4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet10/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

Ichaksizlar (Aeoela) turkumi. Tuban tuzilgan, asosan dengizlarda yashovchi mayda chuvalchanglar. Ichagi va protonefridiylari bo’lmaydi; nerv va jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Parenximasi hazm qilish vazifasini bajaradi.
2. Makrostomidlar (Makrostomida) turkumi. Dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi. Sodda tuzilgan, ichagi xaltaga o’xshab kengaygan. Bu turkum vakillari yuqorida ko’rsatilganidek jinssiz ko’ndalang bo’linish orqali ko’payadi.
3. To’g’ri ichaklilar (Rhabdocoela) turkumi. Juda mayda (0,5-5 mm) chuvalchanglar. Tanasi bir oz yassi, asosan silindrsimon; ichagi finysimon. uchi berk boiadi. O giz teshigi tanasi oldingi qismida joylashgan. Ayirish sistemasi bir juft naychalardan iborat. Chuchuk suv, tlongiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. To’g’ri ichaklilar chuvalchanglaming kelib chiqishini tushuntirishda ahamiyatga ega.
4. Uchshoxlilar (Tricladida) turkumi. Xilma-xil turlarni o’z ichiga oladi. Ayrim quruqlikda yashovchi turlari 30 sm ga yetadi. Tanasi bargsimon yoki tasmasimon, o'rta ichagi uch shoxli bo’ladi. Asosan chuchuk suvda, ba’zan quruqlikda va dengizlarda hayot kechiradi. Chuchuk suvlarda yashaydigan oq planariya (Dendrocoelum lacteum) va ko’p ko’zli (I’olycelis) shu turkumga kiradi.
5. Ko’pshoxlilar (Polycladida) turkumi. Ancha yirik (15 sm gacha), bargsimon chuvalchanglar. Dengizlarda hayot kechiradi. Korall riflarida tarqalgan ko’pshoxlilar ayniqsa, chiroyli rangda bo’ladi. Ko’p shoxlilar bir qancha sodda tuzilish belgilariga ega. Ularning sariqdoni, ba’zan jinsiy yo’li bo’lmaydi. Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishi bilateral simmetriyaning |paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq. Uzoq vaqt davomida tan olingan l.ning nazariyasiga ko’ra kiprikli chuvalchanglar taroqlilardan kelib chiqqan. Ko’p ichakli chuvalchanglar ichagining tuzilishi va kipriklarining livojlanganligi taroqlilarga o’xshashligiga asoslangan. A. O. Kovalevskiy tomonidan seloplanani kashf etishi Lange fikricha, bu nazariyaning to’g'riligini isbotlaydi. Graff taklif qilgan, keyinroq rus olirni V. N. Beklemishev rivojlantirgan nazariyaga ko’ra tuban ichaksiz kipriklilar bo’shliqichlilarning eng qadimgi sodda tuzilgan ajdodlaridan kelib chiqqan. Ichaksiz kipriklilarni bo'shliqichlilarning planula lichinkasiga o'xshashligi buni isbotlaydi.


Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling