaz vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga mutlaqo layoqatsiz ekanligiga ishonch hosil qildilar, shuning uchun ham respublikaning mustaqilligini ta’minlash yo‘llarini va choralarini izlab topa boshladilar. 1989 - yilning iyunida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimiga I. A. Karimov saylanib, uning rahbarligida bunday ishlar tobora izchillik bilan amalga oshirila boshladi. Bugungi kunda ba’zilarga mustaqillikka osonlikcha erishilgandek bo‘lib ko‘rinadi. Aslida, sobiq Kommunistik partiya hukmronlik qilib, butun repressiv apparatni o‘z qo‘lida ushlab turgan kezlarda respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka intilayotganining ba’zi bir ko‘rinishlari bilan bog‘liq tadbirlarni ochiqdan-ochiq amalga oshirish o‘ta mardlik, shijoat va qat’iyatni talab qilar edi. Bu damlarni sanab va eslab o‘tishning o‘zi ham mustaqillikning ba’zilar o‘ylaganchalik oson qo‘lga kiritilmaganligidan dalolat beradi. Masalan, 1989 - yilning 21- oktabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu tarixiy voqeaning mohiyati shundaki, u faqat milliy ma’naviyatni tiklashga qaratilgan bo‘lib qolmay, o‘sha paytda mahalliy aholining asosiy qismini tashkil qilgan, mustaqillikka intilayotgan o‘zbeklarning siyosiy qarashlarini ham ifodalagan edi. 23 1989-yil 25-noyabrdagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi respublikaning o‘zini o‘zi boshqarishi va mablag‘ bilan ta’minlashi prinsipiga o‘tishi chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Chunki Markaz respublikaga nisbatan o‘z majburiyatlarini bajarmay qo‘ygan edi. 1990 - yilning 24 - martida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib respublikada Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mustaqillikka erishish borasidagi kurashlarda jonbozlik ko‘rsatayotgan I. A. Karimov bir ovozdan ushbu lavozimga saylandi. Ko‘p o‘tmay, 1990 - yil 18- iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20-iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish- irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi: O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling