4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana11.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1698562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza №4 (1)

bosqichi (1987-1990 - yillar) jamiyatning barcha sohalarini yahlit tarzda isloh 
qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Bunday vazifa kommunistik mafkura tomonidan 
1987-yil yanvarda yanada aniqlik kiritild. Moskva shahrida 1987-yil 27-28 - 
yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy Komitetining Bosh 
sekretari M.S.Gorbachyov «Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati 
to‘g‘risida» ma’ruza uyushtirdi. Unda siyosiy islohotlarning bosh maqsadi 
oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq 
demokratlashtirish bo‘ldi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining qayta qurish 
haqidagi mashhur kitobida bu masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Ammo siyosiy 
tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va 
tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun kutilmagan oqibatlarga olib 
kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk 
ko‘chaga kirib qoladi. Oqibatda 1990 - yil nafaqat qayta qurishning ikkinchi 



bosqichi, balki SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta 
qurish siyosati butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini 
tezlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi.
Davlat ichida tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan 
islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan 
izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab 
chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, 
kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan 
manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik totalitar 
tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov 
g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga xos 
sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat 
yakkapartiyaviy rahbarlik, kommunistik mafkura, mustabid boshqaruv usuli hech 
qachon demokratiya bilan chiqisha olmas edi. Shuni aytish mumkinki, qayta qurish 
yuqoridan boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a’zolari unga 
juda katta umid bog‘ladilar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ayrim siyosiy, ijtimoiy 
va iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kun va porloq kelajakka ishonch ruhini 
yana uyg‘otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rahnamolari, ya’ni, yuqorining quyi 
bilan munosabatlarida ma’lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi.
Lekin, keyinchalik vaziyat butkul o‘zgardi. 1986-1987 yillardan boshlangan 
iqtisodiy inqirozning kuchayishi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘quvsizlik 
demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi - bularning 
barchasi jamiyat a’zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta 
qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniq ko‘zga tashlanib 
qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: 
siyosiy safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi 
loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini sustkashlik, davlat va 
firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi. 
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum 
ma’noda kuchayishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni 
madaniy shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. Buning 
ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda respub- lika rahbariyati demokratiya va 
oshkoralikning kuchayi-shiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik 
mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar 
edi. Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demokratiya esa 
amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishi tusini oldi. Qayta qurish oshkoralik, 
demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkon 
yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda xalqaro andozalar 
asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. 



Buning ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda 
respub- lika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning 
kuchayi-shiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq 
kommunistik mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi. Natijada 
tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demok-
ratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishi 
tusini oldi. Fikrlar xilma-xilligining turli ko‘rinishlari 
esa yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda 
hurfikrlilik va demokratiyani ta’qib etishi asnosida yuz 
berdi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati 
Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Komiteta rahbariyati Markazdan qochish, uni inkor etish 
siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lidan 
bordi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitet birinchi kotiblari I.Usmonxo‘jaev va 
R.Nishonovda qat’iy jur’at, Ittifoq doirasida respublikaning tutgan o‘rnini ochiq-
oydin aytish uchun jasorat yetishmadi. Aksincha, bu rahbarlar va ularning 
o‘rinbosarlari Markaz vazifalarini tezroq uddalash, respublikaning Ittifoqqa 
boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi soxta fikrlarni tasdiqlash va takrorlashdan nariga 
o‘ta olmadilar. Ijtimoiy va ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi in-
ternatsionalizm mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urunildi. Bu narsa o‘zbek 
tiliga munosabat, islom dini, milliy urf-odatlar, an’analar va diniy marosimlar, 
xususan, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol sezilib qoldi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling