4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


partiyaviy jazo berish bilan, go‘yoki


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana11.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1698562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza №4 (1)


partiyaviy jazo berish bilan, go‘yoki, 
muammolarni oldini olish boshlandi. 
1983 yilda SSSR Bosh Prokurori A.M. 
Rekunkov topshirig‘iga ko‘ra, SSSR 
Prokuraturasining alohida muhim ishlar
bo‘yicha tergovchisi 
T.Gdlyan 
boshchiligida mamlakatning turli mintaqalaridan 
to‘plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuziladi va O‘zbekistonga yuboriladi. 
Bu “paxta ishi”ni amaldagi boshlanishi edi.
O‘zbek xalqiga qo‘yilgan tuxmatlar “Paxta ishi” uydirmalaridan boshlangan 
vaqtda xalq xo‘jaligida “jinoiy ishlarga qo‘l urgan” xodimlar javobgarlikka tortilib, 
ular xalq xo‘jaligida “qo‘shib yozishlarga” yo‘l qo‘yilganlikda ayblandilar. 
Qo‘shib yozishlarni tekshirishdan boshlangan tergov guruhining faoliyati asta-
sekinlik bilan rahbarlik lavozimida ishlayotgan kishilarni ham torta boshladi. 
“Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” nomini olib kelgan qatag‘onga keyinroq milliy tus 
berilib, to‘liq “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Natijada mahalliy rahbar xodimlar, 
ziyolilar ham ta’qib ostiga olina boshladi. O‘zbekistondagi bu holatlar haqida 
markaziy matbuot sahifalarida shunchalik ko‘p maqolalar chop etildiki, ulardan 
“xalqimizning tarixi, madaniyati, paxta va paxtakorning mashaqqatli 
mehnatlaridan behabar odamlarda go‘yo, o‘zbeklar turli nopok yo‘llar bilan 
daromad ortirib, yengil -yelpi hayot kechiradi”, degan noto‘g‘ri tasavvur 
tug‘ilishiga sabab bo‘lib kelgan edi. 



Aholini tergov qilish uchun markazdan chaqirilgan tergov guruhiga kirgan 
tergovchilarning asosiy qismi katta bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, noqonuniy 
holatlardan ko‘z yumadigan, topshiriqdarni ko‘r-ko‘rona tarzda bajaradigan 
kishilar bo‘lgan. Tergov guruhiga katta vakolat va imtiyozlar berilgan. Ular soxta 
ayblovlar bilan qonunsizlik yo‘liga o‘tib, tergov jarayonlarida tuhmat, ig‘volar 
uyushtirish, faktlarni soxtalashtirish, kishilarni sohta ma’lumot berishga majbur 
etish, o‘zlariga yoqmagan kishilardan o‘ch olish vositasi sifatida foydalanganlar. 
T.Gdlyan olib borayotgan jinoyat-tergov ishlarining barchasi ochiqdan ochiq 
ayblov yo‘nalishida bo‘lgan. Ko‘plab jismoniy va ma’naviy azoblardan so‘ng 
qamoqqa olinganlar o‘z ayblarini bo‘yinlariga olishga majbur bo‘lganlar.
Tergovchilar gunohi hali isbotlanmagan kishilarni qamoqlarda ashaddiy 
jinoyatchilar bilan birga bir kameralarda ushladilar, ularni shafqatsiz kaltaklab, 
ruhiy azob berib, qo‘rqitib, tergovchilar avvaldan tayyorlab qo‘ygan hujjatlarga 
imzo chekishga majbur etdilar.
Ana shanday qabih yo‘llar bilan tergov guruhi guvohlik beruvchilardan 
o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olgan. Noqonuniy qamoqqa olingan kishilar 
orasida ko‘p bolali onalar, xomilador ayollar, yosh bolalar ham bo‘lgan. Bu 
ishlardan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy “jinoyatchilik”ni fosh etish emas, balki 
mamlakat hayotidagi umumiy salbiy holatlarning aniq bir qo‘rinishi bo‘lgan 
qo‘shib yozishga qarshi harakatlarni to‘xtatish, “temir intizom” bilan milliy 
kadrlarni jazolab, erkin fikrlaydigan ziyolilarni jilovlash, respublikalarda yuzaga 
kelayotgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarni bo‘g‘ib tashlash, milliy ong, fuqaroning 
faolligini ham bir tizginda ushlab turishdan iborat edi. 
T.Gdlyan rahbarligidagi tergov guruhining O‘zbekistondagi faoliyati 
davomida O‘zbekiston SSR prokraturasi va O‘zbekiston SSR Ichki ishlar 
vazirliklarining 20 nafar rahbar xodimi, O‘zbekiston Kompartiyasi MQning to‘rt 
nafar kotibi, viloyatlardagi qo‘mitalarining sakkiz kotibi, O‘zbekiston SSR 
Ministrlar Soveti raisi, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti prezidiumi Raisi, O‘zbekiston 
Paxta tozalash sanoati vaziri va boshqa bir qancha ma’sul xodimlar, umuman 62 
nafar mas’ul shaxs pora olishda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar. 1989 - 
yilning may oyiga qadar javobgarlikka tortilgan 35 nafar ayblanuvchining ishi 
sudga oshirildi. 1984-1989 - yillar davomida T.Gdlyan guruhi tomonidan 800 dan 
ko‘proq «jinoiy» ish ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 600 nafari 
rahbar xodimlar, 10 nafari Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan. O‘zbekiston 
SSR Paxta tozalash sanoati vaziri V.Usmonovga esa 1986-yilda o‘lim jazosi 
belgilangan, hukm 1987-yilda amalga oshirilgan.
XX asr 80 - yillariga kelib ko‘shib yozishlar, poraxo‘rlik, mansabni 
suite’mol qilish hollari ittifoqdosh respublikalarning barchasida kuchaygan edi. 
Shuningdek, bu illatlar faqat mahalliy rahbar kadrlar yo‘l qo‘ygan xato, 
kamchiliklarnigina emas, balki mamlakatda o‘tgan yillar ichida shakllangan 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimining natijasi edi. “Paxta ishi” uydirmalari bo‘lsa, 
o‘zbek xalqining kuchayib kelayotgan iqisodiy inqirozlardan chalg‘itish, bunda 
biror bir xalqni “aybdor” qilib ko‘rsatish orqali xalq e’tiborini boshqa tomonlarga 
burib yuborishdan iborat edi. Aslida shunday ham bo‘ldi, butun mamlakat bo‘ylab 



O‘zbekistondagi “ulkan o‘g‘riliklar”, “poraxo‘rliklar” muhokama etildi. Natijada, 
“turli millat xalqlarining buzilmas ittifoqi tashkil toptan” bu ulkan davlatda 
“do‘stlik va qardoshlarcha hamkorlik” bir chetda qolib, butun mamlakatga o‘zbek 
xalqiga nisbatan “boqimanda” degan yorliq yopishtirildi. Butun bir millatni 
ayblash yo‘liga o‘tib olgan siyosiy rahbariyat “paxta ishi”ni “o‘zbeklar ishi”ga 
aylantirib yubordi. O‘zbekiston mustaqil ravishda “paxta ishi”ni tekshirish 
boshlanganda ishni mahalliy rahbarlarga berishni istamay, tekshiruv ishlariga 
to‘sqinlik qilishga, haqiqiy aybdorlarni yashirib turishga, barcha ayblovlarni yana 
o‘zbek xalqi yelkasida qoldirishga intildi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling